Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Musiqa madaniyati darslarida Farg’ona-Toshkent musiqa uslublari bo’yicha bilim va ko’nikma-malakalarini shakllantirishning holati


Download 0.67 Mb.
bet11/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)




2.2. Musiqa madaniyati darslarida Farg’ona-Toshkent musiqa uslublari bo’yicha bilim va ko’nikma-malakalarini shakllantirishning holati



Milliy musiqiy ijrochiligimiz uch asosiy yo‘nalishda, ya’ni Xorazm-Buxoro Farg‘ona ijrochilik maktablari zamirida rivojlanganligi barchamizga ma’lum. Har bir hududda istiqomat qiladigan xalqining etnik joylanishi, urf-odatlari, maxalliy mentaliteti, yashash turmush tarzi zamirida o‘ziga xos musiqiy ijrochilik uslublari ham mavjuddir. O‘n ikki maqom asosida Shoshmaqom yaratilganligi, Shashmaqom zamirida bastakorlarimiz tomonidan bir-biridan go‘zal cholg‘u va ashula yo‘llari yaratilganligi aniq manbalar asosida bizgacha yetib kelgan. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari ana shunday mashhur ijrolarning maxsulidir.
«Dugoh Xusayniy», «Shaxnozi Gulyor», «Bayot», «Chorgoh» ijrolari turkum sifatida mashhur bo‘lganligi sababli «Chormaqom» (to‘rt maqom) deb ham yuritiladi. Farg‘ona, Toshkent, Samarqand vohalarida, Qozog‘istonning Chimkent viloyatida va boshqa shaharlarda Shashmaqom asosida turli shakllardagi cholg‘u va ashula yo‘llari yaratilgan. Shular jumlasidan mashhur cholg‘u asarlar: besh qismli Nasrulloyi, Munojot turkumi, Cho‘li Iroq, Navoning bir necha cholg‘u namunalari, Navro‘zi Ajam, Ajam va uning taronalari, Ilg‘or, Miskin va Adoyining besh qismli turkumi, ikki qismli Mirzadavlat, Madalibek, Beksulton, Cho‘li Qurd, Sayqal, Suvora yo‘lari, Mushkuloti Dugoh va uning Ufari, Dutor Bayoti, O‘yin Dugohi, Rost Panjgoh Qashqarchasi, Dilxiroj, Mushkuloti Segoh va uning Ufari, patnisaki uslubda chalinadigan Dugoh, Segoh va Ushshoq namunalari Qari Navo, Surnay yo‘llaridan Buzruk, Navo, Iroq, Dugoh, Dugohi Xusayniy, Nasrulloyi, Chorgoh, Mustaozod, Dashti Navo kabi o‘nlab kuylar maxalliy bastakorlar tomonidan maqomlar asosida yaratilgan bo‘lib, musiqiy madaniyatimizning bebaho durdonalari qatoridan joy olgan.
Albatta, maqomlarda qadimiylikka mansub qanchadan-qancha musiqiy yodgorliklaming o‘mi topilmasin, biroq ulari asl holiday qayta jonlanadi sadolanadi deb bo‘lmaydi. Zero maqomlarda “saqlangan” musiqiy yodgorliklar, garchand ulaming muhim izlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da o‘zlarining yuksak rivojlangan holatlarida namoyon bo‘ladi. Demak maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma’nodagi maqomlar tarixi bo‘lmay, balki ko‘proq ularning kelib chiqish manbalari bo‘lgan ko‘hna davr musiqa kuy qatlamlariga dahldordir. Xuddi ana shu turli musiqa na’munalari (demakki, nurli uslubli kuy shakllari) asosida usluban badiiy yaxlit maqom tizimlarining shakllanish davrlaridan e’tiboran bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi.

Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lganligi xususida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu borada Sosoniylar saroyida (shoh Xusrav Parviz davrida 590-628 yil) xizmat qilgan mashhur musiqachi - Borbad ijodiy merosi, xususan “7 Husravoniy” tizimi diqqatni o‘ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar “7 Husravoniy” tizimi keyinchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo‘lganligi yoki har holda bu tizimning maqomlar shakllanishiga ma’lum ta’siri haqida taxminlarga boradilar. Ammo bu masalada hali bir to‘xtamga erishilmaganligini ham qayd etish kerak. Mutaxasislar salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kasbiy qatlam ijrochilik taraqqiyotining ma’lum tarixiy bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi), falsafa va matematika fanlarining mavjudligi, qolaversa buning uchum zarur shahar madaniy muhiti kabi omillar bilan shakllanganligini alohida ta’kidlaydilar. Xususan, atoqli musiqashunos olim, san’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabovning bu boradagi malakali ko‘rsatmalari e’tiborlidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo‘lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan... Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling