Nizomiy nomidagi tdpu
Download 17.78 Kb.
|
Sharofova Sabina(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kompetensiya” va “kompetentlik” kategoriyalari
- Yu.K.Babanskiy, M.N.Skatkin, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin
- . “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining
- . Kompetentlikka yo’naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos olim N.Xomskiy
- N.A.Muslimov va M.B.O’rozovalar
N.V.Garasova fikricha, “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal qilish uchun bilim va vaziyat, bilim va harakat o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi. Muallifninf fikridan kelib chiqqan holda, ma’lum bir muammoni hal qilishga doir qobiliyat degan xulosaga kelish mumkin. Demak, bizning fikrimizcha ham kompetensiya insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishiga oid tajribalar majmuidir. O’zbek tilining izohli lug’atida ham ushbu atamaga quyidagicha ta’rif berilgan. “Kompetensiya” va “kompetentlik” kategoriyalari (lotincha “competence” layoqatli, munosib bo’lmoq) muayyan organ yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi, vakolat, shaxsning biror-bir sohadan xabardorligi, shu sohani bilish darajasi”dir. Ushbu atamaning mazmun va mohiyati pedagog, psixolog, iqtisodchi, metodist olimlar tomonidan turlicha tahlil qilinadi. Kompetensiya muammosi va uning turli jihatlari MDH mamlakatlari olimlarining ham tadqiqot mavzusi bo’lib kelmoqda. Pedagog olimlar Yu.K.Babanskiy, M.N.Skatkin, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin o’z tadqiqotlarida uzluksiz ma’lum mazmuni nazriyasi va konseptual asoslarini tadqiq etganlar. Mamlakatimiz pedagog olimlaridan B.Xodjayev, A.Musurmanova, N.Saidahmedov. A.Muslimov, E.Yuzlikaeva. K.D.Risqulova, A.E.Kenjaboyevlar ilmiy tadqiqot ishlari va amalaiy metodik maqolalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, uzlukisz ta’lim muassasasi, o’qituvhcilarning kompetensiyasi va unga qo’yiladigan didaktik talablar ushbu atamaning mohiyati, uning tarkibiy qismlari haqida o’z fikrlarini bayon qilganlar. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining mazmuni bir xil maqsadga qaratilgan bo’lsada, ular mohiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Mazkur tushunchalar o’tgan asrning 60 yillarida pedagogika, psixologiya fanlari iste’moliga kirib keldi va 70 yillarda paydo bo’ldi va ta’lim oluvhcilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib keldi. Kompetentlikka yo’naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos olim N.Xomskiy (1965 yil, Massachustes universiteti) tomonidan taklif qilindi. “Kompetensiya” atamasinig umimiy ma’nosi shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo’yicha Bern shahrida bo’lib o’tgan simpoziumda (1966 yil) “kompetensiya” tushunchasi “o’quv”, “kompetentlik”, “qobiliyat”, “mahorat” singari tushunchalar qatoriga kiritildi. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirligi Baloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondashuv e’tirof etildi. Yuqorida e’tirof etilga fikrlardan kelib chiqib, bugungi kunda talaba-yoshlarning kelajakda o’z kasblarini yuqori saviyada egallashlari va ulardan amaliyotda foydalanish uchun har tomonlama sharoit va imtiyozlar berilmoqda.
Bugungi yosh pedagog uchun yetarlicha bilim olishlari uchun xorijiy mamlakatlarga borib, tajriba almashishlari yoki xorijiy mutaxassislarni tajriba almashinish maqsadida O’zbekiston ta’lim maskanlariga takilf qilinishi bularning hammasi bugungi zamonaviy o’qituvchida kasbiy kompetensiyani takomillashuviga zamin hozirlaydi. Kompetensiyaning turlarini tasniflanishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, N.A.Muslimov va M.B.O’rozovalar kasbiy ta’lim nuqati nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga ajratadi: Download 17.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling