Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qoilashning me’yoriy-uslubiy asoslari Tayanch tushunchalar
Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar:
1. STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 2. Integratsion ta’lim, integratsion faoliyat deganda nimani tushunasiz? 3. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM yondashuvi qanday amalga oshiriladi? 2-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qoilashning me’yoriy-uslubiy asoslari Tayanch tushunchalar: Konsepsiya, dastur, ta’lim-tarbiya, maktabgacha ta’lim, me’yoriy-uslubiy asos, loyihalashtirish, kompe- tensiyaviy yondashuv. 21 1. Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va “Ilk qadam” davlat o ’quv dasturi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari. O ’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ- 4312 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to ’g ’risida”gi qarori qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 5 bob dan iborat bo’lib, maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari, konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirishini monitoring qilish belgilab qo’yilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o ‘rinlarda - Konsepsiya) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to ‘g ‘risida"gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo iib, 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami o ‘z ichiga oladi. Konsepsiya 0 ‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivoj lantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o ‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi muammolariga maktabgacha yoshdagi bolalaming to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi, qishloq joylarida maktabgacha ta’limning past darajada rivoj langanligi, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi, maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi, ota- onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha m a’lumotga ega emasligi, zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollaming yetishmasligi, alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta ’minoti darajasining pastligi sabab bo’lmoqda. 22 Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir: - maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish - maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish - maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; - bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish - bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash. - maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashdir. Shunday ekan, birgina maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami joriy etishda STEAM ta’lim texnologiyasi samarali natijalami ko’zlaydi. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar - barcha bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish uchun bir xil imkoniyatlami ta’minlovchi maktabgacha ta’limning samarali innovatsion tizimining shakllanishi, maktabgacha ta’limni insonning butun hayoti davomidagi uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi, maktabgacha ta’lim 23 muassasalarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha ta’lim tizimida institusional o ‘zgarishlar amalga oshirilishi, mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitining yaratilishi; zamonaviy energiya va resurs tejovchi texnologiyalami joriy etish asosida maktabgacha ta’lim muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning kengaytirilishi, ulaming o ‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o ‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi, o ‘quv uskunalari bilan jihozlanishi; maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy javobgarligi oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar tajribasida yuqori kobrsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy yondashuv keng tatbiq qilinmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o ‘quv dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagicha aks etgan: 1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari: Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling