Nazariy tafakkur deb hodisalarni izohlashga faraz qilishga qaratilgan tafakkur
turiga aytiladi. Voqelikni o‘zgartirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni
yaratishga yo‘naltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur
«Qanday qilib?», «Qaysi yo‘l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib tadrijiy ravishda, izchil
o‘zaro bog‘langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tug‘iladi, vazifa
aniqlanadi, masala echish uchun savollarga javob qidiriladi. Ijodiy tafakkurning
navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: quyilgan savollarga
javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo‘llar, usullar, vositalar,
qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash va faoliyatga tadbiq qilish va
boshqalar.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan
foydalanish o‗zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‗ladigan oddiy
tafakkur, sog‗lom fikr, tafakkurning boshlang‗ich darajasi, uning mantiqiy
mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‗rganadi, bu aniq, izchilliklik
bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‗g‗ri tuzish, dalillarni qat‘iy tizimlashtirish,
tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‗llash va
ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‗lgan nazariy bilishning oliy
darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-
qarshiliklarini anglab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |