(semestr dasturiga asosan) (4 soat).
REJA:
1. Dirijyorlikda 2/4, 6/8 o’lchovlari.
2. Dirijyorlik apparati.
3. Qo’l harakatlari.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RUYXATI
1. R.Tursunov., B.Shomagdieva. Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. T.: -“Turon-Iqbol”, -2006-y.
2. Xor dirijyorligi xrestomatiyasi. Tuzuvchi B.N.Qoziev. I-II-III-IV-kitob. T.: G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti. – 1977-79-yillar.
MUTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR:
1. 2/4 o’lchovni boshqa o’lchovlardan farqi.
2. Dirijyorlikda imo-ishorani ahamiyati.
3. Dirijyorlik holati.
MASHG’ULOTNI MAQSADI VA MAZMUNI:
2/4, 6/8 o’lchovda yozilgan asarga dirijyorlik qoidasi, o’lchov sxemasi va uni qo’lda ifodalash ko’nikmalari ustida ishlash, asarni chalish va kuylash.
MASHG’ULOTNING BORISHI:
- 2/4, 6/8 o’lchovdagi asar bilan taninshish (asar janri, mavzusi, mazmuni, o’lchovi, tanalligi, tempi, tuzilishi, mualliflari va h-zo...).
- 2/4 o’lchoviga dirijyorlik qilish sxemasi va uni qo’l harakatlarida ifodalanishi.
- asarni 8-12 taktini (biror qismi) ni fortopianada chalish, ijro yo’lini o’rganish.
- o’qituvchi ko’rsatmasi bilan unga ergashib dirijyorlik qilish.
- dirijyorlik qilishda oldingi malakalarda hosil qilingan va egallangan bilimlarni amalda qo’llash.
- dirijyor to’g’ri, o’ng oyog’iga tayangan holda turadi, oyoq sal oldinga surib qo’yiladi. Oyoqlar dirijyor uchun tarang tayanch holatni yuzaga keltirib og’irlik tamonlarga tushmasligi kerak. Oyoqlarni o’ta keng qilib qo’yish ham, bir-biriga taqab qo’yish ham mumkin emas. Musiqa tezligiga tizalarni bukish, turgan joydan yurish mumkin emas. Dirijyor boshni shunday ushlash keraki, bunda iyaklar ko’tarilgan, ko’zlar xorga tikilgan: hammani ko’ra olish uchun boshni to’g’ri ushlash, uni erkin bura olishi, xor partiyalariga bemalol murojat qila olishi kerak.
11–Mavzu: 3/4, 4/4 o’lchovida yozilgan asarlarga dirijyorlik qilish. Fortopianoda chalish, ovozlarni yod olish (4 soat).
REJA:
1. Dirijyorlikda kontsertmeystr bilan ishlash.
2. 4/4 o’lchov sxemalari.
3. Xor partiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |