Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti fizika va uni o


Download 419.63 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi419.63 Kb.
#1507306
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. Xatamova Sayyorabonu yangi

Kurs ishi maqsadi. ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirishni o`qitish metodikasi mavzusi va unga oid ma’lumotlarni yig`ish, o`rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi obyekti. Fizika o`qitish metodikasi kursining ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirish.
Kurs ishi predmeti. ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirishni o`qitish usullari, metodlari va vositalari.
Kurs ishi vazifasi:
1. ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirish bobinio`qitish metodikasi bo`limiga doir ma’lumotlar yig`ish;
2. ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirishning ilmiy metodik tahlili;
3. ”O`zgaruvchan tokning ishi va quvvati” mavzusini loyihalashtirish mavzusini o`tish metodikasini o’rganish.
II.Asosiy qism
1.Elektr tokining ishi haqida tushuncha
Ma'lumki, elektr zanjir ichki va tashqi qismlardan iborat. Zanjirning ichki qismi - tok manbaida boshqa turdagi energiyalar, masalan, galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Zanjirning iste'molchi ulangan tashqi qismida elektr energiya mexanik, issiqlik, yorug'lik va boshqa turdagi energiyalarga aylanadi.
Masalan, zanjirga ulangan elektr dvigatelda elektr energiya mexanik energiyaga, lampochkada esa elektr energiya issiqlik va yorug'lik energiyasiga aylanadi.
Iste'molchilarda elektr energiya boshqa turdagi energiyaga aylanishida zanjirdagi tok ish bajaradi. Bu ishning qanday kattaliklarga bog'liqligini ko'rib chiqaylik.
Elektr kuchlanish U= ifodasidan, tokning bajargan ishi:
A=Uq (1)
Tok kuchi I= formulasidan q=It ekanligini inobatga olib, (1) ifodani quyidagi ko`rinishda yozamiz:
A=IUt (2)
Elektr tokining iste'molchida ma'lum vaqt davomida bajargan ishi undan o'tayotgan tok kuchining unga qo'yilgan kuchlanish va tokning o'tish vaqti ko'paytmasiga teng.
Elektr toki bajargan ishning birligi ham mexanik ish birligi kabi -joul (J) da hisoblanadi, ya'ni
1J=1A*1V*1s
Zanjirning kuchlanishi bir volt bo'lgan qismida bir amperga teng bo'lgan tokning bir sekund davomida bajargan ishi birjoulgst teng bo'ladi.
Demak, elektr tokining ishini hisoblash uchun uchta asbob: voltmetr, ampermetr va soat kerak.
Zanjiming bir qismi uchun Om qonunidan foydalanib, (2) formuladagi kuchlanishni tok kuchi orqali yoki tok kuchrni kuchlanish orqali ifodalasak, tok ishining bir-biriga ekvivalent bo'lgan quyidagi uchta ifodasini yozish mumkin:
A=IUt= (3)
Sarflangan elektr energiya miqdor jihatdan elektr tokining bajargan ishiga teng.
Agar sarflangan energiyani W deb belgilasak, u holda uning ifodasi quyidagicha bo'ladi:
W=IUt (4)
Elektr tokining bajargan ishi, ya'ni iste'molchilarda sarflangan elektr energiya maxsus asbob elektr hisoblagich (schotchik) yordamida o'lchanadi (85-rasm).
Elektr energiyasini hisoblagichda yuqorida aytib o'tilgan uchta asbob birlashtirilgan.
Bunday hisoblagichlar elektr energiyani iste'mol qiluvchi barcha joylarda, ya'ni zavod, fabrika, ishlab chiqarish korxona-larida, shuningdek, biz yashayotgan uyimizda ham o'rnatilgan.

Download 419.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling