Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu boyicha muhokama qilish uchun savollar
- 9-mavzu: Lego-qurilish, konstruksiyalash, robototexnika - STEAM ta ’lim moduli sifatida. Tayanch tushunchalar
Xulosa: M aktabgacha ta ’lim tashkilotlarida STEAM laboratoriya-
larini tashkil etishda har bir guruhlardagi “Ilm-fan va tabiat markazi”dagi bolalaming mustaqil faoliyatini o ’rganish maqsadga muvofiqdir. M aktabgacha ta ’lim tashkilotlarida STEAM laboratoriyalarini tashkil etish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiiy muhitda kichik tajribalar o ’tkazish va ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda 78 STEAM laboratoriyalarini o ’rni va o ’ziga xos xususiyatlari kata ahamiyatga ega. Mavzu boyicha muhokama qilish uchun savollar: 1. Jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha. Jonli tabiat hodisalarini kuzatish. Jonli va jonsiz tabiat bilan oddiy tajribalar o ‘tkazish qanday tashkil etiladi? 2. MTT da har bir yosh guruhlarida “Kichik laboratoriya” va STEAM laboratoriyalarini tashkil etishda Ilm-fan va tabiat markazining o ’mi qanday? 3. M aktabgacha ta ’lim tashkilotlarida STEAM laboratoriyalarini tashkil etishga qo ‘yiladigan talablami ishlab chiqing. 9-mavzu: Lego-qurilish, konstruksiyalash, robototexnika - STEAM ta ’lim moduli sifatida. Tayanch tushunchalar: lego-konstruktorlar, konstruksiyalash, faoliyat, ta ’lim, robototexnika, tasavvur, o ’xshashlik, sintez, dasturlash, rejalashtirish, modellashtirish,qobiliyat. 1. Lego-qurilish,konstruksiyalashning mazmun-mohiyati.Bolalami obyektlami guruhlash, yangi tasvirlar yaratish, tasavvur qilish, o ’xshashlik va sintezdan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish. Qurish-yasash, konstruksiyalash bolalar tarbiyasida muhim ahami yatga ega. Konstruksiyalash bolalaming eng sevimli faoliyatlaridan biridir. Qurish-yasash, konstruksiyalash faoliyati - amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Bu faoliyatga o ‘rgatish jarayonida (qog‘ozlami buklash, detallami o ‘zaro biriktirish va hokazo) bolalaming aqliy, sensor, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi. Bunday faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalami tevarak-atrofdagi narsa-buyumlami tahlil qilish, ular haqida mustaqil fikr yuritish, maqsadga intilish, o ‘z faoliyatini rejalashtirishga undaydi, badiiy didini o ‘stiradi, o ‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi, o ‘z faoliyatini mustaqil tashkil etishga o ‘rgatadi, shuningdek, bolalami maktabda o ‘qishga tayyorlaydi. Bolalar qurish-yasash, konstruksiyalash ishida qurish materiallari, ya’ni qog‘oz, karton, qurilish bloklari, lego, konstruktor, kubiklar, geometrik shakllar, tangram, mozaika, qutilar, geometrik loto, pazllar va 79 boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar, inshootlar yasashga o ‘rganadi. Bu faoliyat orqali kichkintoylar geometrik shakllaming ayrim xossalari va ular bilan bog‘liq fazoviy tushunchalami egallay boradilar. Ular nutqida kub, konus, piramida, silindr va boshqa shu kabi so‘zlar paydo b o lad i. Ayni paytda ular narsa-buyumlarning joylashishi, harakat y o ‘nalishi kabi aniq tushunchalami ifodalovchi so‘zlami ham egallashga harakat qiladilar. Masalan, ustida-tagida, o ‘ng-chap, tepa-past, orqa- Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling