Nizo bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq


Download 21.27 Kb.
bet4/6
Sana06.12.2021
Hajmi21.27 Kb.
#178926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu 5

Ob’yektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi.

Sub’yektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqyelikka bo‘lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.

Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‘linadi.

Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‘zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan ob’yekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hyech qanday asosga ega bo‘lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo‘ladi.

Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‘z vaqtida oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya’ni kishilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo‘lar-bo‘lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so‘zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini yerga urish, o‘zining fikrini zo‘rlab tirkash, yetilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida bo‘laveradilar.



Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling