Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat 
yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, 
uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy 
maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi; 
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-
psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish; 


- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, 
ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor 
axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish); 
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini 
boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni 
uddalash.
1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari 
N.M.Egamberdiyevaning 
fikricha, 
pedagog 
shaxsining 
insonparvar yo’nalganligi quyidagilarda yorqin namoyon bo’ladi:
I. Ta’lim maqsadi, o’quv-tarbiya jarayonining shaxsga 
yo’naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash: 1) shaxs 
pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi; 2) 
shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim 


tizimi maqsadi; 3) har bir o’quvchi qobiliyatli, ko’plab o’quvchilar 
iqtidorli; 4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy 
qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, 
fuqarolik va boshqalar) aks etadi. 
II. 
Pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratlashtirish: 1) pedagogik muhabbat, o’quvchilar taqdiriga 
qiziqish bilan qarash; 2) o’quvchiga yuksak ishonch bilan qarash; 3) 
hamkorlik, muloqot mahorati; 4) to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan 
voz kechish; 5) ijobiy rag’batlantirishning muhimligi; 6) o’quvchi 
shaxsiga ta’lim subyekti, faollik va erkin tanlash sohibi sifatidagi 
munosabat; 7) o’qituvchi va o’quvchi huquqlarini tenglashtirish; 
o’quvchining erkin tanlashga bo’lgan huquqi tushuniladi. 
III. Zamonaviy sharoitda to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan 
natija bermaydigan metod sifatida voz kechish. Majburlashsiz 
o’qitish quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) majburlovsiz, ishonchga 
asoslangan talabchanlik; 2) o’qitishga tug’ma qiziqishlarni 
ko’payganligi; 3) majburlashning o’rnini muvafaqqiyatga erishishga 
imkon beradigan istak bilan almashtirish; 4) o’quvchilarni erkinlik 
va tashabbuskorlikka qo’yib berilishi; 5) jamoa orqali bilvosita 
o’quvchilarning 
qo’llanilishi; 
6) 
o’quvchilarga 
ularning 
subyektivligi, o’z-o’zini namoyon etishi, ijtimoiylashuvi, madaniy 
tenglashuvi, hayotiy o’z o’rnini belgilashiga yordam ko’rsatish, 
pedagogik qo’llab-quvvatlash. 
IV. Individual yondashuvni yangicha talqin etish: 1) “o’quv 
fanidan o’quvchiga qarab borish emas, o’quvchidan o’quv faniga 
borish” tamoyilining bajarilishi; 2) o’quvchilarning qobiliyatlari va 
mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’qitish; 3) o’rtacha 
o’zlashtiruvchi o’quvchiga yo’nalganlikdan voz kechish; shaxsning 
eng yaxshi sifatlarini izlash; 4) shaxsni psixologik-pedagogik 
tashxis etish (qiziqishlari, qobiliyatlari, yo’nalganligi, Men-
qontseptsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o’ziga xosligi)ning 
qo’llanilishi; 5) shaxsning o’quv-tarbiya jarayonidagi o’ziga 
xosliklarini hisobga olish. 
V. Ijobiy ma’nodagi “Men-kontseptsiyasi”ni shakllantirish: 1) 
pedagogik muloqotning o’quvchilarda o’ziga ijobiy munosabatni 


rivojlantirishning yo’nalganligi; 2) hayotiy faoliyatning ijobiy yo’l-
yo’riq va motivlarini shakllantirish. 
Pedagogik mahorat o’z ichiga bolalar haqidagi, ularning 
psixologiyasi 
to’g`risidagi, 
maktab 
haqidagi, 
ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi 
keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik 
madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni 
egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, 
yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan 
nariga o’tmaydi. 
Pedagogik 
mahoratning 
asosi 
pedagogik 
bilimdonlikdir. 
Pedagogik bilimdonlik deganda konkret tarixiy davrda qabul 
qilingan me’yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq 
pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan 
belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi. 
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik deganda esa, pedagogik voqelikni 
izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini 
qamrab oladi. N.Azizxo’jayeva takidlab o’tganidek, bu xislat 
pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi 
bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish 
qonuniyatlari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini ta’minlaydi, 
maqsadga muvofiq faoliyatni konstruktsiyalashni osonlashtiradi. 
Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va 
o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo’llay olishdir. 
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga 
bo’lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ 
qobiliyatlar. 
Shaxsiy qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: 1) ta’lim oluvchilarga 
ijobiy yo’nalganlik – ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat 
olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan do’stona 
munosabat, xayrixohlik; 2 ) vazminlik, o’z hissiyotlarini nazorat qila 
olishi – har qanday vaziyatda o’zini yo’qotib qo’ymaslik. Lekin 
vaziyat talab qilganda o’qituvchi zaruriy tarzda o’z hissiyotlarini 
namoyish qiladi (quvonch, qayg’u, g’azab). Lekin vazminlik 
befarqlikka aylanib ketmasligi kerak; 3) o’z psixik holati, kayfiyatini 


boshqara olish – o’qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush 
holat ro’y bergan bo’lsa ham o’zini tetik tutishi kerak. 
Didaktik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltirib o’tish 
mumkin: 1) tushuntirish qobiliyati – o’rganilayotgan materialni 
ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun 
o’qituvchi ta’lim oluvchilar uchun yangi bo’lgan materialni 
“ularning ko’zlari bilan ko’ra bilishi kerak”; akademik qobiliyat – 
o’z 
fanini, 
sohasini 
chuqur 
bilishi, 
umumiy 
va 
ilmiy 
dunyoqarashning kengligi; nutq qobiliyati – o’z fikrlari, his-
tuyg’ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning noverbal 
vositalari: mimika va pantomimikalardan o’rinli foydalana olishi.
Bunda suhbat predmetini bilish, etkazayotgan ma’lumotlariga 
nisbatan 
ishonch, 
nutqni “og’irlashtiruvchi” tuzilmalardan 
foydalanmaslik, qo’llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh 
berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi. 
Tashkiliy-kommunikativ 
qobiliyatlar 
quyidagi 
ko’rinishda 
namoyon bo’ladi: tashkilotchilik qobiliyati – o’quvchilar jamoasini 
tashkillay olish va o’z faoliyatini tashkillay olish; rejalashtirish, 
nazorat qilish; kommunikativ qobiliyat – o’quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda muloqotni to’g’ri 
tashkillash; pedagogik kuzatuvchanlik – o’quvchining ko’rinishidan 
undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik; 
pedagogik takt – ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatishda aniq 
vaziyatdan, ta’lim oluvchi shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqish va 
uning nafsoniyatiga tegmaslik; suggestiv qobiliyat – ta’lim 
oluvchiga emotsional-irodaviy ta’sir o’tkazish, talab qo’yish va 
talabning bajarilishini qat’iy nazorat qilish (bir tomondan 
qo’rqitishsiz, qistovsiz – boshqa tomondan bo’shlik qilmasdan); 
pedagogik prognoz – o’z harakatlari natijasini, shaxsida bo’lib 
o’tadigan o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish; diqqatni to’g’ri 
taqsimlay olish – bir paytning o’zida bir necha faoliyatni olib borish: 
materialni bayon qilish, o’z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan 
savollarga javob berish, ta’lim oluvchilar jamoasi hulqini nazorat 
qilib turish. 
Pedagogik adabiyotlarda o’qituvchining kasbiy va ijtimoiy 
moslashuviga 
ta’sir 
etuvchi 
mahsuldor 
sabablar 
(omillar) 


umumlashtirilib pedagogik madaniyat nomi bilan qayd etiladi. 
Boshqa tushunchalar singari pedagogik madaniyatning ham bir 
necha xil ta’riflari mavjud. Biroq barcha ta’riflarda pedagogik 
madaniyat tushunchasi uch ilmiy jihatdan, ya’ni aksiologik,
faoliyat va shaxsga yo’naltirilganlik nuqtai nazaridan talqin etilishi 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Aksiologik yondashuvga ko’ra, pedagogik 
madaniyat – tarbiya haqidagi fan sifatida pedagogika tayanadigan 
pedagogik qadriyatlar majmuidir. Ushbu qadriyatlar moddiy va 
ma’naviy shakllarda mavjud bo’ladi. Shaxsga yo’naltirilgan
yondashuv nuqtai nazariga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu 
pedagogik faoliyatdagi tarbiyaviy munosabatlarni amalga oshiruvchi 
subyekt sifatida kasbiy etuk pedagog shaxsining muhim sifati. 
Faoliyatli yondashuvga ko’ra, pedagogik madaniyat – bu pedagogik 
qadriyatlarning tadbiq etilishini ta’minlovchi, o’qituvchi kasbiy 
faoliyatining o’ziga xos usullari majmuidir. 
Pedagogik madaniyatning mufassal tavsifi L.D.Stolyarenko 
tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu 
umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagi bo’lib, unda eng avvalo
avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy 
jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo’lgan 
ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”. 
O’qituvchining 
pedagogik 
madaniyati 
quyidagi 
kasbiy 
ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi: 
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik 
tuyg’usining mavjudligi; 
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, 
mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga 
nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik; 
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik 
tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik 
faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira 
olish; 
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, 
tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning 
va ma’naviy ehtiyojlarning ko’pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning 
mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati. 



Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling