Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi


Download 0.67 Mb.
bet3/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi:
Bo’lajak musiqa o’qituvchisi faoliyatini shakllantirishda musiqa pedagogikasi fanining tutgan o’rni bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni yuzaga keltirish mexanizmini yaratib musiqa pedagogikasi fani orqali raqobatbardosh bo’lajak musiqa o’qituvchilari faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni, muammoning amaliyotdagi holatini o’rganish asosida bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbiy tayorgarligida musiqa pedagogikasi fanining o’rni va xolati bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish.
2. Bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbiy mahoratini shakllantirish bo’yicha o’qitiladigan fanlar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo’lish.
3. Bo’lajak musiqa o’qituvchilari kasbiy malakalarini shakllantirishda musiqa san’ati rivojida Sharq mutafakkirlarining tutgan o’rni va tarbiyaviy ahamiyati tushunchasining mazmuni va mohiyatini ochib berish.
4. Oliy o’quv yurti hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa pedagogikasi fani va uning ta’lim jarayonida talaba shaxsini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.
5. Ta’lim jarayonida talaba shaxsini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish va uning natijalarini umumi o’rta ta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etish va dars mashg’ulotlari ishlanmasini yaratish.
Tadqiqotning obyekti:
Umumta’lim maktablarining 1-7 sinflari musiqa madaniyati darslarida dars samaradorligiga erishishning taxliliy jarayoni.
Tadqiqotning predmeti:
Bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida musiqa pedagogikasi fanining o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berish orqali kasbiy malakalarni o’zlashtirish omillari.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Umumta’lim maktablari faoliyatini takomillantirish” ga qaratilgan meyyoriy xujjatlar, o’quv majmualar, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbaalar.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling