Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Download 0.73 Mb.
bet4/29
Sana06.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1673551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Munavvar ilmiy ish yakuni

Oʻzbekiston Prezidenti 2020 yil 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga murojaatnomasinininig “2020 yilgi ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida” gi [5] ma’ruzasida shunday ta’kidladi: Ular uchta – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot. Bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Yangi maktablar, shu jumladan хususiy maktablarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash davom ettiriladi4.
Yuqorida bayon qilingan dolzarb muammolar haqiqatdan ham, Davlat talablarining bosh tamoyili bo’lgan “ bolaning noyobligi” , “bolaning huquqiarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi”, “bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli”ni anglagan holda, MTT, oila, tarbiyachi-pedagoglar hamda ota-onalarning bevosita, doimiy va samarali hamkorligini talab etadi. Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir.
Ota-ona farzand tarbiyasida,yashash tarzida,о‘zini tutishi,muloqot kо‘nikmasida umumiy olganda barkamol komil inson bо‘lib voyaga yetishida alohida о‘rin egallaydi.Aynan bizning mustaqil yurtimizda bu masala huquqiy jihatdan kafolatlangan.Avvalo ota-onalar о‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.Bola haqida g‘amxо‘rlik qilish unga ta’lim tarbiya berish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida bо‘lib qolmay balki konstitusiyaviy huquq va burchdan iborat.
О‘zbekiston Respublikasi oila kodeksiga kо‘ra о‘z farzandlari bilan birga yashash ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanish ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish bolaning sog‘ligi,jismoniy,ruhiy ma’naviy va axloqiy kamolati haqida g‘amxо‘rlik qilish,bolalarning qonun hujatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishni ta’minlash,bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilardir.
Hozirgi davrda Maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyachilari ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashga qancha intilishmasin ta’lim tarbiya sifati va samarasi kо‘p jihatdan bola о‘sib о‘lg‘ayotgan oiladagi muhitga bog‘liq. Hozirgi kunda ota-onalarning muntazam ish bilan bandligi,zamonaviy texnikalar bolalar tarbiyasiga etiborini susaytirib qо‘ymoqda.Bolalar bilan muloqat qilish ularning orzu-maqsadini eshitish qiziqishini о‘rganish uchun ota-onalarda istak kam.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling