Nizomiy nomidagi tdpu
Download 33.93 Kb.
|
Talabalar ma’naviy axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogic
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERATI
- DUNYOQARASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi NIZOMIY NOMIDAGI TDPU pedogogika VA PSIXOLOGIYA fakulteti "Amaliy psixologiya" yo'nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi Baxtiyorova Marjonaning "Media savodxonligi va axborot madaniyati" fanidan tayyorlagan REFERATI Mavzu: Talabalar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari Tayyorladi: __________________ Qabul qildi:__________________ Toshkent-2023 DUNYOQARASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Dunyoqarash – inson ongining zaruriy qismidir. Biroq u ongning elementlaridan biri emas, ularning murakkab yig‘indisidir. Bilimlar, e’tiqodlar, fikr-mulohazalar, kayfiyatlar, his-tuyg‘ular dunyoqarash strukturasidan joy olar ekan, kishilarning olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini, tushunchalarini vujudga keltiradi. Dunyoqarash – integral tuzilma bo‘lib, uning barcha elementlari o‘zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida esa eng asosiy o‘rinni umumlashtirilgan bilimlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik bo‘lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Ulardan tashqari dunyoqarash strukturasida qadriyatlar ham alohida ahamiyatga egadir. Ko‘rinib turibdiki, inson dunyoqarashi ikki mustahkam asosga tayanadi: ulardan biri bilimlar bo‘lsa, ikkinchisi qadriyatlardir. Xullas, dunyoqarash – qarashlar, baholar, prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib, uning eng asosiy komponentlari bilim, e’tiqod va xulq-atvordir. Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqarashning turli shakllarida turli tarzda o‘z ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni idrok qilish deymiz. Dunyoqarashning intelektual tomonini dunyoni tushunish taklif tashkil etadi. Turli dunyoqarashlaring “aqliylik koeffitsiyenti” turlicha bo‘ladi. Shuningdek, ularning his-tuyg‘ularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qat’iy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham o‘z ichiga oladi. Hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik komponentidan iborat emas, aksincha, hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuyg‘ulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuyg‘ulariga asoslanadi va aksincha, dunyoqarash birgina his-tuyg‘ular mahsuli emas, u aqlga asoslanadi. Turmush tashvishlari turli his-tuyg‘ular, kayfiyatlarni vujudga keltiradi. Ba’zilar olamni faqat yaxshiliklar, ezguliklar va bayramlardan iborat, deb tasavvur qilsalar, boshqalar uni “qora ranglarda” tasvirlashga moyilroqdirlar. Kishining dunyoni his etishi ham ana shunday tuyg‘ularga bog‘liq. Shu boisdan ba’zilar optimist bo‘lsalar, boshqa birovlar pessimistik kayfiyat og‘ushida yuradilar. Darvoqe, kishi kayfiyatiga uning jamiyatdagi o‘rni, millati, yoshi, sog‘lig‘i va hokazolar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Aytaylik, mutlaq sog‘lom kishi bilan bedavo dardga chalingan kishi dunyoni turlicha his etadilar. Dunyoqarash strukturasida aql va his-tuyg‘ular iroda bilan chatishib, birlashib ketadiki, bu butun strukturaga o‘zgacha xarakter baxsh etadi. Dunyoqarashga birlashgan elementlar amaliyotda sinovdan o‘tganidan keyin, ya’ni shubha ostiga olingan fikr-mulohazalarning to‘g‘riligiga amin bo‘lganidan so‘ng e’tiqodga aylanadi. E’tiqod kishilar tomonidan o‘z ehtiyojlari va manfaatlariga mos tarzda o‘zlashtirilgan, qabul qilingan qarashlar yig‘indisidir. Biroq shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimki, shak-shubhasiz qabul qilingan, amaliyotda qo‘llanmay o‘zlashtirilgan qarashlar dogmatizmni vujudga keltiradi. Achchiq tajribamizdan bizga ma’lumki, bunday pozitsiya jamiyat taraqqiyotini sekinlashtiradi, turli kulfatlarga sabab bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda qarashlarning haddan ziyod shubha ostiga olinishi boshqa bir illat – skeptitsizmni yuzaga keltiradi. Oqibatda inson hech qanday g‘oyaga ishonmay, hech qanday idealga xizmat qilmay qo‘yadi. Insonparvar, demokratik jamiyat barpo etish jarayoni ketayotgan bugungi sharoitda ham dogmatizm, ham skeptitsizm – xavfli illat hisoblanadi. Chunki ulardan biri islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qilsa, ikkinchisi oldimizga turgan buyuk maqsad yo‘lida fuqorolarni birlashtirishga g‘ov bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida sog‘lom mulohazaga, amaliy tajribaga asoslangan qarashlar muhim ahamiyatga ega. Bunday qarashlarni ba’zan “hayot falsafasi” deyishadi. Dunyoqarashning stixiyali tarzda shakllanadigan bu shakli jamiyatning turli qatlamlariga xos bo‘lgan dunyoni his etishni va aqlning yo‘nalishlarini ifodalaydi. Hayotiy-amaliy dunyoqarash bir xil bo‘lmaydi, chunki uning sohiblarining ma’lumot darajasi, intellektual, ma’naviy madaniyatning saviyasi, millati va dini turlichadir. “Hayot falsafa” ko‘lamining kengligi ham shundadir. Hayotiy-amaliy dunyoqarashning o‘ziga xos turi kishilarning turli faoliyat sohalaridagi bilim va tajribalari asosida shakllangan qarashlari bilan bog‘liq. Chunonchi, olim dunyoqarashi amaldor dunyoqarashidan tubdan farq qiladi. Shuningdek, ilmiy, badiiy, siyosiy ijodiyot davomida yaralgan g‘oyalar ham ijtimoiy dunyoqarashga, ham professional faylasuflar tafakkuriga katta ta’sir o‘tkazadi. Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining mamlakatimiz falsafasiga ta’siri buning yorqin dalilidir. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, hayotiy-amaliy dunyoqarash ijobiy tajribalar, an’analarnigina emas, xurofot va taassublarni ham o‘zida jamlaydi. Dunyoni bunday tushunish xato va yanglishishlardan ham xoli emas, ba’zida esa nosog‘lom kayfiyatlar (masalan, shovinizm, millatchilik, irqchilik va hokazolar) ta’siri ostiga ham tushib qolishi mumkin. Eng asosiysi, unda sistemalik va izchillik yo‘q. Sistemalilik, izchillik va asoslanganlik – olamni tushunishning nazariy darajasiga xos bo‘lgan xislatlardir. Falsafa ham dunyoni tushunishning aynan shu darajasiga taalluqlidir. Dunyoqarash tushunchasining hajmi falsafa tushunchasining hajmidan kattaroqdir. Eyler doiralarida buni ayniqsa aniq ifodalasa bo‘ladi (1-chizmaga qarang). Dunyoqarashning boshqa shakl va tiplaridan farqli o‘laroq falsafaning barcha g‘oyalari nazariy jihatdan asoslangan, mantiqan izchildir. Faylasuf esa nafaqat ana shunday dunyoqarash sohibi, balki dunyoqarashning strukturasini tahlil qilishni o‘ziga kasb etgan zotdir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, dunyoqarash – bilimlar va qadriyatlar, intelekt va his-tuyg‘ular, e’tiqodlar va gumonlar yig‘indisidir. Shuning uchun ham uning uch tomoni mavjud: dunyoni his etish, dunyoni tushunish, dunyoni idrok etish. Download 33.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling