Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna


Download 3.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana12.11.2023
Hajmi3.92 Mb.
#1768296
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli 
vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
Shaxsiy kompetensiya (“Men” konsepsiyasini yaratish) -  
Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda 
shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir 
qator xususiyatlami namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o ‘z- 
o‘ziga g ‘amxo‘rlik qilish uchun mas’uliyatni o ‘z zimmasiga olish 
qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sogiom
turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o ‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va 
tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va meyorlariga rioya 
qilgan holda o ‘zini tutish mahorati;
Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok 
qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o ‘quv va 
amaliy vazifalami hal qilish uchun foydalana olish jarayonlari kiradi.7
7 Ilk qadam davlat o'quv dasturi Т.: 2018.
24


1. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari:
- “Jismoniy rivojlanish va soglom turmush tarzini shakllantirish” 
sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: yirik motorika, mayda 
motorika, sensomotorika va sog‘lom turmush tarzi va havfsizlik)
- “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik 
sohalari: ijtimoiy rivojlanishda ijtimoiylashuv kattalar va tengdoshlari 
bilan muloqot, hissiy rivojlanishda hissiyot va ulami boshqarish va 
“Men” konsepsiyasini anglashi)
- “Nutq, 
muloqot, 
o ‘qish 
va 
yozish 
malakalari” 
sohasi 
kompetensiyalari 
(kichik sohalari: nutq va til, o ‘qish malakalari va 
qo‘l barmoqlari mayda motorikasi)
- “Bilish jarayonining rivojlanishi”sohasi kompetensiyalari (kichik 
sohalari: intellektual bilish malakalari, elementar matematik malakalar, 
tadqiqiy bilish va samarali refleksiv faoliyat)
- “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari (kichik sohalari: 
dunyoni badiiy tasavvur etish, badiiy-ijodiy qobiliyatlar)
Quyidagi 
keltirilgan kompetensiyalar maktabgacha yoshdagi 
bolalaming rivojlanishiga individual yondashuv, ularni jamoaviy 
hamkorlikka undash, bola shaxsini hurmat qilish, uning noyobligi va 
takrorlanmasligini his etish, ulaming manfaatlari, ehtiyojlari va 
rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g ‘amxo‘rlik 
qilish, erkin ijodiy o ‘z-o‘zini ko‘rsata olishi uchun yetarli shart- 
sharoitlar yaratish asosida shakllantirilib boriladi.
Kompetensiyalami bola maktabgacha yosh davrida egallab borishini 
tarbiyachi-pedagoglar kuzatib nazorat qilib boradilar va shu orqali 
bolaning maktabga tayyorlik darajasi belgilanadi. Bola maktabgacha 
ta’lim tashkilotida har tomonlama maktabga tayyorlanadi.
Amalda “Ilk qadam” davlat o ‘quv dasturida maktabgacha yoshdagi 
bolalaming bilim, ko‘nikma va malaka, kompetensiyalari alohida 
ko‘rsatib o ‘tilgan. 2018 yildan joriy qilingan kompetensiyaviy 
yondashuv asosidagi “Ilk qadam” davlat o ‘quv dasturi mazmunida 
ilmiy-tadqiqot 
muammosini 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalami 
kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish masalasini o ‘rganish 
natijasida shunga ishonch hosil qildikki, maktabgacha ta’lim jarayonida 
bolaning kommunikativ faolligi, aqliy tarbiyasi, bilish jarayonlarining 
rivojlanishi, rivojlanish markazlarida bolalaming 
mustaqil faoliyati, 
o ‘zaro tengdoshlari bilan hamkorlikdagi muloqoti, kattalar bilan 
munosabatini o ‘rganishga alohida e’tiborga olingan.
25


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yonda- 
shuvda boshlang‘ich muhim kompetensiyalar va rivojlanish sohalari 
kompetensiyalarini shakllantirishni ko‘zlaydi.
Shuningdek, boshlang‘ich muhim tayanch kompetensiyalami 
birlashtirib, yaxlit mazmun kasb etishida maktabgacha ta’lim tizimida 
integratsiya usulini amalda qo‘llash, o ‘rganib tahlil qilish maqsadga 
muvofiqdir.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning maktabga 
tayyorlov 
guruhida 
ya’ni 
6-7 
yosh 
davrida 

ta 
tayanch 
kompetensiyalami mustaqil faoliyat jarayonida bir vaqtda ko‘ra olish, 
rivojlantirish mumkin.Masalan, KIBSH -kommunikativ, ijtimoiy, 

Download 3.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling