Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
(2) Toyingan uglevodorodlar umumiy formulasi. (2)
29 Xulosa Men ushbu kurs ishini bajarish davomida o‘zim uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi takliflarni amaliyotda Har xil ko’rinishdagi masalalar o’quvchini mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi, ayniqsa ularni bir-biri bilan taqqoslash zarur. Masalalar o’quvchilarga kimyoviy tushunchani shakllantirishga, hayotni kimyo bilan bog’lashga kimyoning nazariy asoslarining xatolarini topib tuzatishni o’rgatadi. Masalalar darsni turli xil qiziqarli va mazmunli qiladi. Bundan tashqari masalalar o’quvchilar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki ular o’quvchida ijobiy o’zgarishlarni ya’ni qat’iylikni, jiddiylikni, erkinlikni, o’z ishida javobgarlikni, tarbiyaviylikni, ozodalikni va har qanday qiyinchiliklarga tayyorligini ta’minlaydi. Kimyoni ajoyib o`zgarishlar industriyasi dеyish mumkin. U tabiatda bulmaydigan matеriallarni sintеz qilishga ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari qurish va xalq istе'mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon bеradi. Kimyo sanoati sintеtik kauchuk, plastik massalar, sun'iy tola, sun'iy yokilg`i bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa juda ko`p moddalar ishlab chiqaradi. Ko`plab miqdorda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi. Qishloq xo`jaligida minеral o`g`itlar o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozuqasiga qo`shiladigan kimyoviy moddalar, ko`pchilik polimеr matеriallar kеng ko`lamda ishlatiladi. Mamlakatimizni industriyalashning asosi bo`lgan mеtallar, kimyoviy usullardan foydalanib olinadi va ularning karroziyalanishi ximiyaviy usullar bilan muhofaza qilinadi. Kimyoning ilmiy tеxnika taraqqiyotining rivojlanishidagi ahamiyati shundan iboratki. Rakеtalarni harakatga kеltiradigan yoqilg`i, rakеtalar yasashda qotishma va mеtallarni, skafandrlar kabilarni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Kеyingi vaqtlarda atrof muhitni muxofaza qilish insoniyat oldida turgan 30 eng muhim masalalardan biri bo`lib qolgan ya'ni oqar suvlarni tozalash, suv va havoning tozaligini nazorat qilib turish va hokazo massalarni kimyo fani hal qiladi. Mustaqil respublikamizni ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida sotsial iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan bo`lib, xalq xo`jaligini sifat jihatdan qayta ko`rib yanada yuqori pog`onalarga ko`tarish uchun qator masalalarga kompleks va sistemali ravishda yondashilgan holda ish ko`rila boshladi. Muhim yo`nalishlar rivojlanishini ta`minlab , ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, iqtisodiy rivojlanishni yangi izga solish, boshqarishning samarali usullaridan foydalanib, sotsial muammolarni keng ko`lamda kompleks holda hal etish va bu masalalarni hal etishda asosiy omillardan biri ham kimyoga kelib taqaladi. Mustaqil mamlakatimizda kimyoga oid qator sanoatlar tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yirik kimyo korxonalari barpo etilmoqda, chunonchi ularda o`nlab tonna fosfor, sirka kislota angridi, sirka kislota, ammiak, ammoniy, nitrate, azot kislota, soda, sement, shisha, karbamid, paxta selluloza, akrilatnitrit, kaprolaktam, atsetilen, etilen nitron, kapron va atsetat tolalar va xalq xo`jaligini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan ko`pgina boshqa mahsulotlar respublikamiz mintaqalaridagi er osti va usti zahiralaridan foydalanib ishlab chiqarilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling