Nizomiy nomidagi tdpu pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 304-guruh talabasi Xo’jaaxmedov Jasurbekning Psixologik xizmat fanidan bajargan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti


Download 172.09 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi172.09 Kb.
#1304097
1   2   3   4
Bog'liq
Xojaaxmedov.J ps xiz slay

Shuningdek, mazkur sohalarda psixologik xizmatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun "sotsiolog-psixologlar", "amaliyotchi - psixologlar" tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunda eng dolzarb muammo ekanligi yanada sezilmoqda. Yukoridagi vazifalarni amalga oshirish borasida olimlar tomonidan talaygina nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining yetakchi mutaxassislari rahbarligidagi olimlar guruhi, Oʼzbekiston Milliy universitetining E.Gʼoziev rahbarligidagi olimlar guruhi, А.Аvloniy nomidagi Respublika pedagogik xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutining yetakchi olimlar guruhi, Respublika iqtidorli bolalarni tanlashga xizmat qiluvchi olimlar guruhi, viloyatlardagi psixologiya kafedrasida faoliyat yuritayotgan olimlar guruhi tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari u yoki bu sohada psixologiyaning amaliy tatbiqini yaqqol va ravshan namoyon etmoqdakim, bu xayrli ishlar Oʼzbekistonda tashkil etilgan umumiy psixologik xizmat tizimining dastlabki ilmiy-tashkiliy asosini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yana shuni alohida taʼkidlash joizki, 1998-yilda ilk bor professor Sh.Barotov tomonidan “Oʼzbekistonda Psixologik xizmat tashkil etilishining ilmiy-amaliy va ijtimoiy psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi va mazkur yoʼnalish boʼyicha Sh.Barotov rahbarligida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Masala mohiyatidan kelib chiqib, psixologik xizmatning aynan ilmiy tashkiliy mazmuni va psixologik xizmat tatbiqining amaliyotdagi faoliyat yoʼnalishlari haqida fikr-mulohaza yuritishga va mazkur fikr-mulohazalarni Oʼzbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holatini tahlil qilish nuqtai nazaridan talqin qilishga toʼgʼri keladi. Binobarin, oʼtgan asrning 90-yillarida tashkil etilgan psixologik xizmatning umumiy mazmunini quyidagi 2 yoʼnalish asosida tasavvur qilish mumkin: 1. Psixologik xizmatning ilmiy-amaliy asoslari. 2. Psixologik xizmatning tashkiliy faoliyat asoslari.

Download 172.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling