Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari


Download 0.67 Mb.
bet4/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari.
1. Musiqa pedagogikasi fani orqali bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda dars samaradorligini oshirishda ta’lim bilim berishning noan’anaviy metodlarini yaratish.
2. Musiqa pedagogikasi fani orqali bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda dars samaradorligini oshirishda ta’lim bilim berishning noan’anaviy metodlarini yaratish va shu tajribalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat.

I-BOB: 7- sinflarda Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi haqidagi nazariy-amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishning nazariy asoslari

    1. O’zbek musiqa ijodiyotidagi mahalliy uslub turlari.

XIX asrning 60-70-yillarida Toshkent, Moskva, Peterburg cholg'uchilarning mahalliy ilrochilar musiqa ixlosmandlari ishtirokida konsert faoliyati faollashgan yirik madaniy markazga aylandi. 1877 yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, Farg'onaga va boshqa shaharlarga yetuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar ya dramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg'uchilarining dyomokratik an'analari Turkistonda baynalmilal aloqalarning o'rnatilishiga ko'maklashdi va Oktyabr inqilobining g'alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro, Samarqand va O'rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o'quv yurtlarining tashkil etilishida ma'lum darajada asos bo'lib xizmat qildi. Albatta ushbu tarixiy o'zgarishlarning yuqorida biz tilga olgan masala bilan bog'liqlik jihati faqatgina davriy hamohanglikda emas, balki ijrochilik san'atining folklor ijro va ifoda protsesiga tasiri bilan bevosita bog'liqdir.
O'tgan asrning 70-80-yillaridagi O'rta Osiyo tubjoy aholisining hayoti (oilaviy turmush tarzi, urf-odatlari, musiqachilik ahvoli, marosimlari) rus va xorijiy etnografik-folklorshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etgan. Xalq madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg'ularyga bo'lgan qiziqishning boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O'rta Osiyoga kelgan etnograf va sayyohlar Turkiston o'lkasining xalq musiqasini yozib olishda (notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi, bunda ular xalq cholg'ularini o'rganishga alohida e'tibor berishdi. Ular o'z ijodiy ishlarida musiqaning o'ta ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o'ynashiga ahamiyat berishdi.5
Musiqa o'quv yurtlari Toshkentdagi Turkiston Xalq Konservatoriyasi (1918) va uning Samarqanddagi, Farg'onadagi (1919), Buxorodagi (1920) filiallarida katta ishlar amalga oshirildi. Ularda asosan o'zbek xalq cholg'ularini hamda ba'zi Ovro'pacha musiqa cholg'ulari (fortepyano, skripka va damli cholg'ulari) ni chalish o'rgatilar edi. Bu musiqa bilim yurtlari tom ma'nodagi Konservatoriya bo'lmasada, biroq, o'tgan davr musiqa madaniyati ilmini o'rganish imkonyga ega bo'lmaganlarga sodda musiqa nazariy ilmi hamda ijro san'atida saboq berilar edi. Shu tufayli yosh respublikaning ko'pgina shaharlarida musiqa havaskorligi keng quloch yoydi. Bu esa qadimiy va zamonaviy musiqa madaniyatining ijro integratsiyasiga sabab bo'ldi.6
Toshkent-Farg'ona mahalliy-musiqiy uslubi qadimiy va boy tarixga egadir. Ma'lumki, ushbu katta hududning aksariyat yirik shahar va qishloqlarida aholi zich joylashgan. Vohaning an'anaviy musiqa ijodiyoti umummilliy o'ziga xos mahalliy, boshqa uzoq-yaqin qo'shni mintaqalardagidan ayrim farqli xususiyatlari bilan ham tavsiflanadi. Tuzulishi jihatdan oddiy, ixcham hajmli mavzu va mazmun doyrasi bo'yicha xilma-xil kuy, qo'shiq hamda ashulalar bu hududda juda keng tarqalgan. Jumladan, bu o'lkada bir qancha folklore namunalari, xalqchil maishiy, marosim, shuningdek, erkin tarzdagi cholg'u va ayrim janrlar qatorida ayollar qo'shiqlari ham nihoyatda mashhurdir. Mazkur mintaqaga xos bo'lgan yana ko'plab terma, bolalar qo'shiqlari, lapar, yalla, ashula, cholg'u kuy, bir qismli va turkumli maqom yo'llari, ko'proq chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq joylarda esa dostonlar va yana katta yoki patnis (yovvoyi) ashulalar asosiy o'rin egallaydi.

Turfa mahalliy an’analar va xilma –xil ko’rinishlarni o’z ichiga olgan o’zbek musiqa merosi shi kunga qadar ikki asosiy yo’nalishda rivojlanib, ijod qilib kelgan bo’lib, biri “Xalq musiqasi yoki folklori”, yana biri yesa “Mumtoz kasbiy” yoki “ustozona” deb yuritiladi. Ularning har qaysisi “ko’p va xo’b” badiiy yetuk aytim hamda cholg’u namunalaridan iborat. Ayni vaqtda qadimiy boy musiqa merosimiz yangi, ya’ni keyingi davrlarda qaror topgan bastakorlik an’analarini ham o’zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Bunda avvalo Benazir musiqiy folklolarlarning serjilo va rang-barang turlari barcha musiqa janrlari uchun tamal toshi vazifasini o’taydi. Sharq musiqa maktablarida Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim lbodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Hatamov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar.


O`zbek musiqasi iborasi” keng mazmunli tushincha bo`lib,u, jumladan o`z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamini – xalq musiqasi va ustoz san`atkorlar ijodi bo`lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompozitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarini qamrab oladi. Shuningdek, “o`zbek musiqasi “ mazmunida 4ta asosiy mahaliy uslublar mavjud va ular quyidagicha nomlanadi;
1.Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi.
2.Buxoro- Samarqand musiqa uslubi..
3.Xorazm musiqa uslubi
4.Farg`ona -Toshkent musiqa uslubi.
Har bir mahalliy musiqiy uslub o`z xussusiyati va an`analariga ega. Bu an`analar esa o`zoq davrlar mobaynida shakllangan bo`lib, ular xalqimizning turli sharoitdagi turmish tarzi, urf-odat bayramlari va boshqa shu kabi jarayonlar bilan uzviy bog`lanib ketadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling