Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti
Download 0.67 Mb.
|
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta ashula
Xalq ashulalari . Farg‘ona – Toshkent musiqa uslubida xalq ashulalari ham muhim o‘rin tutadi. Bu ashulalar terma, lapar, qo‘shiq singari aytimlarga nisbatan ovoz doirasining kengligi hamda kuychan, so‘lim ohanglari bilan ajralib turadi. Xalq ashulalari barmoq vaznida bo‘lgan xalq she’rlari yoki aruz vaznidagi mumtoz she’riyat asosida aytiladi. Ashulalar ijod etilishiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi mumkin: 1. Xalq og‘zaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar. 2. Kasbiy musiqaga oid ustoz - bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. «Tanavor», «Ey nozanin», «Oydek to‘libdur», «Farzona», «Ul parivash» singari xalq ashulalari, nafaqat hofiz-ashulachilar, balki ziyolilar, hunarmandlar, kosiblar va boshqa kasb egalari tomonidan ham ijro etib kelinadi. Shuningdek, bu turdagi ashulalar xotin - qizlar tomonidan ham «ichkarida» kuylangan. Jumladan, «Chaman ichra», «Tanavor»ning «Qora sochim» kabi ashula yo‘llari dutor jo‘rligida xotin-qizlar tomonidan sevib ijro etiladi. 65 Ayni vaqtda «Nigorim», «Galdir», «Nisor», «Fig‘on», «Chaman yalla» singari ashulalarni asosan kasbiy musiqachilar bo‘lgan hofiz - ashulachilar kuylashadi. Bunda tanbur - dutor jo‘rnavozligi ko‘p qo‘llaniladi. Ashulalar, an’anaga ko‘ra, turli yig‘in va majlislarda, to‘y marosimlari va boshqa xalq tantanalarida ijro etilgan. Choyxonalarda esa ashulachilarning ijodiy musobaqalari ham o‘tkazib turilgan. Taniqli ashula ijrochilari qatorida Mamadbobo Sattorov, Boltaboy Rajabov, Erkaqori Karimov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, Rasulqori Mamadaliyev, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Mukarrama Azizova, Zaynab Polvonova, Murodjon Ahmedov, Tavakkal Qodirov, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov kabi mashhur san’atkorlar nomini hurmat bilan tilga olamiz.
Katta ashula. Farg‘ona — Toshkent musiqa uslubining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chunki, kasbiy musiqaga oid bu ashula janri boshqa mahalliy uslublarda uchramaydi. Katta ashula — yirik hajmli va kuy-ohanglari keng nafasga mo‘ljallangan ashula bo‘lib, u yakka hofiz — ashulachi yoki 2 — 4 hamnafas hofizlar tomonidan aytiladi. Bunda jo‘rnavoz cholg‘ular qo‘llanilmaydi. Katta ashulalarning nazmiy asoslarini aruz vaznida bo‘lgan diniy-falsafiy, ishqiy-muhabbat, pand-nasihat kabi mavzulardagi she’riyat (Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Miskin, Habibiy va boshqalarning) namunalari tashkil etadi. Bu turdagi ashulalar rivojlangan kuylarga ega bo‘lib, odatda, erkin ritm- o‘lchov asosida badihaviylik xususiyatlari bilan kuylanadi. Mazkur janrning «patnusaki ashula», «likobi ashula» singari boshqacha nomlanishlari ham ma’lumki, zero hofizlar ijro paytida qo‘llarida patnis yoki likob (tarelka) ushlab turadilar. Boltaboy hofiz, Hamroqulqori, Mamadbobo Sattorov, Akbarqori Haydarov, Erkaqori Karimov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov kabi hofizlar katta ashulalarning mahoratli ijrochilari edilar. Bu san’atkorlar kuylagan «Ko‘p erdi», «Bir kelsun», «Ey dilbari 70 jononim», «Adashganman», «Do‘stlar», «Yovvoyi Chorgoh» singari katta ashulalar keng tinglovchilar ommasiga yaxshi ma’lumdir. Keyingi yillar davomida ayrim katta ashulalarni cholg‘ular jo‘rligida ijro etish amaliyoti ham qo‘llana boshlandi. Bunga «Mehnat ahli», «Ey dilbari jononim», «O‘zbekiston» kabi katta ashulalarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, katta ashulalarni alohida cholg‘uda, masalan, nayda ijro etish an’anasi ham yuzaga keldi. Bu o‘rinda Ismoil naychi, Abduqodir naychi va Saidjon Kalonovlardek ustoz san’atkorlarimizning xizmatlari katta. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling