Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


-jadval O‘quvchilarni axborot bilan ishlash kompetensiyalarni baholash mezonlari


Download 1.13 Mb.
bet26/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

3.1-jadval
O‘quvchilarni axborot bilan ishlash kompetensiyalarni baholash mezonlari

Guruh

Yangini his qilish

Tanqidiylik

Ijodiyotga yo‘naltirilganlik

Ob’ektni o‘zgartirish qobiliyati

O‘rtacha ball

7-A

0,8

1,06

1,05

0,6

0,88

7-B

1,02

1,08

1,06

0,8

0,99

Olingan natijalar o‘quvchilarning ijodiy faollligini ko‘rsatuvchi
3 ta darajadan iborat:
Past daraja - 0 dan 1 gacha
O‘rta daraja - 1 dan 1,5 gacha
Yuqori daraja - 1,5 dan 2 gacha
Biz o‘quvchilarning ijodiy faolligini o‘rtacha balini S= (N+K+T+C)/4 formuladan foydalandik. Bu еrda:
N-o‘quvchilarning yangilikni his qilishiga mos baho;
K- o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashlariga mos baho;
T-o‘quvchilarning ijodiy yo‘nalganligini ifodalovchi baho;
C-o‘quvchilarni ob’ekt tuzilmasini o‘zgartira olish qobiliyatini ifodalovchi baho.
Shunday qilib, 7-9 sinflar o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyalari o‘rtacha baliga ega bo‘ldik. (0,88-0,99) minimal qiymatlar doirasida.
O‘quv yilining dastlabki ikki choragi oxirida tashxislovchi 1-nazorat ishi o‘tkazdik. Nazorat ishi 10 ta topshiriqdan iborat bo‘ldi. 1-nazorat ishi natijalari 3.2-jadvalda keltirilgan.
Olingan natijalar tahlili asosida 2 ta guruh shakllantirildi:
Tajriba guruhi (36 nafar o‘quvchi) .
Nazorat guruhi (38 nafar o‘quvchi).
Tashxislovchi 1-nazorat ishi natijalari
3.2.-jadval

Sinflar

Baholar

bajarilishi %

Topshiriqlarning to‘liq va ishonchli bajarilishi (o‘quvchilar soni)

5

4

3

2

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

7-A,9-A

7

13

15

3

92

34

32

35

31

28

20

24

24

8

7

7-B, 9-B

4

13

16

3

91

32

31

30

28

29

21

23

25

6

3

jami

11

26

31

6

91,5

66

63

65

59

57

41

47

49

14

10

Tajriba-sinov ishlarining tasdiqlovchi bosqichida nazorat va tajriba guruhlarini taqqoslash 3.3-jadvalda keltirilgan.
Tashxislovchi 2-nazorat ishi natijalari 3.3-jadval

Sinflar

Baholar

bajarilishi %

Topshiriqlarning to‘liq va ishonchli bajarilishi (o‘quvchilar soni)

5

4

3

2

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

7-A,9-A

12

14

12

0

100

34

33

35

31

32

24

27

26

13

14

7-B, 9-B

7

12

16

1

98

33

32

29

28

29

21

24

25

9

7

jami

19

26

28

1

99

67

65

64

59

61

45

51

51

14

21

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichining mohiyati matematika kursi (7-9-sinflarda algebra)ni o‘qitishda axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarni shaklantirishda nostandart masalalardan foydalanishdan iborat bo‘ldi.
Tajriba –sinov ishlarida ishtirok etgan har ikkala guruh an’anaviy usulda ta’lim olishdi. Tajriba guruh o‘quvchilari yuqoridagidan tashqari darslarda axborotlar bilan ishlashda darsliklar va o‘quv adabiyotlardan foydalanish orqali masalalar bilan muomala qilish tajribasini egallashdi, ikkinchi bosqichning boshidan boshlab axborotlar bilan ishlashda turli manbaalardan foydalangan holda (nostandart masalalarni еchish deb ataluvchi) sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashishdi va o‘zlarida kompetensiyalar shaklantirishdi. Qolgan barcha o‘qish sharoitlari har ikkala guruhda bir xil bo‘ldi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tajriba va nazorat guruhlaridagi motivatsiyali va amalli sohadagi keskin farqlarga asoslanib olingan natijalar yangicha tarzda o‘qitishning natijasi deb hisoblash mumkin.
Ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash asosida o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyalari ko‘nikmalarni metodikasini aniqlash uchun tajriba-sinov ishlarining boshida tajriba va nazorat guruhi o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyalar ko‘nikmalarini o‘zlari baholashlarida farq yo‘qligini aniqlash lozim edi.
Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar uchun qo‘yilgan baholarning qanchalik haqqoniy ekanligiga tekshirish uchun muntazam ravishda reja asosida tajriba va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan yozma ish va test sinovlarining natijalari statistik tahlil qilib borildi, umumlashtirildi, zarur xulosalar chiqarildi. Tajriba–sinov ishlari 2020-2022 yillar davomida Toshkent viloyati Parkent tumani 36 -umumta’lim maktabda muntazam o‘tkazib borildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarida tadqiqot muallifining o‘zi ham muntazam qatnashib bordi. Shuning uchun shaxsiy tajribalarga hamda quyidagi empirik shart - sharoitlarga asoslanildi:
-o‘quvchilardagi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni yuzaga keltirayotgan sabablarni o‘rganish;
-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda yuzaga keladigan zarur holatlarni aniqlash, tahlil qilish;
-uslubiy tizimdagi ta’sirlar ketma-ketligining samaradorligini oshirish asosida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
-butun jarayonni doimo nazorat qilib, har bir nostandart holatlarni iloji boricha baholab, tahlil qilib borish asosida pedagogik-uslubiy maqsadning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlab borishdan iborat bo‘ldi.[39;87-b]
O‘quvchilarning olgan bilimlarini test usulida tekshirish yildan yilga ommalashib va taklif etiladigan masalalar va test topshiriqlarining sifati tobora takomillashib bormoqda. Bunday usulda o‘quvchilar bilimini to‘g‘ri baholash ehtimoli kichik emasligi isbotlangan. O‘quvchi birorta masalani еchish usulini egallamay turib, yuqori baho olishi mumkin emas.
O‘quvchilarni test orqali baholashda quyidagi shartlar bajarilishi kerak :
1) O‘quvchilarga berilgan savollar bir- biriga bog‘liq emas;
2) Har bir masaladagi javoblar soni bir xil bo‘lsin;
3) Har bir masaladagi javoblar ichida faqat bittasi to‘g‘ri;
4) Agar o‘quvchi qandaydir savolning javobini bilsa, albatta, uni to‘g‘ri belgilaydi;
5) Agar o‘quvchi qandaydir savolning javobini bilmasa, albatta, uni tavakkaliga belgilaydi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling