2.3. Ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanish metodikasi
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinfida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻtiladigan “Dasturlash asoslari” boʻlimining “Pythonda o‘zgaruvchilarni tavsiflash” mavzusi misolida yoritib beramiz.
MAVZU: Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash
Darsning texnologik xaritasi
Maqsad va vazifalar
|
Darsning maqsadi: o‘quvchilarni Python dasturlash tilidagi grafik muhit bilan tanishtirish va ular haqida ma’lumot berish
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Python dasturlash tilida Tkinter – Pythondagi standart grafik kutubxona, vidjetlar bilan tanishtirish va grafik muhit bilan ishlash ko‘nikmasini oshirib berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o‘quvchilarni do‘stona ruhda, o‘quvchilarni izlanuvchanlik ruhida vatanga muhabbatli, bilimga chanqoqlik, mehrli, oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, buyuk ajdodlar merosi ma’naviyatimiz asosi ekanligini o‘quvchilarning ongiga singdirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: grafiklarni kompyuterda chizishning asosiy bosqichlari, boshlang‘ich va natijaviy grafiklarni, obyektlarni grafik ifodalash tushunchalarini shakllantirish.
F.K: grafik axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi.
T.K: grafik axborot bilan ishlash.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
python dasturlash tilida grafik modullarni tushuntirish. Dasturdagi Tkinter modulining xossalari, Tkinter modulini import qilish, Tkinter asosiy oynasini yaratish, ilovaga bir yoki bir necha vijetni qo‘shish, grafiklar chizish va uning xató kamchiliklarini bartaraf etish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |