Nizomiy nomidagi tdpu


Download 17.78 Kb.
bet4/7
Sana25.01.2023
Hajmi17.78 Kb.
#1120193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sharofova Sabina(2)

Kompetentlikbiror sohani dhuqur bilish, ko’p narsalardan xabardorlik, o’z mutaxassisligi bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini tasvirlashda foydalangan bo’lsa, ba’zi olimlar rivojlangan shaxsning turli xususiyatlarini ifodalashda qo’llashgan. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, pedagogik topshiriqlarning yechimi “fikrlash, harakat qilish va fikrlash” uchligiga borib taqaladi. O’qituvchining kasbiy layoqatlik modeli uning nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasining o’zaro muvofiqligi asosida o’z aksini topadi.
Bugun mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lganidek, ta’lim tizimida ham modernizatsiya ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Prezident maktablari, ijod maktablari, kasb-hunar maktablari, professional ta’lim komplekslari, texnikumlar, va oliy ta’lim tizimida ham yangi ixtisosliklar bo’yicha bo’limlar, fakultetlar tashkil topmoqda. Bu o’quv maskanlarida yosh avlodni zamon talablari asosida bilim, malaka, va ko’nikmalarni shakllantiruvchi kompetentli kasb egalari zarur bo’lmoqda. “O’z xizmati xususiyatiga ko’ra, o’qituvchi tashkilotchilik, tashabbuskorlik faoliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Buning uchun har doim tetik, g’ayratli, o’z kuchi va imkoniyatlariga ishongan bo’lishi zarur”. Ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o’zinig asosiy o’rnini egallash lozim bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviylik katta e’tiborga molikdir”. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda ziddiyatlarga to’la ma’mumotlardan foydalanishda izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”4ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llash, ma’naviy bilim berish, ularning ma’lumotli bo’lish, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgarishdagi asosiy muammo shu yerda. O’qituvchi o’quvchilarimizga zamonaviy bilim berishi kerak, deb o’ylayamiz. Shu bilan birga, “zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o’zida ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”5 deb ta’kidlanadi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishi emas, balki har bir mustaqil yo’nalishi bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishi, yangi axborotlarni o’rganishi, muhit ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topishi, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.


  1. Download 17.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling