Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 
 
1. O’rta Osiyoda qanqay xonliklar mavjud bo’lgan? 
2. O’rta Osiyoda xonliklar davrida qanday ta’lim muassasalari 
faoliyat ko’rsatgan? 
3. O’rta Osiyoda xonliklar davrida qurilgan qanday madrasalarni 
bilasiz? 
4. O’rta Osiyoda qizlar maktabini ochgan qaysi otinlarni bilasiz? 
5. Tarix fanidan olgan bilimlaringizga asoslanib, madrasalardagi 
o’qitish tizimi haqida qanday fikrlarni bayon eta olasiz? 
6. Quyida keltirilgan jadval bilan tanishing va ko’rsatilgan 
ta’lim muassasalaridagi o’qitish mazmunini qisqacha bayon eting; 
 
Boshlang’ich 
maktab 
Qorixona Daloilxona 
Qizlar 
maktabi 
Madrasalar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


VII BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA 
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI 
 
XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. 
O’lkani Rossiya imperiyasi bosib olgandan so’ng 1870 yillarda 
qizlar talimi bo’yicha bazi malumotlar mavjud. Turkistonda shahar 
va qisman qishloqlarda qizlar uchun boshlang’ich maktablar ham 
mavjud bo’lgan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda 
uchrar edi. Bazi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi 
ham to’g’ri kelmas edi. Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining 
soni o’g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan. 
Toshkent rus qo’shinlari tomonidan egallangan paytda shaharning 
bazi qismlarida qizlar maktablari va o’quvchilari soni o’g’il bolalar 
maktablarining ½ qismiga to’g’ri kelgan va ularda o’quvchilar soni 
nisbatan kam bo’lgan.
A.P.Xoroshkin va Toshkent shahrida yashovchi mullalarning 
xabar berishicha, 1864 yilda ruslar bilan bo’lgan urush uchun soliq 
joriy etsh bo’yicha ro’yxatga olish o’tkazilganda, 8000 ming nafar 
o’quvchi bolalar, 4000 nafar o’quvchi qizlar qayd etlgan. Birgina 
Sebzor dahasida 25 nafar o’g’il bolalar va 15 nafar qizlar, 
Shayxontohur dahasida esa 20 ta o’g’il bolalar va 10 ta qizlar 
maktablari mavjud bo’lgan. Otnbibi maktabida o’quvchi qizlar bilan 
birgalikda o’g’il bolalar ham birga talim olgan hollari ham bo’lgan. 
Qizlar maktablaridagi mashg’ulotlarda asosan fors-tojik va turkiy 
tldagi asarlar o’rgatlgan. Ushbu talim muassasalarida “Talimi 
bayonot”, “Muosharat odobi”, “Tarbiyali xotun” va boshqa Sharq 
axloqiy madaniyatni o’z ichiga oluvchi fanlar o’qitlgan. 
A.P.Xoroshxinning 1876 yildagi malumotga ko’ra, qizlar 7-11 
yoshdan o’qitlgan, 11-15 yoshdan esa tkuvchilikka o’rgatlgan. 
Bundan shu narsa kuzatladiki, qizlar maktablaridagi talim dasturlari 
o’g’il bolalar maktablari dasturlariga nisbatan kam qamrovli 
bo’lgan.O’rta Osiyoda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi 
aralash 
maktablar 
bo’lganligi 
haqida 
malumotlar 
deyarli 
uchramaydi. 1906 yil Kaspiyorti viloyati maktablarining ahvoli 
haqida malumot bergan N.P.Ostroumov turkmanlar orasida, bazi 
joylarda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi maktablar mavjud 


bo’lganligi, ularda atgi ikki yoki uch yil davomida talim berilishi 
haqida malumot beradi. 
Mustamlakachilik tzimini o’rnatlishi va o’lkada rus aholisi soni 
o’sib borishi bilan rus tlida so’zlashuvchi aholi qizlarini talimiga 
bo’lgan ehtyoj o’sib bordi. Qizlar uchun gimnaziya, Mariin bilim 
yurtlari kabi talim muassasalarini tashkil etldi va mazkur 
maskanlarda mahalliy aholi vakillarini talim olishlariga imkon 
berilishi kam miqdorda bo’lsada, qizlar talimiga ijobiy tasir o’tkazdi. 
XIX asr 70-yillarida Toshkent va Chimkentda qizlar uchun bo’lim 
hamda hunarmandchilik sinflari, Kazalinskda qizlar uchun 
yakshanba sinflari bo’lgan boshlang’ich bilim yurtlari tashkil etldi. 
Ushbu bilim yurtlarining barchasi muayyan rejalarsiz, asosan, 
o’lkadagi rus aholisining talim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
maqsadida tashkil etlgan edi. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling