VI BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyoda bir nechta turdagi talim
muassasalari (
maktab,
madrasa,
qorixona,
daloilxona, otnoyilar
maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qo’qon,
Toshkent, Buxoro kabi
shaharlarda ularning soni tez ko’paygan.
Maktablar boshlang’ich talim muassasasi hisoblanib, unda
bolalarga yozish va o’qish o’rgatlgan,
din haqida dastlabki
malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi
hisoblangan,
qorixona va
daloilxona («
Daloil al-xayrot») quyi diniy
xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qo’qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar
saroylarida
sag’ir (etm)lar uchun
ochilgan maktablar haqidagi
malumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag’lari
hisobiga faoliyat yuritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: