Xolmaxmatov Azim Xazratqulovich, Qobilov Shokir Anvarovich, Xayridinova Munira Mamayorovna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mas’ul xodimlari
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda istiqlol davrida shakllangan yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda ma’naviy omillarning o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq masalalar haqida qisqa fikr yuritilgan. Unda mustaqillik yillarida bu sohada o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati tizimli ravishda ko‘rib chiqilgan hamda ularning natijalari xususida muayyan xulosalar chiqarilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarga oid davlat siyosatining ma’naviy omillari samarasini oshirishga qaratilgan ishlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOT ETAKCHILARI VA MAKTAB SARDORLARINING FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Shodiev Tohir Ochilovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Metodik ta’minot bo‘lim boshlig‘i v.v.b
Annotatsiya: Maqolada yoshlar etakchisi, maktab sardorlari va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan munosabatlarni tartibga solish yo‘nalishlari ilmiy tahlil qilingan. Maktab ta’limi sifatini yaxshilash va o‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalardan o‘quvchilarni maktab ichki intizomiga rioya qilishida, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazishda va ta’lim sifatini oshirishda barcha ta’lim muassasalari yoshlar etakchisi va maktab sardorlari amaliyotda qo‘llash uchun foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |