Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Magsitrlik dissertatsiyasining maqsadi


Download 1.13 Mb.
bet4/33
Sana13.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1194649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
dissertatsiya охири

Magsitrlik dissertatsiyasining maqsadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari algebra fanini o‘qitishda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish muammosini yoritib berishdan iborat.
Magsitrlik dissertatsiyasining vazifalari. Tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Kompetensiyalarning fan va turmushga kirib kelishini yoritish.
2. Hozirgi zamon o‘qituvchisi kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni
yoritish.
3. Axborotlar bilan ishlash kopmetensiyasining o‘ziga xosligini aniqlash.
4. Matematika fani o‘qituvchilarining kompetentligi darajasiga qo‘yiladigan
talablarni izohlash.
5. O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish.
Magsitrlik dissertatsiyasining obyekti. Umumuy o‘rta ta’lim maktablaridagi algebra kursini o‘qitish jarayonidir.
Magsitrlik dissertatsiyasining predmeti: Umumuy o‘rta ta’lim maktablaridagi algebra kursidagi tayanch kompetentsiyalarni asosiy tushunchalari, tamoyillari, o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish yo‘llari, vositalari
Mavzuning о’rganilganlik darajasi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi algebra kursi tayanch kompetentsiyalar berilgan bo‘lib, lekin o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish yo‘llari to‘liq yoritib berilmagan.
Magsitrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi: O‘quvchilarning matn, tasvir, raqam ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini interpretatsiya qilishi asosida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bosqichlari keltirildi;
algebra fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarni algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtiriligi;
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli «Algebra» fanidan o‘quv axborotlarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan asoslari berildi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling