Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Tajriba sinov ishlaridan olingan natijalar tahlili


Download 6.35 Mb.
bet24/31
Sana22.08.2023
Hajmi6.35 Mb.
#1669203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
MD Yangi

3.2. Tajriba sinov ishlaridan olingan natijalar tahlili
Tashkiliy bosqichda Chilonzor tumani 202- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitilayotgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘qitish jarayonida tutgan o‘rnini va darslarni tashkil etish maqsadida “Dasturlash asoslari” bo‘limi mazmuniga mos ravishda dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklarning tahlili va ulardan foydalanishdagi muammolarni aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish “Dasturlash asoslari” bo‘limi mazmuni asosida Chilonzor tumani 202-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qitish jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi.
Ushbu “Dasturlash asoslari” bo‘lim mazmuni asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘quv muassasasi Chilonzor tumani 202-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanlab olindi.
Ularning “Dasturlash asoslari” bo‘limiga doir tushunchalarni qanchalik bilishi haqida anketa savollari o‘tkazildi. Anketa savollarinining natijalariga ko‘ra bu o‘quv muassasasida “Dasturlash asoslari (Python dasturlash tili misolida)” bo‘limi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlari yetarli emasligi va ularni bilim darajasi deyarli bir xil ekanligi aniqlandi.
Bu bosqichda “Dasturlash asoslari (Python dasturlash tili misolida)” bo‘limi mavzularini o‘qitishni tashkil etish, yaratilgan metodik ishlanmalarni o‘quvchilarga samarali yetkazib berish kerakligi maqsad qilib qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lida Thunkable vizual dasturlash orqali yaratilgan móvil ilova ishlab chiqildi. Shundan so‘ng tajriba sinov ishlarini o‘tkazish maqsadida Chilonzor tumani 202-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2 ta sinflari (9 “A” va 9 “B”) tanlab olindi. Ularning biri tajriba sinfi, ikkinchisi nazorat sinfi sifatida qarab chiqildi.
Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichida tanlab olingan sinflardan tajriba guruhida “Dasturlash asoslari (Python dasturlash tili misolida)” bo‘limiga doir mavzular bo‘yicha yaratilgan Thunkable vizual dasturlash orqali yaratilgan o‘quv kontentidagi ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari, topshiriqlar va metodik tavsiyalar asosida o‘qitish ishlari olib borildi.
Nazorat guruhida esa maktab o‘quvchilariga o‘qituvchilarining tajribasi asosida an’anaviy dars mashg‘ulotlar olib borildi.
Tajriba sinov ishlarini o‘tkazish bosqichidan ko‘zlangan maqsad – dars ishlanmalari va metodik tavisyalar asosida o‘qitishni tashkil etish va bilimlar berishdan iborat.
Yaratilgan dars ishlanmalari asosida o‘quvchilarning kompyuter texnologiyalari yordamida amaliy ko‘nikma, bilim darajalarini oshirishga ta’sirini tajriba va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar, reyting ballariga mos baholar nazorat uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijalariga ko‘ra belgilandi.
Taklif etilayotgan “Dasturlash asoslari (Python dasturlash tili misolida)” bo‘limini o‘qitish samaradorligini aniqlash uchun o‘quvchilardan olingan nazorat mashg‘ulotlari va umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarning natijalarini sifat va miqdor bo‘yicha tahlil qilindi.
Tajriba guruhida 9 “A” sinf 23 nafar o‘quvchi, nazorat guruhida esa 9 “B” sinf 24 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu guruhlarda joriy nazorat sifatida baholash ishlari olib borildi. Baholash besh ballik tizim asosida olib borildi. Tajriba va nazorat guruhlarida ishtirok etgan maktabdagi o‘quvchilar soni.
3.1-jadval. Tajribada ishtirok etgan maktab o‘quvchilar soni.

Ta’lim muassasi nomi

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi

Chilonzor tumani 202-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi

23

24

Umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” o‘qitish metodikasi va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida tajriba sinov ishlari olib borildi. Tajriba–sinov ishlarini statistik tahlil qilish maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari bo‘yicha aniq sonli ma’lumotlar olindi. Bunday ma’lumotlarni nazariy jihatdan kutilayotgan ma’lumotlarga mos kelishini aniqlash maqsadida, biz dastlabki statistik tahlil qilib, o‘rta qiymatlar va ularning xatoliklari hisoblandi. Farazlarni tekshirishda o‘quvchi kriteriysi (mezonlari) foydalanildi.
Sonli ma’lumotlarni statistik tahlili, bu ma’lumotlarga nisbatan nisbiy harakterda ekanini, ya’ni u baholash sistemasiga emas, balki baholar tarkibiga bog‘liq ekanligini e’tiborga olib, qulaylik uchun «o‘rta»ni 3 ga, «yaxshi»ni 4 ga va «a’lo»ni 5 ga almashtirildi. Pedagogik tajriba-sinovni o‘tkazishda biz matematik-statistika tahlilini quyidagi tartibda olib bordik:
1. Har bir guruh uchun o‘rtacha o‘zlashtirish, o‘rta arifmetik usulda aniqlanib, ularning nisbiy va o‘rtacha ayirma koeffisientlari taqqoslandi.
2. O‘zlashtirish natijalarini yanada chuqurroq taqqoslash maqsadida tajriba sinov guruhlarida o‘zgaruvchanlik variatsiya ko‘rsatkichlari hisoblandi va har bir guruhga mos kelgan bo‘sh to‘plamlar o‘rtachalari haqida xulosalar chiqarildi.
3. Har bir guruh tanlanma taqsimotlari poligonlarini chizib, bo‘sh to‘plamlar o‘rta qiymati tengligi haqidagi gipotezani tekshirish o‘quvchining ikki tanlanma mezoni asosida olib borildi.
4. Yuqoridagi tartibda olib borilgan matematik-statistika metodi natijalaridan tegishli xulosalar chiqarildi. Pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda biz Chilonzor tumani 202-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilgan tajriba-sinov natijalarini statistik metodlar yordamida tekshirdik. Tajriba-sinov guruhida 23 nafar o‘quvchi va nazorat guruhlarida 24 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Ushbu natijalariga nisbatan о‘rtacha о‘zlashtirish kursatkichini hisoblaymiz:
Tajriba va nazorat guruhlaridagi о‘rtacha qiymat:
=
=
Samaradorlik koeffitsenti
=
Demak, joriy nazorat natijalariga kо‘ra tajriba gurihidagi samaradorlik 1.08 barobarga yuqori ekan.
Tajriba-sinov guruhi o‘rganuvchilarining bilim saviyalari va uzviylik asosida o‘qitish ko‘nikmalari sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatildi.
3.2-jadval. Tajriba-sinov va natija guruhlari natijalarini

Guruhlar

Nazorat guruhi

Tajriba guruhi

Baholar

“2”

“3”

“4”

“5”

“2”

“3”

“4”

“5”

O‘rganuvchilar soni

3

5

9

7

0

5

8

10




3.1-diagramma. Natija va tajriba sinov guruhi o‘quvchilarining bilim saviyalari

3.2-diagramma.Tajriba sinov guruhi o‘quvchilarining o‘zlashtirishlari (%)

3.3-diagramma. Tajriba sinov va natija guruhi o‘quvchilarining o‘zlashtirish farqlari (% da)
Yuqorida keltirilgan diagrammadan ko‘rinib turibdiki, umumta’lim maktablari uchun yaratilgan yangi amaliy dasturlarni o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonida faol o‘qitish usullaridan foydalanish quyidagi samaradorlikka erishishga olib keladi: Tajriba guruhlarida “a’lo” bahoga o‘zlashtirish darajasi o‘rtacha 43,47 % ni (nazorat guruhlariga nisbatan 14,31% ga ko‘p), “yaxshi” bahoga o‘zlashtirish darajasi 34,78% (nazorat guruhiga nisbatan 2,72% ga kam) tashkil etgan bo‘lsa. “Qoniqarli” baho olgan o‘quvchilar soni 21,73% ni (nazorat guruhiga nisbatan 0,9% ga ko‘p), “qoniqarsiz” baho olgan o‘quvchilar soni esa o‘rtacha 0% (nazorat guruhida 12,50%) ni tashkil etdi. Demak, mazkur statistik ma’lumotlar biz tomondan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinab ko‘rilgan o‘qitish metodikasi hamda faol o‘qitish usullari amaldagi an’anaviy o‘qitish metodikasiga nisbatan samarali degan xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. Bu esa, tajriba sinov guruhlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini Python dasturlash tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ishlar samarador ekanligini ko‘rsatadi.
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar
Tajriba-sinov natijalari Dasturlash texnologiyalari asosida yaratilgan mobil ilova qo‘llagan holda mustaqil ta’limni o‘tishda faqat o‘quv materiallarini o‘zlashtirish emas, balki yaxshi o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarning yangi bilim olishga bo‘lgan qiziqish uyg‘onganligini ko‘rsatdi. Dasturlash texnologiyalari asosida yaratilgan mobil ilovani qo‘llagan holda o‘qitish o‘quvchilarning faolligini, ularning o‘zlashtirishining sifat ko‘rsatgichini oshirildi.
Dasturlash texnologiyalari asosida yaratilgan mobil ilova o‘quv jarayoniga tatbiq etib darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning juda faol ishtirok etishlari kuzatildi. Bundan tashqari o‘quvchilar masofaviy tarzda dasrdan qolib ketmagan holda Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularga ma’lum bir sabablarga ko‘ra darslarda qatnasha olmagan o‘quvchilarga mavzulardan qolib ketmaslik imkoniyatini ta’minladi. Natijada o‘quvchilar dars jarayonidan uzilmasdan va boshqa o‘quvchilardan qolib ketmasdan o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchilar bilan savol-javob qilishga harakat qilayotganliklari ko‘rindi.
Dasturlash texnologiyalari asosida yaratilgan mobil ilova asosida dars o‘tilgan guruhda an’anaviy guruh bilan dars o‘tishga nisbatan o‘zlashtirish samaradorligi 14 foizga oshdi.
Shuningdek ta’lim jarayonida zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun rivojlangan texnika-texnologiyalardan foydalanish muhim sanaladi. O‘quvchilar mobil ilovalar orqali o‘zbekcha dasturlar yaratilishiga qiziqishdi.
XULOSA

Dissertatsiya ishini bajarish davomida dasturlash texnologiyalari asosida mobil ilova yaratish va ulardan ta’limda foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’lim tizimida elektron ta’lim resurslari va xorijiy adabiyotlardan foydalanib mobil ilova orqali ta’lim jarayonini tashkillashtirish yuzasidan olib borilgan izlanish natijasiga ko‘ra quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi.


So‘nggi yillarda mobil ilovalar tobora ommalashib bormoqda, chunki odamlar o‘zlarining kundalik faoliyatini boshqarish uchun mobil qurilmalarga tayanishmoqda. Ta'lim tizimida mobil ilovalardan foydalanishdan katta foyda keltirishi mumkin, chunki ular bir qator potentsial afzalliklarni taqdim etadi, jumladan:
1. Qulaylik: Mobil ilovalar o‘quvchilar va o‘qituvchilarga o‘quv materiallari va resurslariga istalgan joydan, istalgan vaqtda, mobil qurilmalaridan foydalangan holda kirish imkonini beradi. Bu esa o‘rganishni yanada moslashuvchan va qulay qiladi, chunki o‘quvchilar vaqtida o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
2. Interaktivlik: Ko‘plab mobil ilovalar juda interaktiv bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, viktorinalar, o‘yinlar va simulyatsiya kabi xususiyatlarga ega bo‘lib, ular o‘quvchilarni jalb qiladi va ma'lumotlarni yaxshiroq saqlashga yordam beradi.
3. O‘quv samaradorligi: Mobil ilovalar o‘quvchining rivojini izlashi va individual ehtiyojlariga moslashishi mumkin, ular ta’lim samaradorligini oshirish uchun shaxsiy fikr-mulohazalar va moslashtirilgan kontent olayotganligini ta'minlaydi.
4. Past xarajatlar: Mobil ilovalardan foydalanish bilan ta'lim muassasalari chop etish va o‘quv materiallarini tarqatish xarajatlarini kamaytirishi mumkin, bu maktab va universitetlar uchun sezilarli xarajat bo‘lishi mumkin.
5. Hamkorlik: Mobil ilovalar o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlikni osonlashtirishi mumkin. Ular jismoniy joylashuvidan qat'i nazar muloqot qilish, g'oyalarni baham ko‘rish va loyihalar ustida birgalikda ishlash imkonini beradi.
Umuman olganda, ta'limda mobil ilovalardan foydalanish ko‘plab potentsial foyda keltiradi, jumladan, qulaylik, interaktivlik, o‘quv samaradorligi, xarajatlarning pastligi va hamkorlik. Texnologiyalarning tez rivojlanishi bilan mobil ilovalar zamonaviy ta'lim tizimining zaruriy tarkibiy qismiga aylandi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarga o‘quv tajribasini oshirish uchun kuchli vositalarni taqdim etdi.

  • Umumiy o‘rta ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etishda hozirda mavjud bo‘lgan real muammolar aniqlandi va uning yechimlari topildi;

  • Darslikning ma’lum qismini qamrab oluvchi mobil ilova shakllantirildi;

  • Dasturlash texnologiyasi asosida yaratil móvil ilovadan foydalangan holda o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish usullari ishlab chiqildi;

  • Xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;

  • Tajriba–sinov ishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borish uchun har bir darsni o‘quvchining bilimi, qiziqishi va imkoniyat darajasiga qarab tashkil etish lozim;

  • Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Dasturlash texnologiyasi elеmеntlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda kеltiradi.


Download 6.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling