Nizomiy nomidagi tdpu tadqiqotchisi Nazarov Akmal Mardonovichning


Download 21.87 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1475425
TuriReferat
Bog'liq
NAZAROV AKMAL


Nizomiy nomidagi TDPU tadqiqotchisi Nazarov Akmal Mardonovichning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik barqarorligi” mavzusidagi dissertatsiya va avtoreferatiga
T A Q R I Z

Jahonda yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tizimida professional shakllanishi, kasbiy bilimdonligi oshishini ta’minlovchi fazilatlarni egallagan, ilmiy salohiyatli, faol fuqarolik pozisiyasiga ega etib tarbiyalash va ularning ilmiy tasavvurlarini shakllantirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, zamonaviy psixologiyada shaxsning ilmiy-innnovatsion faoliyatini rivojlantirish, psixologik jihatdan barqarorligini ta‘minlash dolzarb muammolardan sanaladi. Ushbu muammolarga yechim topish maqsadida shaxsning o’zini o’zi boshqarishni o’rganishi natijasida amalga oshiriladi. Shaxsdagi orientatsiya, psixologik himoya, xarakter, qobiliyatlarni shakllantirish va ichki “Men”ning nomuvofiqligini oldini olish uchun o’z-o’zini rivojlantirish, o’zini o’zi anglash kabi muammolar tadqiq qilinmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmonlar, 2021-yil 19-apreldagi 222-son «Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son «Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2018-yil 12-yanvardagi 24-son «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror hamda faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan keng ko‘lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, zarurati, maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar ilmiy jihatdan asoslangan. Dissertatsiyaning har bir bobi muallif tomonidan tadqiqot predmetiga aylantirilgan talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari nazariy, amaliy va empirik jihatlarini batafsil ochib berishga qaratilgan.
Tadqiqotda natijalari asosida quyidagi ilmiy yangiliklar qo’lga kiritilgan:
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatining shaxs interpersonal xususiyatlari ta’sirida shakllanishi “kreativlik”, “muvafaqqiyatga intilish”, “amaliy fikrlash”, “muvafaqqiyatsizlikdan qochish” kognitiv jarayonlar orasidagi integrativ xususiyatlarning ijodkorlikda namoyon bo‘lishi tufayli, “yangilikka intilish”, “mantiqiy tafakkur” sifatlari bilan pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashga muvofiq tarzda rivojlanishi dalillangan;
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish ulardagi himoya mexanizmlari va koping strategiyalarining differensial ifodalanishi kognitiv, emotiv, xulqiy, intellektual qobiliyatlarni ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelganligi sababli pedagogik-psixologik barqarorlik shakllantirishning muhim omili ekanligi asoslangan;
talabalarda ilmiy-innovatsion xususiyatlarning rivojlanishiga ko‘ra adekvat qarorlar qabul qilish murakkabligidagi ko‘rsatkichlarda “kognitiv”, “operatsion”, “hissiy-irodaviy” xususiyatlari hisobiga tasodifiy tanlovlarni ko‘p uchrashi tufayli, “innovatsion fikrlash”, “kreativlik”, “emotsional barqarorlik” sifatlarini namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi aniqlashtirilgan;
talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatida namoyon bo‘luvchi “tanqidiy fikrlash”, “qat’iyatlilik”, “refleksivlik”, “tashabbuskor fikrlash”, “ijodiy tafakkur” xususiyatlarining ustuvor rivojlanishi xavotirlanish, qo‘rquv, emotsional beqarorlik, ijtimoiy yolg‘izlik, stress kabi salbiy emotsional holatlarning oldini olishni ta’minlaganligi tufayli pedagogik-psixologik barqarorlikni kognitiv darajada shakllanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
talabalarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligini psixologik tayyorlik mezonlariga ko‘ra, shaxs xususiyatlari “o‘zini-o‘zini anglash”, “mustaqillik”, emotsional holatlarni nazorat qila olishning “motivatsion”, “refleksiv” komponentini rivojlanish dinamikasi asosida “tashabbuskorlik”, “o‘zgarishlarga tayyorgarlik”ni darajaviy differensial xususiyatlarini aniqlash zarurati isbotlangan.
Dissertatsiyaning «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari» deb nomlangan birinchi bobida ilmiy-innovatsion faoliyat fenomeni, uning vazifalari, mexanizmlari, o’quv faoliyati namoyon bo‘lishi va shakllarini ifodalovchi asosiy nazariy tushunchalarning tahliliy sharhi keltirilgan. Shu boisdan ham mazkur bobda ilmiy-innovatsion faoliyat muammosi bo‘yicha xorij olimlari hamda mamlakatimiz psixologlarining mavzuga oid ilmiy-nazariy qarashlari umumlashtirilgan.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi «Talabalarda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish orqali pedagogik-psixologik barqarorlikni ta’minlashning konseptual tamoyillari» deb nomlangan bo‘lib, ushbu bobda talabalardagi ilmiy innovatsion faoliyatni shakllantirish usullari, talabalarning innovatsion ijtimoiy ishlarga psixologik tayyorgarligini shakllantirish modeli, talabalarning innovatsion faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash tamoyillari, ilmiy-innovatsiyaga faoliyatning komponentlari, psixologik barqarorlik darajasini aniqlash mezonlari yoritib berilgan.
Dissertasiyaning uchinchi bobi «Talabalarda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etishning empirik natijalari» deb nomlangan ikkinchi bobi o‘rganilayotgan muammoning empirik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu bobda tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotda qo‘llanilgan metodlarning umumiy tavsifi, o‘tkazish tartibi, olingan natijalarning tahlili va korrelyatsion bog‘lanishlar o‘z aksini topgan. Jumladan, talabalarni psixologik barqarorlik omillarini shakllanishida bevosita aloqador bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar, shaxslararo munosabatlar, psixologik himoya mexanizmlari hamda o‘quv faoliyati mobaynida Muvaffaqiyatga intilish motivasiyasi” va “Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivasiyasi”larining darajalari empirik jihatdan o‘rganilgan.
Dissertasiyaning «Talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini oshirishda pedagogik-psixologik barqarorlik omillarini o`rganish natijalari» deb nomlangan to‘rtinchi bobida talabalarda ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini darajasini o‘rganish, tadqiqot ob’ektlaridan olingan natijalarning empirik tahlili, shakllantiruvchi eksperiment usullari va natijalar muayyan statistik psixologik tahlillarni ko‘rishimiz mumkin. Talabalarning ilmiy-innovatsion faoliyatini hamda hissiy emotsional holatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus psixologik model yaratilgan. Shuningdek, trening-korreksion dasturlar nazariy-amaliy qismda tashkil qilingan bo‘lib, talabalarning psixologik barqarorligiga ta’sir etuvchi har bir omil bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi albatta tadqiqotchining mashaqqatli mehnatining maxsuli va yutuqli tarafi hisoblanadi. Ammo ilmiy ishning yutuqli jihatlari bilan bir qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud:

  1. Dissertatsiyaning birinchi bobida keng ko‘lamdagi nazariy tahlillar berilgan, biroq ayrim tahlillarga muallifning shaxsiy munosabatlari batafsil qayd etilmagan;

  2. Dissertatsiyaning uchinchi bobidagi treninglar dasturining bir qismini ishning ilova qismiga o‘tkazish lozim;

  3. Adabiyotlar ro‘yxatidan o‘rin olgan chet el adabiyotlari va internet materiallarining yangi manbalaridan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

  4. Ilovada keltirilgan ayrim jadvallar tavsifi biroz kengaytirilsa, o‘quvchiga yanada tushunarliroq bo‘lar edi.

  5. Dissertatsiya matnida uchraydigan grammatik, orfografik nuqsonlar va stilistik kamchiliklarni tuzatish zarur.

  6. Dissertatsiya ishida keltirilgan ayrim iqtiboslar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ularni qayta ko‘rib chiqish va tahrirlash lozim;

  7. Dissertatsiyaning empirik qismi bo‘yicha keng doirada ma’lumotlar to‘plangan lekin tahlil jarayoni yetarlicha amalga oshirilmagan.

Biroq, mazkur qayd etilgan kamchiliklar ishning umumiy ilmiy qimmatini pasaytirmaydi. Aksincha, mazkur jihatlarga e’tibor qaratilsa ishning ilmiy salohiyati yanada oshirgan bo‘lardi.
Nazarov Akmal Mardonovichning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Talabalar ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik barqarorligi” mavzusidagi dissertatsion ishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishganligi, psixologiya sohasida yangi ma’lumotlar olib kirganligi, tadqiq qilingan muammoning dolzarbligi bilan Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablariga javob beradi, ishni himoya uchun keyingi bosqichga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.









SamDChTI Magistratura bo‘limi boshlig‘i
Psixologiya fanlari doktori (DSc): prof.v.b., A.I.Saidov
Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling