Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Surxondaryo - Qashqadaryo musiqa uslubi deganda


Download 0.67 Mb.
bet5/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)

1.Surxondaryo - Qashqadaryo musiqa uslubi deganda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hududida shakllangan barcha musiqiy badiiy an`analar tushiniladi. Bu an`analar mehnat aytimlari , mavsumiy marosim qo`shiqlari , cho`ponlar ijodi, baxshilar san`ati va xalq ijodiga oid yana ko`plab qo`shiq va cholg`u kuylaridan tashkil topadi. Shuni ham aytish kerakki, musiqiy an`analarining kelib chiqish negizlari qadimiy davrlarga taluqqli bo`lib, ular turli vaziyatlarda , xalqning turmish tarzi bilan bog`liq turfa ko`rinishlarda, mehnat jarayonlarida , oilaviy sharoitlarda o`tkaziladigan urf-odat va marosimlarda, ommaviy sayl va tantanalarda yuzaga keldi.
Surxondaryo-Qashqadaryo hududlarda yashovchi mahalliy aholi uzoq davrlardan buyon chorvachilik va dehqonchilik mehnati bilan shug`ullanib keladi.
Shu bois ham bu yerlarda mehnat jarayonlari bilan bog`liq aytim va cho`pon kuylari juda ko`plab ijro etilgan. Chorvachilikka doir qo`shiqlar (aytimlar) asosan “Sog`im qo`shiqlari” dan iborat bo`lib, ular qora mol, biya, tuya hayvonlarini sog`ish paytida kuylangan. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubining muhim qismini dostonchilik an`analari tashkil etadi. Doston ijrochilari shoir, yuzboshi yoki baxshi deb yuritilakdi.Baxshilar san`atida so`z ustasi , qo`shiq ijrochisi , do`mbira sozi birlashgan bo`ladi. Dostonlarni ijro etish mavsumi kech ko`zda ,Yig`im-terim ishlari tugatilgandan so`ng boshlanib, to erta bahorga qadar davom etadi. Baxshilar kuylayotganda maxsus “bo`g`iq ovoz” bilan do`mbiraning ovoziga jo`rnavozlik qiladilar. Bo`g`iq ovozda kuylash dostonchilik maktabining asosini tashkil etadi. Jumladan; “Alpomish”,” Avazxon”, “Go`ro`g`li” kabilarni yod oladilar va kuylash usullarini o`rganadilar.
2. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi deganda Buxoro va Samarqand shaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan musiqiy an`analar tushuniladi. Diyorimizning qadimiy madaniyat maskanlari bo`lmish bu vohalarda xalq qo`shiqlari, ashulalari, cholg`u kuylari, qarsak o`yin aytimlari hamda kasbiy musiqaga doir dostonchilik, sozanda san`ati va maqom namunalari keng o`rin tutadi. Bu uslubning o`ziga xos jihatlaridan biri – unda ikki tillilik o`zbek va tojik tillarining an`anasini namoyon bo`lishidir. Odatda qo`shiq ning bandlari o`zbek tilida, naqoratlari esa tojik tilida yoki teskarisi bo`ladi.
Buxoro- Samarqand musiqa uslubida qarsak janriga alohida to`htalib o`tish kerak. Qarsak o`yin aytimlarining bir necha turlari mavjud bo`lib, u turli xil tomosha va davralarda ko`pchilik tomonidan ijro etiladi. Jumladan, qars, yakka raqs, qo`sh qars, uch qars, besh qars kabi nomlar bilan ataluvchi qarsak turlari bor.
Buxoro- Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san`ati ham mavjud bo`lib, u ayollar ijodi bilan bog`liqdir. Sozanda bu-yakkaxon aytimchi bo`lib, u qo`lda qayroq yoki zang (qo`ng`iroqcha) bilan raqga tushib , qo`shiq bandlarini kuylaydi. 2-3 ayoldan iborat doirachilar dastasi esa naqoratlar bilan jo`r bo`ladi.Bu guruh vakillari asosan ayollar yig`inlarda ishtirok etib , o`zbek va tojik tillarida kuylaydilar. Dastlabki qo`shiqlar tantanavorlik ruhi bilan sug`orilgan sokin ijro etilsa, keyingilari esa jadallashil o`yin-raqs aytimlariga ulanib ketadi.
Hozirgi vaqtda dastalarda akkardion va rubob ham qo`llanila boshlandi. Bundan tashqari Buxoroo sanat uslubida “Mavragi” janri ham keng tarqalgan. Bu janrda xam ikki tilda kuylash namoyon bo`ladi. Jo`rnavoz sifatida faqat doiradan foydalaniladi. Mavragi asosan erkaklar tomonidan aytiladi. Buxoroda tarqalish hududiga ko`ra dostaonchilik maktablari juda keng tarqalgan. Jumladan “Qo`rg`on dostonchilik maktabi”, “Nurota dostonchilik maktabi”, “Narpay” dostonchilik maktabi shular jumlasidandir. Mashxur doston ijrochilaridan Fozil Yo`ldosh o`g`li, Yo`ldosh bo`lbo`l, Ergash Juman Bulbul shular jumlasidandir.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling