Nizomiy nomidagi tdpu pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 304-guruh talabasi Xo’jaaxmedov Jasurbekning Psixologik xizmat fanidan bajargan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti


Download 172.09 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi172.09 Kb.
#1304097
1   2   3   4
Bog'liq
Xojaaxmedov.J ps xiz slay

Psixologik xizmatning ilmiy-amaliy asoslariga ilgʼor psixologiya fanidagi nazariy-ilmiy, metodologik yoʼllanmalar, tamoyillar, mezonlar va xulosalarning amaliyotdagi tatbiqi kiradi. Bu tatbiq esa ilmiy-amaliy ish jarayonining psixologikpsixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixo-korrektsiya, psixologik maslahatlar kabi yoʼnalishlarida oʼz ifodasini topadi. Psixologik xizmatning tashkiliy faoliyat asoslari, deganda qaysi sohada psixologik xizmatning tashkil etilishiga qarab oʼsha soha yoʼnalishidagi yuqori tashkilot (Vazirlik) qarori va shu qarorga muvofiq tashkilot, korxona muassasalarida psixologik xizmat tizimining hududiy psixologik xizmat markazlari faoliyati yoki bevosita amaliyotchi-psixologlar faoliyati orqali tatbiq etilishi tushuniladi. Yuqoridagi 2 yoʼnalish asosida psixologik xizmat tatbiqi-ning tarixiy holatiga nazar tashlaydigan boʼlsak, har holda bu borada muayyan ishlar bajarilganligining guvoxi boʼlamiz. Chunonchi, Respublika Temir yoʼl vazirligining 1991 yil 13 avgustь 41/42 buyrugʼiga binoan Respublika Xalq taʼlimi vazirligining 1992 yil 17 noyabrь № 313 raqamli buyrugʼi asosida, Oʼzbekiston Аvtomobil transporti davlat-aktsionerlik korporatsiyasining 1995 yil 25-noyabrь 07-3/139 raqamli maxsus xati asosida joylarda psixologik xizmat tatbiqi joriy qilindi. Mazkur koʼrsatmalarga muvofiq Toshkent va Buxoro temir yoʼl boʼlinmalarida psixologik xizmat joriy qilindi.

Boʼlinmadagi har bir ishchi-xodimning oʼziga xos psixologik imkoniyatlari va kasbiy layoqati tarkib topganligining psixologik omillari asosida ish faoliyatini tashkil etishga oid talaygina ishlar amalga oshirilganligini alohida qayd etish mumkin. Jumladan, temir yoʼl tizimi boʼyicha ancha muvaffaqiyatli tatbiq etilayogan psixologik xizmatning xarakteri va ahamiyatini tahlil qilish boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida har bir "mashinist" faoliyatida, xodimlarni psixologik tanlov asosida oʼz oʼrniga qoʼyishda, jamoadagi shaxslararo munosabat muomalasini yuqori saviyaga koʼtarishda har bir xodimning ijtimoiy "MEN" ligini toʼgʼri va adekvat tarzda anglashda ancha ijobiy siljishlar roʼy bergan (Mazkur joylardagi psixologik xizmat yutuqlari bilan bogʼliq batafsil maʼlumotlarni ushbu muassasalarda astoydil faoliyat koʼrsatayotgan amaliyotchi-psixologlarning 1993, 1994, 1995, 1996 yillar mobaynidagi ish faoliyatini ifoda etuvchi yillik hisobot materiallaridan olish mumkin). Oʼzbekistonda psixolo-gik xizmatning tashkil etilishi va takomillashtirilishi maʼlum maʼnoda respublika Xalq taʼlimi vazirligining qator koʼrsatmalari asosida imkoniyati bor umumtaʼlim maktablarida psixologik xizmatning joriy qilinishi bilan ham bevosita bogʼliq. Bu oʼrinda shuni taʼkidlash joizki, respublika Xalq taʼlimi tizimida psixologik xizmat tatbiqining bugungi holatini 2 bosqich asosida talqin qilish mumkin.


Download 172.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling