Nizolarni hal qilishning muqobil usullari


-yil 16-oktabrda qabul qilingan hakamlik sudlari to’g’risidagi qonunning 29-moddasida muvofiq


Download 363.5 Kb.
bet3/17
Sana10.11.2023
Hajmi363.5 Kb.
#1763010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8 ta kazusdan boshqa qolgan hamma kazuslarning javoblari bor

2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan hakamlik sudlari to’g’risidagi qonunning 29-moddasida muvofiq
Davo arizasi davogar yoki uning vakili tomonidan imzolangan bolishi kerak. Agar da’vo arizasi da’vogarning
vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, da’vo arizasiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa
hujjat ilova qilinishi lozim. Mazkur holatda ishonchnoma taqdim etilmaganligi uchun da’vo arizasi qaytarilganligi to’g’ri. Rinat FX mazkur nizo bo’yicha sudga da’vo arizasi bo’yicha asoslari noto’g’ri . hakamlik bitimi o’z kuchini yo’qotganligini bo’yicha arizasi to’g’ri





“Samo” MChJ o‘zi bilan shartnoma tuzuvchi barcha mijozlari orasida shartnoma shartlari asosida nizo kelib chiqqanida O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Hakamlik sudiga murojaat qilishi belgilab qo‘yilgan. Jamiyat mijozi A. bilan nizo kelib chiqdi. “Samo” MChJ mazkur nizoni ko‘rib chiqish uchun shartnoma shartlariga asosan, hakamlik sudiga murojaat qildi. Javobgar A. mazkur nizo bo‘yicha hakamlik sudida nizo ko‘rib chiqilishiga qarshi ekanligini mazkur nizo xo‘jalik sudida ko‘rilishi lozimligini so‘rab hakamlik sudiga ariza berdi. Biroq hakamlik sudi mazkur arizani e’tiborga olmasdan da’vogarning da’vo talablariga ko‘ra nizoni hal qilib hal qiluv qarori chiqardi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik sudi mazkur nizoni ko‘rib chiqishida qandayxatoliklarga yo‘l qo‘ygan?







“Taraqqiyot” MSJ va “Merkuriy” QK o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta tayyorlash uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomasi bo‘yicha yetkazib berilgan uskunalar sifatsizligi aniqlandi.
“Taraqqiyot” MSJ bu haqida “Merkuriy” QKga uskunalarda nuqson aniqlangani haqida nuqson aniqlangan kundan olti oy o‘tgach talabnoma yubordi, biroq talabnoma “Merkuriy” QK tomonidan e’tiborsiz qoldirildi, chunki “Merkuriy” QKning fikricha, qonunchilik va o‘rtalaridagi shartnomaga muvofiq bunday turdagi talabnomani yuborish muddati o‘tgan edi.
“Taraqqiyot” MSJ O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudiga murojaat qilishga qaror qildi.
Vaziyatni tahlil qiling.
Yuqoridagi yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizo O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijoratarbitraj (hakamlik) sudida ko‘rilishi mumkinmi, nima sababdan? Javobingizni qonun normalari bilan asoslang.
“Taraqqiyot” MChJ yuqoridagi nizo bo‘yicha qaysi organga murojaat qilishi lozim?
“Taraqqiyot” MSJ va “Merkuriy” QK o‘rtasidagi konflikni nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan foydalangan holda bartaraf qilish mumkinmi?





“Yulduz” XK va “Binokor” MChJ o‘rtasida mahsulot yetkazib berish bilan bog‘liq nizo yuzaga keldi.
“Yulduz” XK mazkur nizoni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha mediatorga murojaat qildi. Mediator tomonidan nizoni ko‘rib chiqish bo‘yicha majlis tayinlandi. Javobgar “Binokor” MChJning sudda qatnashgan vakili mazkur nizoni ko‘rib chiqish bo‘yicha mediatorga emas, balki hakamlik sudiga murojaat qilinishini sudga ma’lum qildi. Da’vogar vakili mazkur nizoning hakamlik sudida ko‘rib chiqilishiga qarshiligini bildirdi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Mediator mazkur holatda nizoni qanday tartibda ko‘rib chiqadi?





“Ziyo-Plyus” MChJ va fuqaro N. o‘rtasida shartnoma shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha Hakamlik sudiga murojaat qilindi. Hakamlik sudining sud majlisi tayinlangan vaqtda hakamlik muhokamasida qatnashayotgan sudya javobgar tarafning ikkinchi darajali qarindoshligi ma’lum bo‘lib qoldi. Da’vogar mazkur holat bo‘yicha sudga ariza kiritib,hakamlik sudyasini rad etilishini so‘radi. Biroq sud raisi hakamliksudyasining qarindoshlik darajasi ikkinchi darajali ekanligini inobatga olibsaylangan tarkibda nizoni ko‘rib hal qiluv qarori chiqardi.

Download 363.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling