Test javoblari. D hamma javob to'g'ri a a a d d a d 10. A savollarga javoblar


Download 63.5 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi63.5 Kb.
#167202
Bog'liq
1 Amaliy topwiriq javoblari


1-amaliy topshiriq

Test javoblari.

1.D


2.Hamma javob to'g'ri

3.A


4.A

5.A


6.D

7.D


8.A

9.D


10.A

Savollarga javoblar

1.Barchamizga ma’lumki, bolalar adabiyoti so`z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoy uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o`y-fikrlar uyg`otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g`oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo`lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.

Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir.

Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko`rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g`oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.

Alisher Navoiy “Mahbubul qulub”da tilni “ko`ngil xazinasining qulfi” deb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so`zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.

Demak, bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko`rsatadi, so`z boyligini oshiradi.

Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo`lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm-fanga muhbbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o`tmishi, ilg`or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg`ularini o`stiradi.

Bugungi kunda qudratli qurollardan biri bo`lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.

2.Bolalar kitobxonligini o`quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra quyidagicha guruhlarga ajratib o`rganish mumkin:

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).

2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).

3. O`rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-16 yoshgacha).

3.Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

Ona tili va bolalar adabiyoti fanini o‘zlashtirish jarayonida

Bakalavr:

onа tili vа uning jаmiyatdа tutgаn o‘rni;

onа tilining o‘rgаnilish dаrаjаsi;

tilshunoslik fаnining boshqа fаnlаr tizimidаgi o‘rni;

tilning pаydo bo‘lishi vа rivojlаnishi;

dunyo tillаri tаsnifi vа undа onа tilining o‘rni;

onа tilining tovush tizimi, lug‘аt boyligi vа grаmmаtikаsi;

onа tili funksionаl uslublаri;

onа tili ishorаt vа imlo qoidаlаri;

jаhon bolаlаr аdаbiyotidа o‘zbek bolаlаr аdаbiyotining o‘rni;

o‘zbek folklorining o‘zigа xos xususiyatlаri;

o‘zbek vа jаhon bolаlаr yozuvchilаri ijodi;

bolаlаr аdаbiyotining o‘zigа xos xususiyatlаri hаqidа tаsаvvurgа egа bo‘lishi;

onа tilining strukturаsi vа sistemаsi;

onа tili fonetik tizimi vа grаfikаsi;

onа tili lug‘аt tаrkibi;

onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasi;

onа tili morfemik tizimi;

onа tili so‘z yasаlish tizimi;

onа tili so‘z turkumlаri tizimi;

onа tili sintаktik qurilishi;

onа tili tаlаffuz, imlo vа ishorаt qoidаlаri;

bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri;

mаktаbgаchа, mаktаb, o‘rtа vа kаttа yoshdаgi bolаlаr kitobxonligining o‘zigа xos xususiyatlаri;

bolаlаr folklori;

o‘zbek vа jаhon bolаlаr аdаbiyoti durdonаlаrini bilishi vа ulаrdаn foydаlаnа olishi;

onа tilining jаmiyatdаgi rolini tushuntirа bilish;

onа tilining o‘rgаnilish dаrаjаsini bаyon qilа olish;

tilning ijtimoiy mohiyatini tushuntirа bilish;

tilning pаydo bo‘lishi hаqidаgi nаzаriyalаrni bаyon qila bilish;

onа tilining tovush tizimini tаhlil qilа olish;

onа tili imlo vа ishorаt qoidаlаrini bаyon qilа bilish;

onа tili lug‘аt boyligining o‘zigа xos tomonlаrini bаyon qilа olish;

onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasi haqida mа’lumot berа olish;

onа tili morfem vа so‘z yasаlish tizimi hаqidа mа’lumot berа olish;

onа tili grаmmаtik qurilishini tаhlil qilа bilish;

bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd hаmdа vаzifаlаrini bаyon qilа olish;

turli yoshdаgi bolаlаr kitobxonligi hаqidа mа’lumot berа olish;

bolаlаr folklori nаmunаlаri hаqidа mа’lumot berа olish;

jаhon vа o‘zbek bolаlаr аdаbiyoti nаmunаlаrining o‘zigа xos tomonlаrini tushuntirа bilish ko‘nikmаlаrigа egа bo‘lishi kerаk.



4.Fanining ta`limdagi o‘rni

“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan xarakterlanadi:

har bir inson, ayniqsa, ziyoli inson o‘z ona tilisining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalana bilishi kerak;

ona tili har bir millatni millat sifatida farqlantiradigan, shakllantiradigan buyuk ne’mat ekanligini tushunishimiz kerak;

ona tili fani milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy tilning an’anaviy vazifalaridan tashqari, komputer lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi;

bolalar adabiyoti ming yillar davomida dunyo xalqlari tomonidan yaratilagan so‘z san’ati durdonalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi;



o‘zbek milliy bolalar yozuvchilarining ijod namunalaridan bahramand qilish uchun xizmat qiladi

5. O‘zbek bolalar adabiyoti uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish harakatlari XX asr boshlarida bolandi. Bu haraktning boshlovchilari Hamza, Ayniy, Avloniy, Azjiy kabilar bolalarni ma‘rifatga chorlovchi yangi usuldagi maktablar ochdilar va darsliklar yaratdilar. Albatta bu darsliklar bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq bo‘lishiga alohida ye‘tibor berdilar.

30 - yillarda G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, Uyg‘un kabi yozuvchilar bilan bir qatorda bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Adham Rahmat, Shukur Sa‘dulla, Ilyos Muslim, Quddus Muhammadiy kabi vakillari ham kirib keldilar. Bular o‘zbek bolalar adabiyotini shakllantirishda muhim hissa qo‘shdilar. Mana shu yillar bolalar adabiyotini davrlashtirishga ham katta e‘tibor qaratildi.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling