8-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro etish
49-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish
Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida ijro etish muddati belgilanmagan bo‘lsa, u darhol ijro etilishi kerak.
|
|
|
Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida undirilishi belgilangan summadan bitta raqamning ortiqcha ko‘rsatilganligi natijasida xatolik kelib chiqdi. Manfaatdor tarafning arizasi bilan mazkur xato tuztilib yozuvdagi xatoliklarni tuzatish to‘g‘risida hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarildi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori asoslimi?
3. Bunday holatlarda hakamlik sudi qanday hujjat chiqarishi lozim?
42-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish
Nizo bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va arifmetik xatolarni
hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra tuzatishga haqli. Yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va arifmetik
xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun
ichida ko‘rib chiqishi kerak.
Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan
yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
43-modda. Hakamlik sudining ajrimi
Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi.
Hakamlik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Qo’shimcha hal qiluv qarori hal qiluv qarorida o‘z aksini topmagan da’vo talablari bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish
to‘g‘risidagi ariza bilan o‘n kun ichida aynan o‘sha hakamlik sudiga bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda
murojaat etishi mumkin. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun
ichida uni ko‘rib chiqishi kerak. Mazkur holatda qo’shimcha hal qiluv qarori emas, ajrim chiqariladi.
|
|
|
Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida hatolik mavjudligi aniqlanib, da’vogar taraf mazkur xatoni tuzatib berilishini so‘rab hakamlik sudiga murojaat qilgan. Hakamlik sudi raisi tomonidan shakllantirilgan sudyalar hayatida mazkur arizani ko‘rib chiqib qanoatlantirib hal qiluv qaroridagi yozuvdagi xatoliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha ajrim chiqardi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik sudining harakatlari qonuniymi?
3. Yozuvdagi hatoliklarni tuzatishni so‘rab kimlar ariza bilanmurojaat qilishi mumkin.
|