Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Mashg‘ulotning texnologik kartasi


Download 1.13 Mb.
bet33/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

Mashg‘ulotning texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o‘qituvchi

o‘quvchi

1-bosqich.
Kirish
(5 min)

Salomlashish.
Mavzu va uning maqsadini e’lon qilish.dars bosqichlari va talabalarni baholash tartibi bilan tanishtirish.

Darsga tayyorgarlik ko‘radilar.
Mavzuni yozib oladilar.
Tinglaydilar

2-bosqich asosiy
(35 min)

2.1. O‘tgan darslar bo‘yicha umumiy takrorlash uchun savollar beriladi.
2.2. Tayanch tushunchalar keltiriladi. Yangi mavzu bayon qilinadi.O‘quvchilarga kompyuter yordamida taqdimot ko‘rsatib beriladi.

2.3.O‘quvchilarga bumerang texnologiayasi haqida ma’lumot berish


2.4.O‘quvchilar guruhlarga bo‘lish
2.4. Mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beriladi.
2.5 O‘z fikr mulohazalarini guruhdoshlari bilan muhokama qiladi.O‘quvchilar guruhlarini almashtirib yangi paydo bo‘lgan guruhlarda berilgan mavzu bo‘yicha muhokama qilishadi.
2.6Guruhlar o‘zlarinig avvalgi gurhlariga qaytishadi noaniq bo‘lgan tushunchalarni muhokama qilishadi

2.1.savol-larga javob beradi.
2.2 Muammoli vaziytga keltiriladi. Tinglaydi, yozib oladi.
2.3tinglaydi o‘rganadilar
2.4 O‘z topshiri-g‘ini bajaradi, zarur holdao‘qituvchidan yordamso‘raydi.

3-bosqich
Yakuniy
(5 min)

3O‘quvchilarga kompyuter va proyektor yordamida video rolik taqdim etiladi.

3.2o‘quvchilar baholanadilar va dars yakunanadi.



3.1. Eshitadilar, Topshiriqni oladilar.
Bahs munozara qilishadi
3.2.baholanadilar

O‘qituvchi: Zuvidullayeva Muxarram






To‘plamlar va ustida amallar


Reja:
1.To‘plamlar haqida ma’lumot
2.To‘plam kesishmasi
3.To‘plamlar birlashmasi
4.To‘plamlar ayirmasi
5.To‘plamlar dekart ko‘paytmasi
6.To‘plamlar simmetrik ayirmasi
To‘plam tushunchasi – matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u ta’riflanmaydigan, faqat misollardagina tushuntiriladigan tushunchadir. Masalan, auditoriyadagi talabalar to‘plami, to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plami, kitobning ma’lum betidagi nuqtalar to‘plami, kitobning ma’lum betidagi harflar to‘plami, O‘zbekistondagi viloyatlar to‘plami, Quyosh sistemasidagi planetalar to‘plami, biror aylanada yotuvchi nuqtalar to‘plami va hokazo.To‘plamni tashkil qiluvchi obyektlar uning elementlari deyiladi. Matematikada ko‘pincha sonli to‘plamlar, ya’ni elementlari sonlardan iborat bo‘lgan to‘plamlar ishlatiladi. Maktab matematika kursidan bilamizki, ular ma’lum belgilar bilan belgilanadi: N – barcha natural sonlar to‘plami; Z – barcha butun sonlar to‘plami; Q – barcha ratsional sonlar to‘plami; R – barcha haqiqiy sonlar to‘plami C – barcha kompleks sonlar to‘plami.Odatda to‘plam elementlarini ko‘rsatib yozish uchun katta qavs (figurali qavs – {}) dan foydalaniladi. Masalan,N = {1, 2, 3, …..n, ….} Z = {…., -n, …., -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ….., n, …..}[19;12-13-b]
\Chekli to‘plam bitta yoki bir nechta elementdan tashkil topgan bo‘lishi yoki hatto bitta ham elementga ega bo‘lmasligi mumkin. Bitta ham elementga ega bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va {Ø} belgi bilan belgilanadi.
Masalan, ma’lum auditoriyadagi O‘quvchilar ichidan familiyalari A harfi bilan boshlanadigan talabalar to‘plamini qaraylik. Bu to‘plam bitta yoki bir nechta elementli yoki hatto bo‘sh to‘plam bo‘lishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar berilgach,talabalarga guruhlarga bo‘linadi va ularga ma’lumtlar yozilgan kartochkalar beriladi
1-guruhga beriladigan ma’lumotlar
А vа B to‘plаmlаrning kаmidа birigа tеgishli bo‘lgаn bаrchа elеmеntlаrdаn tashkil tоpgаn to‘plаm АvаB to‘plаmlаrning birlаshmаsi yoki yig‘indisi dеyilаdi.
1.To‘plamlar birlashmasini misollar yordamida tushuntiring.
2.To‘plamlar birlashmasini Venn diagrammasida tasvirlang
2-guruhga beriladigan ma’lumotlar
А vа B to‘plаmlаrning kеsishmаsi yoki ko‘pаytmаsi dеb, bu to‘plаmlаrning bаrchа umumiy, ya’ni А gа hаm, B gа hаm tеgishli elеmеntlаrdаn tаshkil tоpgаn to‘plаmgа аytilаdi.
1.To‘plamlar kesishmasi misollar yordamida tushuntiring.
2.To‘plamlar kesishmasini Venn diagrammasida tasvirlang
3-guruhga beriladigan ma’lumotlar
А vа B to‘plаmlаrning ayirmasi deb, Ato‘plamning B to‘plаmgа kirmаgаn bаrchа elеmеntlаrdаn tаshkil tоpgаn to‘plаmgа аytilаdi va А \ B yoki A-B
ko‘rinishlarda belgilanadi.
1.To‘plamlar ayirmasini misollar yordamida tushuntiring.
2.To‘plamlar ayirmasini Venn diagrammasida tasvirlang
4-guruhga beriladigan ma’lumotlar
A\B va B\A to‘plamlarning birlashmasi simmetrik ayirma deyiladi va A ∆ B ko‘rinishida belgilanadi: A ∆ B={(A\B) (B\A)}
А vа B to‘plаmlаrning kаmidа biriga tegishli bo‘lgan barcha elementlardan tashkil topgаn to‘plam A va B to‘plamlarning birlashmasi yoki yig‘indisi deyiladi.
1.To‘plamlar simmetrik ayirmasini misollar yordamida tushuntiring.
2.To‘plamlar simmetrik ayirmasini Venn diagrammasida tasvirlang.
5-guruhga beriladigan ma’lumotlar
A va B to‘plamlarning dеkart ko‘paytmasi dеb shunday to‘plamga aytiladiki, u to‘plam elеmеntlari tartiblangan juftliklardan ibоrat bo‘lib, bu juftni birinchisi to‘plamdan, ikkinchisi esa to‘plamdan оlinadi. Dеkart ko‘paytma A*B ko‘rinishda bеlgilanadi:
1.To‘plamlar dekart ko‘paytmasini misollar yordamida tushuntiring.
2.To‘plamlar dekart ko‘paytmasini Venn diagrammasida tasvirlang
O‘quvchilar ma’lumotar bilan tanishgach talabalar guruhlarini almashtirishadi.Ma’lumotlar almashadi bir-birilariga o‘zlarini guruhlaridagi ma’lumotlarni tushuntirib berishadi.Bir-birlariga savollar berishadi tushunmagan joylarini tushuntirishadi.
Shundan so‘ng o‘zlarining guruhlariga qaytib o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilishadi.
O‘quvchilar kompyuter orqali video rolik tomosha qilishadi.to‘plamlar ustida amallar . Shundan so‘ng o‘quvchilar baholanadi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling