Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#216408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

 

   Tafakkur –insoniyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davrida ijodkorlik 

jarayoni bilan bog‘liq holda hosil qilinib borilgan va erishilgan oliy va aqliy 

nematdir. 

Tashqi olamdagi voqelikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish 

muhim ahamiyat kasb etadi, lekin o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni atroflicha 

chuqur aks ettirish uchun bular hali yetarli emas. Chunki ularning o‘zaro 

munosabatlari, sifat va miqdor o‘zgarishlari, murakkab ichki bog‘lanishlari, o‘zaro 

ta'sir etish hossalarini bevosita kuzatish yoki hissiy obrazlar yordamida aniqlash 

imkoniyati yo‘q. 

           Madomiki shunday ekan, sub'ektning bilish , anglash, lozim bo‘lgan ob'ekt 

bilan o‘zaro ta'sirini bevosita aks ettirish yo‘li orqali bo‘laklarga ajratish imkoniyati 

cheklanganligi sababli hissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya'ni tafakkurga 

o‘tish zarurati tug‘iladi. Fikr yuritish yordamida atrof - muhitni chuqurroq bilish, 

narsalar, voqealar va hodisalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro ichki munosabatlar, 

boglanishlarni aniqlash problematik tarzda namoyon bo‘ladi. Inson oldida problema 

- muammo vujudga kelmas ekan, u holda tafakkur jarayoni hosil bo‘lishi mumkin 

emas. Shunday qilib, inson o‘zining bilish faoliyatida voqelikning murakkab 

jihatlarini hissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr 

yuritishga murojaat qiladi. 

          Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur obrazlari bilan tafakkur 

o‘zaro uzliksiz ravishda bir - birini boyitib turadi. Ana shunga binoan bilish 

jarayonining hissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir. 

Tafakkur, sezgi va idrokdan fark qilib, bir nechta xususiyatga egadir. Uning 

birinchi xususiyati voqeilikni umumlashgan holda aks ettirishdir. Tafakkurning 

ikkinchi muhim xususiyati bog‘lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Bu xususiyat 

tufayli tabiat va jamiyatdagi turli hodisa va voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 




 

tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tafakkurning uchinchi xususiyati so‘z , 



nutq orqali narsa va hodisalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan 

iboratdir.  

Insonnning  fikr yuritishi bir va undan ortiq so‘zlar,  tushunchalar vositasida 

ifodalanadi. Shuning uchun odam o‘ylayotganda o‘z fikrini aytayotgandek, 

gapirayotganda esa fikr  yuritayotgandek tuyiladi. 

         Ergash Goziev o‘zining «Tafakkur psixologiyasi»  Toshkent, «O‘kituvchi» 

nashriyoti, 1990 yil  kitobida tafakkurga quyidagicha ta'rif bergan. «Tafakkur atrof 

muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvi 

psixik prosess, sostial sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va 

prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir».  Bizningcha, ushbu ta'rifda 

tafakkurning eng muhim hususityalari va funksiyalari sanab o‘tilgan. Tafakkur 

shakllariga hukm, tushuncha va xulosa chiqarish kiradi. Narsa va hodisalarning 

belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm  deb 

aytiladi. Masalan, bahorda daraxtlar barg  yozadi. 

Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks 

etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 

  Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. 

  Yakka, juz'iy va umumiy hukm. 

  Shartli, ayiruvchi va qat'iy hukm. 

  Taxminiy hukm. 

         Narsa bilan belgining aloqasi aks etgan hukm tasdiqlovchi hukm deyiladi. 

Masalan, Alisher Navoiy buyuk uzbek shoiri, mutafakkiri. Narsa bilan belgi 

o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qligini ifodalovchi hukm inkor hukm deb ataladi. Masalan, 

O‘zbekistonda paxta ekilmaydi. Samarkandda oliy maktablar yo‘q  kabi. 

Yakka narsa haqidagi hukm yakka hukm deyiladi. Masalan, Toshkent – 

O‘zbekistonning poytahti. Agar hukmimiz bir guruh narsalarning ba'zilariga ta‘luqli 

bo‘lsa uni juz'iy hukm deyiladi. Masalan, bugun ba'zi talabalar darsga kech qoldilar. 

Bordiyu bizning hukmimiz bir guruh narsalarning barchasiga ta‘luqli bo‘lsa umumiy  




10 

 

hukm deyiladi. Masalan, Uzbekiston fuqarolari tinchlik uchun 



kurashmoqdalar.Xulosa chiqarish deb bir necha hukmlardan alohida hukm keltirib 

chiqarishga aytiladi.  

Masalan: Barcha sayyoralar harakat qiladi. Yer - sayyora. Demak, Yer ham harakat 

qiladi.  

    Xulosa chiqarish uch turli bo‘ladi: induktiv, deduktiv va analogik. induktiv xulosa 

chiqarish deb bir necha yakka hukmlardan umumiy hukm keltirib chiqarishga 

aytiladi.  

Masalan: Temir elektr to‘kini o‘tkazadi. Mis elektr tokini o‘tkazadi. Ko‘rg‘oshin 

elektr tokini o‘tkazadi. Bular metallardir. Demak, metallar elektr tokini o‘tkazadi, 

dеduktiv hulosa chiqarish deb umumiy hukmdan yakka yoki juz'iy hukm keltirib 

chikarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar  bahorda gullaydi. O‘rik - daraxt. Demak, 

o‘rik bahorda gullaydi. Analogik  xulosa chiqarish deb predmetning o‘xshash 

belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi. 

Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks 

ettiruvchi fikrdir. U y, ko‘prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar 

odatda konkret va abstrakt bo‘ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, mel, 

deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muhabbat, baxt, go‘zallik, uzunlik, 

balandlik, kenglik, harakat kabilar kiradi.Tushunchalar ko‘lami jihatdan uch turga 

bulinadi: 

  yakka tushunchalar  

  umumiy tushunchalar  

 

to‘planma tushunchalar. 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling