Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti
Download 0.67 Mb.
|
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)
Shashmaqom — bu Olti maqom degani bo‘lib, u quyidagi maqomlardan tashkil topadi: I. Buzruk — ma’nosi «katta», «ulug‘», «buyuk». II. Rost — ma’nosi «to‘g‘ri», «chin», «haqiqiy». III. Navo — ma’nosi «kuy», «mungli kuy». IV. Dugoh — ma’nosi «ikki o‘rin», «ikki joy», «ikki parda». V. Segoh — ma’nosi «uch o‘rin», «uch joy», «uch parda». VI. Iroq — ma’nosi shu nomli arab mamlakatiga nisbat berilgan. Shashmaqom XVIII asr o‘rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlari tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan edi. Bunda olti xil mukammal parda — tuzuklar uyushmasi bosh omil sifatida olinib, ularning muayyan doyra usullari bilan (birikuvi) birligi asosida ijod etilgan cholg‘u kuy va aytim (ashula) yo‘llari alohida-alohida turkumlarga birlashtirilgan. Demak, Shashmaqom, eng avvalo, oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatar ekan. Maqom cholg‘u kuy va aytim (ashula) turkumlari esa ana shu mukammal pardalarning ma’lum doyra usullari bilan mushtarakligi natijasida yuzaga keladi. Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo‘limdan — cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llari (turkumlari) dan iborat bo‘lib, ularni «ustozshogird» an’anaviy maktabida tahsil ko‘rgan malakali kasbiy cholg‘uchi va ashulachi-hofizlargina mukammal ijro eta oladilar. 104 Maqomlar asosan og‘zaki an’ana tarzida, ya’ni ustozdan shogirdga «og‘zaki uslub» vositasida o‘tib, yashab keldi. Shunga binoan, shogirdlar o‘z ustozlari ijrosidagi maqom namunalarini xotiralariga muhrlab, amaliy ijrolar jarayonida o‘rganib kelganlar va ularni ijodiy o‘zlashtirganlar. Shuni aytish kerakki, garchand Sharq olimlari tomonidan o‘ziga xos musiqiy «nota» yozuvi yo‘llari ixtiro etilgan bo‘lsa-da, ammo ular amaliyotda keng joriy bo‘lmagan edi. Maqomlarni besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlari XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Xususan, taniqli kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy (1879-1949) XX asrning 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar - hofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘anilar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlarida ilk bor muhrlaydi. Shuningdek, akademik Yunus Rajabiy (1897-1976) ham Olti maqom tizimini ikki bor50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlarida bosmadan chiqardi.
Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim - cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. «Mushkilot» bo‘limi besh asosiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi: 1. Tasnif - tasnif etilgan, ijod etilgan, mukammal asar. 2. Tarje - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi. 3. Gardun - falak gardishi, qismat. 4. Muxammas - beshlik, beshlangan. 5. Saqil - vazmin, og‘ir. Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqom «matnida», eng avvalo, doyra usullari mazmunida 108 qo‘llaniladi. Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, birinchi navbatda, ma’lum doyra usullari nazarda tutiladi. Maqomlarning «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom» ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi. Tasniflarda, odatda, 2/4 o‘lchov-ritmida bo‘lgan doyra usuli qo‘llaniladi. Ustozlar an’anasida bu usul «bak-bak, bum-bum, bak-ist, bum-ist», deb ifoda etiladi. Nota yozuvlarida esa quyidagicha aks etadi: Tasnif: Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi. «Xona» (fors. toj. - uy) - o‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xona kuyning avji sari intilib, taraqqiy etadi va avj holatiga yetishadi. Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o‘laroq, doimiy barqarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o‘zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Bu o‘rinda «bozgo‘y» tuzilmasi o‘zining o‘zgarmas takrori bilan qo‘shiq-yallalardagi naqarot xususiyatini yodga soladi. Maqom cholg‘u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko‘rinishi - yakkanavoz (yakka sozda) va ansambl (dasta) shakllari yuzaga kelgan. Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg‘u sifatida kasbiy musiqachilar orasida keng qo‘llaniladi. Doyra esa zarb usullarini sadolantirish bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, maqom cholg‘u kuylarini g‘ijjak, dutor, nay, rubob, qo‘shnay kabi cholg‘ularda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarkibida esa tanbur va doyra qatoriga yana dutor, nay, qo‘shnay, g‘ijjak yoki sato (yoki qo‘biz), chang, qonun, ud, rubob kabi cholg‘ular qo‘shilishi mumkin. Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat cholg‘u ansambli an’anaviy tus olgan. Shashmaqom an’anasiga ko‘ra, dastavval, cholg‘u bo‘limi - «Mushkilot» kuylari («Tasnif», «Tarje», «Gardun» va h.k.) birinketin beto‘xtov ijro etilib, yaxlit turkumni tashkil etadi. Bunda doyra usullari qismdan qismga qarab murakkablashib boradi. Cholg‘u bo‘limining so‘nggi «Saqil» nomli kuyi ijro etilgach, maqomning aytim (ashula) bo‘limiga o‘tiladi. Maqomlarning aytim (ashula) bo‘limi umumiy nom bilan «Nasr» deb ataladi. Nasr - arabcha «ko‘mak», «zafar» demakdir. Maqom ashulalari aytim san’atining murakkab va mukammal namunalarini namoyon etadi. Shu bois ham ularni kuylash uchun maxsus amaliy malaka va ijroviy mahorat talab etiladi. Bunga erishish uchun esa musiqiy tahsilning «ustoz-shogird» an’anasi qo‘llanib kelingan. Ushbu an’anaga binoan, maqomchi ustoz o‘z san’atini o‘rgatish va shu tariqa meros qoldirish yo‘lida o‘ziga qobiliyatli shogird tanlagan. Shogird ustozning maqom ashulachiligi bobidagi mahoratini ko‘p yillar (7-10, hatto 10-15 yil) davomida bosqichmabosqich egallab borgan. Bu jarayonda nota yozuvlari kam ahamiyatli bo‘lib, shogirdlar ustozlarining namunaviy ijrolarini asosan «tinglash, idrok etish» bilan xotiralariga muhrlaganlar va maxsus mashqlar orqali ularni amaliy o‘zlashtirib borganlar. Shuningdek, maqom ashulalarida qo‘llangan aruz vaznidagi ko‘plab she’riyat (Rudakiy, Tabriziy, Rumiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab va boshqalar ijodi) namunalarini yod olishlari lozim edi. Bundan tashqari, jo‘rnavoz sozlar qatorida doyra usullarini hamda tanbur va dutor ijrochiligini zaruriy darajada o‘zlashtirganlar. Demak, maqomlarni o‘rganish va so‘ngra ularni ijro etishda xotira kuchi nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekan. Shuni nazarda tutib, maqomlarning aytim (ashula) yo‘llari ijrochilarini «Hofiz» deb ham atashadi. Bu atama esa arab tilida «saqlovchi», ya’ni «xotirasida saqlovchi», «yod biluvchi» ma’nolarini anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, maqom hofizlari kuchli, yuqori pardalarni zabt eta oladigan va, ayni vaqtda, xushovoz sohiblari bo‘lmoqlari lozim. Maqom hofizlari o‘z san’atlarini xalqqa namoyish etishda (to‘yhasham va boshqa tadbirlarda) mas’uliyat bilan ish tutganlar, ya’ni har bir maqomning aytim yo‘li puxta ishlanib, qiyomiga yetgach, u xalq orasida ijro etilgan. Shogirdlar esa ustozlaridan beijozat omma oldida kuylamaganlar. Ijrochiligi yetuk darajaga erishgan shogirdlargina ustozlar duosini olib, xalq xizmatiga bel bog‘laganlar. Yuqoridagi sanab o‘tilgan cholg‘u yo‘llari turkumli va yakka-yakka ijro etiladigan kuylardan iboratdir. Farg‘ona-Toshkent maqomlarining ashula variantlari ham turkum va yakka tarzda ijro etiladigan ashulalar bo‘lib, juda katta ko‘rinish hosil qiladi. Turkum sifatida keladigan mashhur ijrolar quyidagilardir: «Bayot» I, II, (II), III (III), IV, V: «Chorgoh» I, II, III (III), IV, V, VI «Dugoh Xusayniy» I,II,(II), III (tarona), IV (IV), V, VI, VII «Shaxnozi Gulyor» I, II, III, IV, V (Qavs ichida ko‘rsatilganlari qo‘shimcha variant ijrolari). Ushbu turkum ijrolarga qisqacha sharx berib o‘tamiz. Bayot 1- Navo maqomining Bayot sho‘balari asosida yaratilgan va shu sho‘bada uchraydigan avjlar va namudlar ma’lum darajada saqlanib qolgan. Bayot II Navo maqomidagi Nasri Bayotning II-III taronalari kuy tuzilishi va harakati shakli bilan bir xillik kuzatiladi. Bayot III, IV, V kuy tuzilishi, shakli jihatdan oldingi qismlardan keskin farq qiladi. Ular Bayot I, II ijrolarining daromad boshlanish pardasidan besh parda, ya’ni Kvinta yuqoriga ko‘tarib ijro etiladi. Lekin ijro tugashida yana daromad pardaga qaytiladi. Shu bilan Bayot turkumining to‘liq ijrosi aniq boshlanish va tugallanish pardasiga ega bo‘ladi. Yana bir mashhur ijro turkumi bo‘lgan Chorgoh esa Dugoh maqomidagi Sarahbori Dugoh, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Savti Chorgoh sho‘balar asosida yaratilgan. Chorgoh 1 da Sarahbori Dugohning doira usuli, ashula ijrosi, she’r o‘lchovi va tushirish qismlari Savti Chorgoh shaxobchalarining ma’lum ko‘rinishidir. Chorgoh III ning ashula ijro yo‘li Savti Chorgohga hamohangdir. Chorgohning IV, V, VI shaxobchalari har xil doira usuli bilan ijro etiladigan bir xil ko‘rinishlardir. Farg‘ona - Toshkent maqom yo‘llaridan biri Dugoh Xusayniy turkumi, Shashmaqomdagi Xusayniy Dugox asosida yaratilgan bo‘lib, keyingi sho‘obalardan va taronalaridan foydalanilgan. Dugoh Xusayniyning I qismi Sarahbor, ikkinchi qismi Savti, keyingilari Qashqarcha usullarida ijro etiladi va Ufar, Suporish bilan tugallanadi. Dugoh Xusayniyning hamma shaxobchalari xalq orasida keng tarqalgan. Farg‘ona-Toshkent ijrochilik yo‘llarida «Shaxnozi-Gulyor» ashulalar turkumi ham juda mashhurdir. «Shaxnozi Gulyor» Rost maqomi ashula yo‘llari asosida yaratilgan bo‘lib, birinchisi Gulyor, ikkinchisi Shaxnoz, uchinchisi Chapandozi Gulyor, to‘rtinchisi Ushshoq, beshinchisi Qashqarchai Ushshoq nomlari bilan mashhurdir. Birinchi Gulyor Saraxbor usulida, Shaxnoz - tarona usulda, uchinchisi - Chapandoz, to‘rtinchisi - Saraxbor, beshinchisi - Qashqarcha doyra usullarida ijro etiladi. «Shaxnozi Gulyor» o‘z tuzilishi jihatdan Bayot, Chorgoh, Dugohi Xusayniy turkumlaridan tubdan farq qiladi. Farg‘ona- Toshkent maqom yo‘llarida yana bir mashhur ijrolardan biri Rost maqomi sho‘balari asosida yaratilgan Ushshoq turkumlaridir. Rost - Oʻn ikki maqom, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan biri. Oʻrta asr musiqa risolalarida koʻp kuy va ashulalar R. tovushqatoriga mos kelgani uchun shu nom bilan atalganligi qayd etilgan. R. maqomi miksolidiy gammaga toʻgʻri keladi. Shashmaqomda R.ning cholgʻu qismlari Tasnifi R., Garduni R., Muhammasi R., Muhammasi Ushshoq, Muhammasi Panjgoh, Saqili Islimxon, Saqili rakraklardan iborat. Ashula boʻlimida 2 guruh shoʻbalar boʻlib, birinchisiga Saraxbori P., Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navroʻzi Sabo, ularning taronalari va Ufari Ushshoq hamda suporish qismlari kiradi. 2 guruh shoʻbalari Savti Ushshoq, Savti Sabo va Savti kalon deb atalib, har birida 5 ta shoxobcha turkum tarzida ijro etiladi. Rost maqomi shoʻbalari avjida Ushshoq, Segoh, Uzzol, Muhayyari Chorgoh namudlari va Zebo pari avji ishlatiladi Ushshoqning besh xil yo‘li bo‘lib, har biri alohida yakka ashula sifatida ijro etiladi. Ularning kuy tuzilishi, ohangi bir xil bo‘lsada, shaklan bir-biridan ajralib turadi. Ushshoq ijrolarida Uzzol sho‘basining ohanglari daromadda, namudlari avjlarda ishlatilgan. Ushshoq ijrolarining birinchisi qolganlaridan besh parda yoki kvinta ko‘tarilib ijro etilishi bilan farqlanadi. So‘nggi qatordan daromadga tushiladi va daromad pardadan keyingi Ushshoqlar boshlanadi. Ubaydiy g‘azali bilan aytiladigan Ushshoq Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mashhur bo‘lgan. Farg‘ona-Toshkent ijrochiligida quyidagi turkum ijrolar ham mashhurdir: Buzruk maqomi sho‘balari bilan hamohang Abduraxmonbegi I, II va uning Ufori, marg‘ilonlik Madali xofiz tomonidan 7 ta ijrogacha to‘ldirilgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysida «Madalibegi» deb ham yuritilgan. Abduraxmonbegi I, II, III,IV,V,VI, VII ijrolari aksariyati o‘sha davrda zamondosh bo‘lgan Muqimiy g‘azallari bilan aytiladi. Rost maqomining «Savti Kalon» sho‘basi shahobchalari asosida yaratilgan Qalandar I, II ashulasi ham to‘ldirilib, Qalandar I, II, III, IV, V tarzida ijro etiladi. Yana bir el sevgan mashhur ijrolardan «Tanovar» turkumidir. Xozirda Tanovarning 13 ta ijrochilik yo‘llari mavjud bo‘lib, 9 ta ashula - yalla yo‘li, 4 ta musiqiy yo‘li bilan jilolanadi. Bulardan to‘rtichisi dutor tanovari deb yuritiladi. "Tanovar" (fors. jasur, qudratli, kuchli) — 1) oʻzbek xalq lirik kuyi; Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. Oʻn beshdan ortiq ashula va cholgʻu yoʻllari maʼlum. Ashula yoʻllaridan ommaviylashgan "T.1" xalq sheʼri ("Qora sochim") bilan, "T.2" Muqimiy sheʼri ("Endi sendek...") bilan aylatiladi. T. ashulalarida oʻzbek ayolining maʼnaviy goʻzalligi oʻz aksini topgan. T.ning cholgʻu yoʻllaridan "Gulbahor" kuyi bilan ketma-ket ijro etiladigan varianti ommaviylashgan. "T.1"ni 1937-yil A.Kozlovskiy H.Nosirova ijrosida notaga olib, xonanda va simfonik orkestr uchun qayta ishlagan, keyinchalik "T." nomli simfonik poema (1952) va balet (1968) yaratgan. "T,2"ni T. Sodiqov xonanda va orkestr uchun, M.Burhonov joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. T. variantlari va ularning ohanglaridan S. Vasilenko va M. Ashrafiy ("Boʻron"da Norgul, "Sevgi tumori"da Izzat partiyalarida), G.Mushel ("Gʻazallar" siklida) va boshqa foydalanishgan, T. asosida Yu. Rajabiy "Yuzni oydek..." qoʻshigʻini yaratgan. T. kuyining turli yoʻlllarini A. Kozlovskiy (10 ga yaqin variantini), Yu. Rajabiy (5 dan ortiq variantini) va boshqa notaga olgan. Bularning ayrimlari J.Sultonov, B.Mirzayev, T.Qodirov talqinida ommaviylashgan; 2) anʼanaviy oʻzbek xalq raqsi. T. kuyining turli yoʻllari asosida ijro etiladi, 1943-yil M. Turgʻunboyeva saxnalashtirgan T. raqsi keng tarqalgan. Unda oʻzbek qizining sevgilisi bilan uchrashish va visolga yetishi mukarrarligi aks ettirilgan. Xalq bastakorlari Farg‘ona -Toshkent ijrochilik yo‘llariga monand yuzlab ashulalar va musiqalar yaratganlar. Yunus Rajabiy, To‘xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Doni Zokirov, Muxtorjon Murtazoyev, Jo‘raxon Sultonov, Orifxon Xotamov singari bastakorlar ijodlari bunga misol bo‘la oladi. Natijada maqom yo‘llari asosida yuzlab ashulalar va musiqalar xalq mulkiga aylandi. Keyinchalik bastakor Imomjon Ikromov Navoiyning «Qaro ko‘zim» radifli g‘azalini juda moxirlik bilan shu yo‘lga solib, yana ham mashhur ijroga aylantirdi. Bu ijro Toshkent Ushshoqi deb ham yuritiladi. Ushshoq 1 dan kelib chiqadigan Daromadi Ushshoq, Xoji Abdulaziz tomonidan qayta ishlangan Samarqand Ushshoqi, ijroda bir xillik kasb etadi. Ushshoqning yana bir namunasi xo‘jandlik xofiz va bastakor Sodirxon Bobosharipov tomonidan jilolangan va «Sodirxon Ushshoqi» nomi bilan mashhur bo‘lgan varianti ham «Ushshoq I» ning shakliga hamohangdir. Ushshoq ijrolari orasida Qo‘qon Ushshoqi sadolanish shakli, avjlardagi o‘zgarishlar jihatidan boshqa Ushshoq yo‘llaridan sezilarli farq qiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, Ushshoqlarning barcha ijrolari Shashmaqomdagi Ushshoq sho‘balari ohanglariga asoslangan bo‘lsada, ularning har biri o‘ziga xos kuy tuzilishiga ega, tasirchanlik xususiyatlari ham har xildir. Farg‘ona-Toshkent ijrochiligida o‘ziga xos ijro maktabiga ega bo‘lgan katta ashula ijrosidir. Katta ashula mashhur ijro yo‘li bo‘lib, Farg‘ona vodiysida, qisman Toshkentda ijro etiladi. Katta ashula ikki, uch, ba’zan to‘rt xofiz tomonidan aytiladi. Ashula so‘zlari ijro yo‘nalishiga qarab bo‘lib olinadi va maolum joylarda birga kuylanadi va birga tamomlanadi. «Rabbano dodimga yet», «Aylansin quling», «Bir kelsun», «Shafoat», «Adashganman», «Ey dilbari jononim», «Yovvoyi Chorgoh» singari patnisaki ashulalar juda mashhurdir. Keyinchalik «Bog‘aro», «Kirib bo‘stonni kezdim», «Kanolim», «O‘zbekistonim» kabi katta ashulalar ham shu qatorga qo‘shiladi. Hamroqul qori To‘raqulov, Xolqora xofiz, Erka qori Karimov, Xaydarali Xikmatov, Sherqo‘zi Boyqo‘ziyev, Boltaboy Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Jo‘raxon Sultonov singari mashhur xofizlar katta ashula bobida dong taratganlar. «Farg‘ona - Toshkent maqom cholg‘u yo‘llari» xalqimizning sevimli kuylari bo‘lib, ularni «Nasrullo I - V», «Munojot I - V», «Ajam va uning taronalari», «Miskin I - V», «Segoh I - III», «Mushkiloti Segoh», «Sayqal I - II», «Mirzadavlat I - II», «Mushkiloti Dugoh», «Cho‘li Iroq», «Chorgoh», «Surnay Irog‘i», «Surnay Dugohi», «Surnay Ushshog‘i» kabi kuylar tashkil etadi. Binobarin, bu maqom yo‘llarining tarkibini bir qismli kuy namunalaridan tortib to besh qismli turkum asarlar tashkil etadi. Turkumdagi tarkibiy qismlar rim raqamlari vositasida («Miskin I», «Miskin II», «Miskin III» va h.k.) ajratiladi. Ba’zi turkumlarda maxsus nomlar ham uchraydi. Masalan, «Miskin I - V» cholg‘u turkumining III qismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy» deb atalsa, «Nasrullo I - V» ning II qismi «Chapandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona» va V qismi «Ufar» deb ataladi va h.k. Farg‘ona - Toshkent maqom cholg‘u kuylarini turli xil xalq cholg‘ularida (nay, g‘ijjak, dutor, tanbur, surnay va b.q.) ijro etish an’anasi ham mavjud. Shuningdek, bu kuylar turli vaziyatlarda chalinadi. Masalan, surnay yo‘llari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar o‘yini va to‘y bazmlarida, dutor, tanbur yoki g‘ijjak ijrolari «uy sharoitlari» da o‘tkaziladigan turli yig‘in va majlislarda namoyon bo‘ladi. Farg‘ona - Toshkent maqom cholg‘u kuylarining ijrochilari, odatda, kasbiy musiqachilar bo‘lib, ular bu san’atni maqomchi ustozlardan o‘rganadilar. Shu tarzda bu san’atni bizga yetkazib bergan taniqli sozandalar qatorida Sultonxon Hakimov (tanbur), Abduqodir Ismoilov (nay), Ahmadjon Umurzoqov (qo‘shnay, surnay), Ashurali Yusupov (surnay), Shobarat tanburchi, Abdumutal Abdullayev 154 NASRI SEGOH q (tanbur), Muhiddin Hoji Najmiddinov (dutor, tanbur), Abdusoat Vahobov (dutor), Komiljon Jabborov (g‘ijjak, dutor, tanbur), Maqsudxo‘ja Yusupov (tanbur), Saidjon Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), G‘anijon Toshmatov (g‘ijjak), Turg‘un Alimatov (tanbur, dutor, g‘ijjak), G‘ulomjon Hojiqulov (g‘ijjak) kabi mahoratli ijrochilar nomini alohida ta’kidlash kerak. Farg‘ona - Toshkent maqom ashula yo‘llarini katta ashula uslubiga moslab aytish amaliyoti «yovvoyi maqom» deb ataladi. Bunda jo‘rnavoz cholg‘ular va doyra usullari qo‘llanilmaydi. Binobarin, «Yovvoyi maqom» iborasi «usulsiz maqom» o‘rnida ham ishlatiladi. Shunga ko‘ra, masalan, «Ushshoq» ashula yo‘lining usulsiz (katta ashula uslubida) ijro etilishi «Yovvoyi Ushshoq», shuningdek, «Chorgoh» yo‘li – «Yovvoyi Chorgoh» kabi ataladi. Ba’zan «Yovvoyi» so‘zi o‘rnida «Patnisaki maqom» tushunchasi ham ishlatiladi, ya’ni 166 «Patnisaki Chorgoh», «Patnisaki Bayot» singari. Bu borada «patnis» so‘zining qo‘llanilishi ham katta ashulaga ishora etadi, chunki katta ashulachilar ijro paytida, odatda, qo‘llarida likob yoki patnis ushlab turadilar. «Yovvoyi maqom»larda Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Miskin, Habibiy va boshqa mumtoz shoirlarning aruz vaznli she’r namunalari qo‘llaniladi. «Yovvoyi maqom» namunalarining mashhur ijrochilari – Boltaboy hofiz, Hamroqul Qori, Mamadbobo Sattorov, Akbar Qori Haydarov, Erka qori Karimov, Jo‘raxon Sultonov va boshqalardir. Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq ekanligini uqtirib o‘tganlar. Professor Ravshan Yunusovning ta’kidlashicha: Sharq maqomoti ko‘hna ancha murakkab falsafiy musiqiy-nazariy hamda amaliy asoslarga egadir. Shuni aytish kerakki, sharq musulmon olamida maqom tizlmasii yuzaga kelishi uchun zarur omillar asrlarga kelib jamul-jam bo‘lgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning (871- 950) nusiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi, shuningdek diniy-falsafiy ta’limot va qarashla yoyila boshladi. Ana shu bevosita va omillar ta’siri o‘laroq o‘rta asr Sharqining yirik (markaziy) shaharlarida o‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasni dastlab Safiuddin Urmaviy (1230-1294) va Qutbiddin Sheroziylarning musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abdulqodir Marog‘iy (XIV), Abdurahmon Jomiy (http://www.hozir.org/abdurahmon-jomiy.html), Zaynulobidin Husayniy (XV), Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi ustoz amaliyotchi va nazoratchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan edi7. Yuqorida qayt etilganidek, Farg‘ona-Toshkent maqomlari keyinchalik umumlashtirib olingan tushuncha. Avval ustozlarning o‘zlari ularni Farg‘ona hamda Toshkent maktabiga xos maqomlarga ajratib kelganlar. Xususan: “Bayot”, “Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Miskin”, “Ajam”, “Nasrulloyi”, “Farg‘ona yo‘llari”, “Munojot”, “Choli Iroq”, “Girya”, “Ko‘cha bog‘i”, esa ko‘proq Toshkent an’analariga mansub deb qaratilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling