Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Kutilayotgan natijalar va muammo yechimlari


Download 0.73 Mb.
bet7/29
Sana06.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1673551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Munavvar ilmiy ish yakuni

Kutilayotgan natijalar va muammo yechimlari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashda qо‘llanilgan yondashuv, usullar va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistika metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning pedagogik portreti ishlab chiqildi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash metodikasi takomillashtirildi.
-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash ijtimoiy-psixologik treninglari ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashning metodik ta’minotini ishlab chiqildi.


Tadqiqotning tuzilishi: Magsitrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar rо‘yxati va ilovdan iborat.


I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalarni ta’lim tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash pedagogik muammo sifatida
Mamlakatimizda oila masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, uning ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirish, farzandlarni tarbiyalash, uy-joy, moddiy shart-sharoitlarni tobora yaxshilash sohasida izchillik bilan ish olib borilmoqda. Zero, bola tarbiyasi – murakkab jarayon. Tarbiyaning asosiy о‘chog‘i esa oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bо‘lib qolmay, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir.Ma’lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan о‘rni bilan belgilanib, kо‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Tabiiyki, bolaning ilk tarbiyasiga ota-ona mas’ul shaxs hisoblanadi.
Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot tо‘g‘risida yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an’ana va mavjud ijobiy odatlarni о‘zlashtirish beqiyos ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta’limning quyi qismi bo’lgan maktabgacha ta’lim yoshlarimizning yuksak ma’naviyatli, jismonan sog’lom, har tamonlama barkamol shaxs bo’lib yetishishlariga asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi kunda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu ta’lim turiga yanada e’tibor kuchaydi, qator qonun, qaror va farmoyishlar qabul qilinishi bilan birga Prezidentimizning 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi fikrlar e’tirof etilgan. “…..ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni ta’lim bog’chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim”5. Hozirgi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotining eng asosiy dolzarb muammolaridan biri bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yilgan bo’lish kerak. Xususan, bunda tarbiyachilar ota-onalarni o’quv tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb qilishlari muhim hisoblanadi.Bola tarbiyasiga har bir jamiyat a’zosi mas’ul shaxs sifatida qaraydigan bo’lsa ko’plab yutuqlarga erishish mumkin. Bola tarbiyasi haqida juda ko’plab mutafakkirlarning o’z qarashlari, g’oyalari fikrlari mavjud .
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat о‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Bu g‘oya fransuz xayoliy sotsalistlari “ Sen Semon” , “Shari Fure” asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qо‘pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan bо‘lishi kerakligini takidlab o’tgan. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh gо‘dakni nazoratsiz tutish ulug‘ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik о‘rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berib o’tgan6 [21-12,12] .
Ibn Sino yosh bolani yaxshi axloqli, jismoniy sogʼlom qilib yetishtirishda koʼpgina foydali usullarni koʼrsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna boʼlish usuli gʼoyat katta ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta uqtirib oʼtgan.
Ibn Sino oilaviy tarbiya toʼgʼrisidagi fikrlarining chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi soʼzlaridan bilib olish mumkin: «Bolaning xulqini moʼʼtadillikda saqlashga alohida eʼtibor berish kerak, unga esa bolani qattiq gʼazablanishdan, qoʼrqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi[7]. Bolaning xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini koʼzdan uzoqlashtirishga doim tayyor boʼlib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chogʼidanoq xushxulq boʼlib oʼsadi va bora-bora unga bu xushxulqlik odat boʼlib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi, chunki yomon xulq tur-li mijoz buzilishlaridan boʼladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, gʼazab kuchli qizdiradi, qaygʼu kuchli ozdiradi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni boʼshashtirib, mijozni balgʼamlikka moyil qiladi. Xulqning moʼʼtadilligi natijasida ham nafas, ham ba-dan sogʼlom boʼladi»[22-88,89].
Аbu Аli Ibn Sino oʼzining ilmiy-pedagogik qarashlarida oilaviy tarbiya masalasiga alohida eʼtibor berdi. Bu tasodifiy hol emas, albatta. Chunki oila bilan jamiyat bir-biridan ajralmasdir. U oʼzining «Tadbiri manzil»ining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalasiga bagʼishlagan.
Mutafakkir olim Аbu Rayhon Beruniy oʼz asarlarida oilaviy tarbiyaga eʼtibor bilan qaraganligini koʼrish mumkin.Beruniy oilaviy munosabatlarda samimiy va toʼgʼri soʼzli, pokiza boʼlishni maslahat beradi. Tashqi goʼzal-liklargagina emas, ichki goʼzalliklar bilan ham oila baxtiga erishish mumkinligiga ishonadi.
Beruniy oʼzining oilaviy tarbiya haqidagi risola-larida ota-onalar va tarbiyachilar obroʼyining bolaga taʼsir kuchi haqida ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi
talablarga ham javob beradi. Oilada bolaning koʼz ungida ota-onasi uz obrusiga ega boʼlsalar, tarbiya shunchalik samarali natijalar
beradi.
Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy xalqimiz rasm-rusumlari va milliy odatlarini juda nozik tushunar edi, shu sababli inson xulq-atvori, madaniyatining hatto eng oddiy masalalari ham uning diqqatidan chetda qolmadi.
Uning axloqiy qarashlaridagi yaxshilik, halollik, oliyjanoblik, doʼstlik, mehr-oqibatli boʼlish, kamtarlik, rostgoʼylik, insoniylik va shu kabi xislatlarni shakllantirish bolaning kichkintoy vaqtlaridan boshlanishi lozimligi hamda tarbiyada xatolikka yoʼl qoʼyish mumkin emasligi uqtiriladi7[24-8,9]. Haqiqatan ham, oilada bolani tarbiyalashda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotda emas, balki jamiyat hayotida ham aks etadi. Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli-tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri — ota-onalarning haddan tashqari obroʼtalabliklari, hukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa, uning xulqidagi mustaqil yo’nalishni yoʼqqa chiqaradi. Bolada oʼz kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yoʼqoladi. Ichki istak va intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan bosilib turadi.Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana biri, bolalarning erka boʼlishi, ularga nisbatan biror talabning yoʼqligi bilan bogʼliq. Bu holda ota-onalar baʼzan bolalarning imkoniyatlariga yetarli baho berishmaydi va ularning koʼpgina ishlarini oʼzlari bajarishadi. Natijada bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga masʼuliyat xissi rivojlanmaydi. Bola oʼz ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha yetkaza olmaydi.
Zamonaviy maktabgacha pedagogikada rus olimlari MTT oila bilan ishlashning turli jihatlarini ko’rsatgan. (G.F. Biktagirova , E.I. Murtazinalar, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy, P.F. Vinogradova, I.A. Danilina, L.V. Zagik, O.L. Zvereva, V.M. Ivanova, V.K. Kotыrlo, T.V. Krotovoy, T.А. Kulikova, T.А. Markova, O.V. Ogorodnova, M.M. Ramazanova, Z.I. Teplova i dr.) va Vetnam olimlari (Lyuong Txi Bin, Nguen Xong Txuan, Nguen Аn Tuet, Nguen Txi Oan, Fan Ngok Аn, Chan Txi Go Oan i dr)Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun katta yoshdagi bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish nuqtai nazaridan maktabgacha tarbiya muassasasi va oila o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik muammosi hali to'liq o'rganilmagan. Ota-onalar uchun oilada bolaning bo'sh vaqtini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar tarqoq va asosan ko'ngilochar.
Rus adabiyotining yirik namoyondalaridan G.F. Biktagirova hamda
E.I. Murtazinalar o’z larining “oila psixologiyasi va pedagogikasi deb nomlangan kitobida ” ota-ona bolaning birichi tarbiychisi ekanligi,ammo etnik madaniy ananalar biroz boshqacha bolalarni tarbiyalashda ota-ona roli taqsimlanganligi haqida o’z qarashlarini aytib o’tgan.Zamonaviy oilaning turlari, shakillari va toifalar doirasi yetarlicha xilma-xildir.
Oilaning eng muhim xususiyatlari quydagilardir:
1) oilaning funktsiyalari;
2) oila tarkibi;
3) oilaviy dinamika8[18-24,132].
G. F. Biktagirova har bir millatning o’ziga xos ta’lim talablari tizimlari mavjud bolalarni nimada cheklash maqsadga muvofiqligini kim belgilaydi va ularnimaga qodir ruhsat bering9 [20-116,122]deya erkinlikka chorlaydi.
Ruhsat etilgan narsalarning muammosi har doim ota-onalarga duch keladi. Masalan, Yaponiyada ota-onalar tizimi yumshoq.ta’limning Yevropa modeli biroz boshqacha:u yerda juda erta yoshda tarbiya qoidalari bilan tartibga solinadi, lekin bola o’sishi bilan kattalar nazorati zaiflashadi.
Rus klassik adabiyotining yirik namoyondalaridan yana biri L.N.Tolstoy bolalarni tarbiyalash masalasida oilaning rolini alohida ko’rsatib o’tgan edi. L.N.Tolstoy fikricha bolaga asosiy tarbiya faqat oilalardagina beriladi. Bu jihatdan uning chetellardagi ijtimoiy tarbiya muassasalarining tanqid qilishi bejiz emas. L.Tolstoy ayniqsa boy amaldor oilalardagi tarbiyani, bolalarning mehnat faoliyatlarining bug’ilishini tanqid qiladi. Darhaqiqat xar bir barkamol ta'lim-tarbiya egasi bo'lib etishgan bola jamiyatning ulkan yutug'idir. Jamoa a'zolari uchun ushbu yutuqlar bola kelajakda jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiy birligini shakllantirishga xissa qo'shishi mumkinligini anglatadi.L.Tolstoy oilada bolalarni tarbiyalash masalasida ota-onalarning namuna bo’lishi hal qiluvchi rol o’ynaydi, deb o’qtiradi va uning o’zi mana shunday ibratli tarbiyachi otalardan edi. Haqiqatdan ham oila bola uchun dastlabki qadam poydevori bo’lib xizmat qiladi. Buyuk olimlar ham o’z qarashlarida bola tarbiyasida oilaning nechog’li muhim o’rin egallashi haqida ko’plab ilmiy qarashlarini keltirib o’tganlar.Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid izlanishlar jahon pedagogikasi va psixologiyasi ilmida ko’plab o’rganilgan. Barkamol avlod tarbiyasi hamma davrlarda ham davlat va jamiyatning ustuvor masalalaridan biri bo’lib kelgan. Ushbu masala Sharq mutafakkirlari, O’rta osiyo allomalarining,zamonaviy pedagog olimlarning ham asarlarining bosh g’oyasi hisoblanadi. MTT, oila, tarbiyachi-pedagoglar hamda ota-onalarning bevosita, doimiy va samarali hamkorligini talab etadi. Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o'zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o'z aksini topadi. Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik ta’lim- tarbiya muassasalarida ta’lim bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib boriladi. Shaxsning qaror topishining eng muhim vazifasi o’quvchida ahloq talablariga javob beradigan e’tiqod va ideallar tarkib toptirishdir. Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e’tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan MTT lari orzu emas ayni haqiqatdir.
Rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy asarlarida oilaviy va ijtimoiy ta’lining o’zaro ta’sir g’oyalarni ishlab chiqqan. U shunday deb yozgan edi: “Maktabgacha yoshdagi bola deyarli o’zi va oilasini ochib berish va tasdiqlash bilan to’liq tanishtiradi ”. Ta’lim vazifalarni bunda muvoffaqiyatli hal etish mumkin. Agar MTT oila bilan aloqa qilsa tarbiyachilar o’rtasida bo’lsa, ota-onalar ishonch va hamkorlik munosabatlarini o’rnatadilar. T.N.Doronovaning asarida keltirilishicha ota-onalarning psixologik-pedagogik madaniyatini oshirish ota-onalarni pedagogik va psixologik jihatdan qo’llab-quvvatlash ota-onalarning yig’ilishlarini o’tkazish bu almashunuv tajribani shakllantishni yuzaga keltiradi[17-23]. T.N.Doronova va A.A.Mayer o’z ishlarida o’zaro aloqaga kirishning ish shakllarini ajratishni taklif etadi. Ota-onalar an’anaviy va innovatsion shakllarga ichki harakatlar to’g’risida (bolalar bog’chasi) va tashqi harakatlar (oilaga kirish) kabilar. Tarbiyachilar va ota-onalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning an’anaviy shakllari bu tarbiyalalanuvchilar ko’proq ota-onalarga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan.
E.A.Valter ota-onalarning o’qishlari ota-onalar uchun ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishni ta’kidlaydi.
S.M. Tychkina, T.F. Drobyshev quyidagilarni taklif qiladi. Ota-onalarning ta’lim faoliyatiga jalb qilish tuzilishi:
1-bosqich: oila bilan tanishish;
2-bosqich: ota-onalarning guruh hayotidagi bevosita ishtiroki;
3-bosqich: ayrim shakllarni tashkil etish va mustaqil saqlash ota-onalar tomonidan tarbiyaviy tadbirlar.
Birinchi bosqich- bu oila bilan tanishishdir. Ushbu bosqich maktabgacha ta’lim muassasasiga birinchi marta kelgan oilalar uchun dolzarb. Har bir oila qo’shma Uning oilasini taqdimotini tashkil qilish uchun harakatlar. Bu ijodiy bo’lishi mumkin kompozitsiya, she’r, hikoya, rasm, dastur, nasab daraxt, fotomontaj va boshqalar
Ikkinchi bosqich - Ota-onalarni ta’lim faoliyatiga jalb qilishning ikkinchi bosqichi to’g’ridan-to’g’ri guruh hayotida ishtirok etish uchun taklif bo’ladi. U tadbir ishtirokchilari sifatida ota-onalarni jalb qilishni o’z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich-Ota-onalar maktabgacha yoshdagi katta yoshdagi bolalar bilan harakat qilishadi o’quv faoliyati davomida savollarga javob berish va o’zingiz so’rash, qo’shiq aytish, raqsga tushish, bola bilan rasm chizish, turli xil vazifalarni bajarish va barcha tadbirlardan so’ng, taassurotlaringizni o’qituvchi bilan o’rtoqlashing.
Ma’lumki, MTT dagi bolalar, ota – onalar va pedagog xodimlar maktabgacha ta’lim jarayonining ishtirokchilaridir. Ota – onalar o’z bolalari uchun o’qitish va tarbiyalashning shakllari, MTT turi va ta’lim berish tilini tanlash huquqiga ega va MTT dan o’z farzandining shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab qilish mumkin. Demak, MTT dagi bola faoliyati bevosita ota – onalar qonun doirasidagi talab – istaklari asosida olib borilar ekan. Bu holatni quyidagicha ifodalash lozim. MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo’shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg’or pedagogik tajribalami ko’rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o’rganib ularni o’zining tarbiyaviy ishida xisobga oladi.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Аmos Komenskiy o’zining mashhur “великая дидактика”, “Материнская школа” asarlarida deyarli birinchi bo’lib maktabgacha yoshdagi bolalarning oila tarbiyasini masalalarini yoritib beradi.So'nggi 25 yil ichida olib borilgan tadqiqotlar ham bolalarning ta'lim olishida oila va jamoatchilikning axamiyati yuqori ekanligi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi davr ularni ta'limga jalb qilish uchun juda samarali vaqt ekanligidan dalolat beradi.
Yurtimizda ham ko’plab muttafakkirlarimiz Oila va MTT hamkorligi masalasi haqida o’z fikirlarini bildirishgan. Shu jumladan P.Yusupova, F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Babayeva, G.X.Jumasheva, X.I.Kasimova, M.SH.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.Shodiyeva, SH.A.Sodiqova , SH.Shodmonova, O.U. Hasanboyeva va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq kо‘nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan.
SH.SHodmonova o’zining Maktabgacha ta’lim pedagogikasi kitobida Oila va MTT o’rtasidagi munosabatlarga alohida to’htalib o’tgan.Insonni qanday shakllanishi kim boʼlib yetishishi avvalo, oiladagi tarbiyaga, ota-onaning tarbiyasiga,salohiyatiga, masʼuliyatliligiga va bola tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib, ularga qanday amal qilishiga bogʼliq.Lekin koʼpchilik oilalarda bola tarbiyasi boʼyicha juda murakkab vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Bunday va-ziyatlar ota-onalarning pedagogik bilimlardan xabar-siz ekanliklari sababli yuzaga kelmoqda. Ota-onalarning koʼpchiligi axloq, huquqshunoslik, psixologik va pedagogik bilimlarni bilmaydilar. Bu esa bola tarbiyasida noxush voqealarga sabab boʼlmoqda. Shuday ekan ota-onalarning dunyoqarashini, tafakkurini va ularning amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xulqini va ularning tarbiyaviy taʼsirini tahlil qilishga undovchi pedagogik bilimlarni yanada kengroq targʼib qilish muhim sanaladi.Maktabgacha tarbiya muassasasining oila bilan ish olib borish jarayonida aniq maqsad koʼzda tutilishi muhim sanaladi.Insonni qanday shakllanishi kim boʼlib yetishishi avvalo, oiladagi tarbiyaga, ota-onaning tarbiyasiga,salohiyatiga, masʼuliyatliligiga va bola tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib, ularga qanday amal qilishiga bogʼliq.Lekin koʼpchilik oilalarda bola tarbiyasi boʼyicha juda murakkab vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Bunday va-ziyatlar ota-onalarning pedagogik bilimlardan xabar-siz ekanliklari sababli yuzaga kelmoqda. Ota-onalarning koʼpchiligi axloq, huquqshunoslik, psixologik va pedagogik bilimlarni bilmaydilar. Bu esa bola tarbiyasida noxush voqealarga sabab boʼlmoqda. Shunday ekan ota-onalarning dunyoqarashini, tafakkurini va ularning amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xulqini va ularning tarbiyaviy taʼsirini tahlil qilishga undovchi pedagogik bilimlarni yanada kengroq targʼib qilish muhim sanaladi.Maktabgacha tarbiya muassasasining oila bilan ish olib borish jarayonida aniq maqsad koʼzda tutilishi muhim sanaladi[29-140].
P.Yusupova ham oila va MTT o’rtasidagi a’loqalar haqida o’zining qarashlarini bildirib o’tgan. Shu jumladan agar oila ma’nosiz hayot kechirsa faqat shaxsiy xuzur halovat bilan mashg’ul bo’lsa, agar oilada rahimsizlik va hudbinlik hukm surayotgan bo’lsa, bularning hammasi bolaning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Shuning uchun ota-onalar uchun oila tarbiyasi, avvalo o’z-o’zini tarbiyalashdan iborat bo’lmog’i kerak. Ota-onalarning yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam beradi deya takidlagan [30-247].
O.U. Hasanboyeva ham Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘lishi , ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to ‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.Bolalar bog‘chasi va oila o‘rtasida hamkorlik o'matishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalaiga erishish mumkin[7-137]. Biz, avvalo, o'zimiz bilan birga xamkorlikda faoliyat olib borayotgan oilalarni nechog'lik yahshi bilishimizni idrok etishimiz zarur. Bolalar MTTlarga turli hil oilalardan kelishadi. Tarbiyachilar va ota-onalarning bola ongiga ta'siri qarama-qarshi bo'lmasligi, ak-sincha, uyg'unlashgan, bir-birini to'ldirgan xolda, bola tomonidan ijobiy va faol tarzda qabul qilinishi muxim axamiyat kasb etadi. Bunga erishish uchun pedagoglar va ota-onalar o'zaro xamfikr, maslakdosh bo'lishlari, turli muammo va masalalar-ni xamkorlikda xal etishlari darkor.
Ota-onalar bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor berib o'z bolalarini qanday insonlar bo'lib yetishib chiqishiga va ularda qanday fazilatlar hosil qilinishini nazardan chetda qoldirmasliklari kerak.Ota-ona bolasining tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yishi uchun uni yaxshi bilishi va tushunishi kerak. Buning uchun esa ota-onada pedagogik bilimlar mujassam bo'lishi kerak. Bu bilimlar ota-onalarning bolalarni yosh va individual xususiyatlarini o'rganishga, xulqini to'g'ri tahlil qilishga, uning tarbiyasi uchun to'g'ri yo'lni tanlashga yordam beradi10[29-139]. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifadir, yaʼni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir.
Oilaning mustahkamligi bolalarni har tomonlama to’g’ri tarbiyalashga imkon beradi. Oila, bog’cha, maktab, mehnat jamoalari o’rtasidagi a’loqani yahshilash, ota-onalarning bolalar tarbiysi uchun javobgarligini oshirish davr talabidir11[30-244]. Bolalarni har kuni kuzatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga taʼsir qilishning eng samarali usullarini maslahat beruvchi tarbiyachilar hisoblanadi.
Bugungi kunda maktabgacha na’lim muassasasi faqat bolaning emas, balki ota-onalarning ham haqiqiy uyiga aylanmog’i lozim. Buning uchun biz ota-onalar uchun ham iliq muhit yaratishimiz, ularga har bir oilaning ehtiyojini hisobga olgan holda yondashishimiz lozim.
Shunday ekan, pedagogning bu boradagi mehnati faqat bola tarbiyasigina emas, balki ota-onalarni ham pedagogik jarayonga jalb etish, bola tarbiyasiga nisbatan ota-onalarda yuksak darajadagi ma’suliyat hissini uyg’otish hamdir.
Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlarini oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlami bolalar bog‘chasida namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin12 [23-139]. Birinchi navbatda bola uchun biz eng avvolo oilada ham, MTT da ham sog’lom muhitni yaratsak shundagina farzandlarimizda yuksalish jadallashadi. Xalqimizda “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan ibora ham ham bejizga aytilmagan.
Bolalar bog‘chasi va oilaning birgalikdagi birgalikdagi say-harakatlari bolalar bog‘chasini bolalar va ota-onalar mamnuniyat bilan keladigan quvonch joyiga aylantirishdek muhim vazifani yanada muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.
Bugungi kunda barcha mutaxassislar ota-onalarni bolalar bog‘chasi ishiga jalb qilish muhimligini tushunishadi, ammo tarbiyachilar va ota-onalar о‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarda ma’lum kelishmovchilik mavjud. Ham shaxsiy, ham professional omillar ushbu munosabatlarning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin: Vaqt yetishmasligi, yetishmovchilik hissi, etnik stereotiplar, norozilik - bu oilalarning о‘z farzandlarini tarbiyalashda faol ishtirokchilariga aylanishiga tо‘sqinlik qiladigan shaxsiy va kasbiy munosabatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tarbiyachilar tashabbuskor bо‘lishlari va har bir alohida oila bilan bola manfaati uchun qanday munosabatda bо‘lishni tushunishlari kerak. Prinsipdan foydalanish individual yondashuv ota-onalarning ishtiroki uchun kо‘pchilik oilalarni jalb qilishning turli usullarini ishlab chiqish mumkin.
Zamonaviy bolalar bog‘chasida yangi, interaktiv shakllar ota-onalar, tarbiyachilar bilan hamkorlik ularni о‘z farzandini о‘rganish, rivojlantirish va bilish jarayoniga jalb qilishi kerak."Interaktiv" sо‘zi ingliz tilida "Interact", bu yerda "inter" о‘zaro va "act" - harakat qilish ma’nolarini anglatadi.Interfaol -biror narsa yoki kimdir bilan faol aloqada bо‘lish qobiliyatini anglatadi.
Interfaol usullardan foydalanish quyidagi psixologik va pedagogik muammolarni hal qilishga imkon beradi:

  • Interfaol usullar ota-onalarni faol holatga keltiradi.Oddiy vaziyatda buni amalga oshirish juda qiyin: tarbiyachining о‘z fikrini bildirishga chaqiriqlari, qoida tariqasida, samarasiz bо‘lib qolmoqda. Kо‘pgina ota-onalar tarbiyachi yetakchi rol о‘ynaydigan an’anaviy ota-onalar yig‘ilishi sharoitida о‘zlarini isbotlashlari qiyin. Interfaol usullar ota-onalarga faol ishtirokchilar bо‘lishiga imkon beradi, natijada ular о‘zlarini prinsipial jihatdan boshqacha tutishni boshlaydilar;

  • Interfaol usullar an’anaviy stereotiplarni buzadi. Bolalar bog‘chasi nafaqat bolalarni olib ketadigan, balki har doim har qanday muammo bilan kelib, uni hal qilish yo’llarini topadigan joyga aylanmoqda.Interfaol usullardan foydalanish ota-onalarning tarbiyachi, psixolog va boshqa mutaxassislar bilan ishlashga tayyorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalari ishida qo'llaniladigan va bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etish va o'quvchilarning ota-onalari bilan o'zaro munosabatda bo'ladigan ko'plab ichki va xorijiy dasturlar yaratildi.Ammo ularning tarkibiy tahlil shuni ko'rsatadiki, ba'zi dasturlarda ota-onalar bilan hamkorlik vazifalari aniq ko'rsatilmagan, boshqalarida - usul va shakllar etarlicha aniq emas. maqsadi, vazifalari, mazmuni va usullarini targ'ib qilishda ishtirok etishini tashkil etish.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling