Nizomiy Nomidagi tdpu sirtqi bo‘lim Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs 304-guruh talabasi Nurulloyeva Feruza Baxrulloyevnaning Maktabgacha pedagogika fanidan yozgan doklad ish maktabgacha ta'lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakillari
Aqliy tarbiya va ta’limning mohiyati
Download 143.96 Kb.
|
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYA TURLARI VA ULARNING SHAXSIY KAMOLOTGA TA\'SIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturida bolalarning “jismoniy rivojlanganlik darajalari”, “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi”, “Bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlash”ga
Aqliy tarbiya va ta’limning mohiyati. Bolalar bog’chalariga oid tajribalar va o’tkazilgan pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqod ishlari turli yoshdagi bolalarga tevarak-atrof to’g’risida beriladigan bilimlarning taxminiy hajmini belgilash, ularni murakkablashtirib borish imkonini beradi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturida bolalarning “jismoniy rivojlanganlik darajalari”, “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi”, “Bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlash”ga doir asosiy bo’limlar ko’rsatib berilgan. Bu bo’limlarda bolalarni jismoniy jihatdan yetuk, sog’lom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularning nutqiy tafakko’rini rivojlantirish, so’z boyligini oshirish ularning mantiqiy tafakko’rini va hisoblash malakasini o’stirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish kabi jihatlariga keng e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tabiat bilan har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan, ba’zi bir ijtimoiy voqealar, narsalar, ularning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
3 yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak-atrofdagi narsalar, ularning sifati har xil narsalarning nomi hamda ularni ishlatish to’g’risida to’g’ri tushuncha bo’lishi kerak. Bolalarni uy jihozlari va buyumlari (mebel, idish- tovoq, kiyim, o’yinchoq mashg’ulotlar uchun material) bilan tanishtirish, ularning rivojlanishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa ularning nutqini boyitadi, mustaqillik, go’zallik haqidagi tasavvurlarni tarbiyalashga yordam beradi (chiroyli kiyim, har xil buyumlarning shakllari). Tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi har bir yosh guruhi uchun muayyan bilimlarni egallab olishni nazarga tugadi. Masalan, birinchi guruh tarbiyachisi bolalarni buyumlarning joylashishini bilib olishga o’rgatadi. Keyinchalik bolalar boshqa xonalarda nimalar borligini, u yerda bolalar va kattalar nima ish bilan shug’ullanishni bilib boradilar. Masalan, musiqa xonasida musiqa mashg’ulotlari, bayramlar o’tkaziladi, oshxonada ovqat pishiriladi va x.k. Shuningdek, tarbiyachi, bolalarni yaqin atrof, ko’chalarni, o’z o’yin maydonchasini bilib olishga o’rgatadi. Ayniqsa, katta guruh bolalari o’z uylari manzilini, bog’chadan uyga ketadigan yo’lni yaqin oradagi maydon yoki xiyobonlarga borish yo’lini bilishlari kerak. Bolalarni tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishlari ularning har tomonlama rivojlanishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bu xol ularning aqliy qobiliyatlarini tarbiyalashda axloqiy hamda estetik xislarini rivojlantirishda quvnoqlik, tetiklik, jismoniy hamda ruxiy tomondan bardoshli bo’lishlarida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishi ularning sensor tarbiyasiga katta xissa qo’shadi. Tabiat o’zining mo’l-ko’l bo’yoqlari, shakllari, tovushlari bilan analizatorlarini kuzatadi. Tabiat bilan aloqada bo’lish estetik tarbiya vazifalarini xal etishga katta yordam beradi. Chiroyli manzaralar, har xil kapalaklar bolalarda quvonch xissini uyg’otadi. Tarbiyachining vazifasi bolalarda tabiat go’zalligiga, uning rang- barangligiga qiziqish uyg’otishdir. XULOSA Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotida maktab ta`limiga tayyorlash, uni murakkab bo`lmagan bilim, ko`nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo`ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo`lishga yordam beradi. Shunga binoan, MTT bilan maktab o`rtasidagi bog`liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o`tkazishni, ikkinchi tomondan, o`qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o`quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi. 1. Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim. 2. MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko`nikmalar bilan qurollantirish. 3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat - bilishga qiziqishni o`stirishning kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat. 4. MTTda beriladigan ta`lim rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi kerak. 5. MTT bilan maktab o`rtasida izchil aloqa o`rnatish. Download 143.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling