Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Farg’ona-Toshkent musiqiy uslublari. Chormaqom ijrochilik maktabi


Download 0.67 Mb.
bet6/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)

1.2. Farg’ona-Toshkent musiqiy uslublari. Chormaqom ijrochilik maktabi.

Fargʻona-toshkent musiqa uslubi
 – Toshkent-Farg'ona mahalliy-musiqiy uslubi qadimiy va boy tarixga egadir. Ma'lumki, ushbu katta hududning aksariyat yirik shahar va qishloqlarida aholi zich joylashgan. Vohaning an'anaviy musiqa ijodiyoti umummilliy o'ziga xos mahalliy, boshqa uzoq-yaqin qo'shni mintaqalardagidan ayrim farqli xususiyatlari bilan ham tavsiflanadi. Tuzulishi jihatdan oddiy, ixcham hajmli mavzu va mazmun doyrasi bo'yicha xilma-xil kuy, qo'shiq hamda ashulalar bu hududda juda keng tarqalgan. Jumladan, bu o'lkada bir qancha folklore namunalari, xalqchil maishiy, marosim, shuningdek, erkin tarzdagi cholg'u va ayrim janrlar qatorida ayollar qo'shiqlari ham nihoyatda mashhurdir. Mazkur mintaqaga xos bo'lgan yana ko'plab terma, bolalar qo'shiqlari, lapar, yalla, ashula, cholg'u kuy, bir qismli va turkumli maqom yo'llari, ko'proq chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq joylarda esa dostonlar va yana katta yoki patnis (yovvoyi) ashulalar asosiy o'rin egallaydi.
Farg'ona vohasi-Toshkentning bastakorlar ijodkorligiga molik misollari esa hajman kattaligi, tuzulishi nisbatan murakkabligi, ba'zida usluban mutloq noyobligi bilan ajralib turadi. Tabiiyki, musiqa ijrochiligining kasbiy mezonlari ham yuqori darajada. Bu o'rinda ayniqsa katta ashula "milliy - mahalliy" jarayonga yorqin namuna bo'la oladi. O'zbek milliy cholg'ularidan esa dutor, tanbur, sato, g'ijjak, qashqar rubobi, chang, nay, qo'shnay, surnay, karnay, nog'ora, doyra, (childirma), chirmanda kabilar juda ko'p qo'llanib kelingan va folklore namunalari ham ushbu ijro tarkibining ajralmas konstruktiv namunasidir.
Manbalardan shu narsa malumki, O'zbek dostonchiligida doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan.
- Birinchidan, Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek-laqay dostonchilik maktablarida do'mbira chertib yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijro etilgan.
- Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, garmon, bulamon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan.
- Uchinchidan, Farg'ona vodiysida dutor jo'rligida ochiq ovozda aytilgan.
Farg'ona va Toshkent viloyatlarida ansambl 8-10 ijrochidan (nay, qo'shnay,
chang, rubob, dutor, tanbur, doira, g'ijjak) iborat bo'lgan. Bundan tashqari 3-4 kishidan tashkil topgan kichik ansambllar (nay, g'ijjak, rubob, doira yoki tanbur, g'ijjak, nay va doira, ba'zan ikkitadan cholg'ular: ikki tanbur, ikki dutor yoki ikki g'ijjak, ikki rubob va boshqa) lardan iborat bo'lgan. Utgan yuz yillikning 80-90-yillar bo'sag'asida ansambllarning asosiy turlari shakllangan, ular tarkibiga yangi cholg'ular kiritilgan, cholg'ularni tembr imkoniyatlarini kengaytirishga, repertuarni folklor asosida yaratilgan kuylar hisobiga boyitishga urinishlar bo'lgan. Ijrochilikni takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xorazm, Qo'qon shaharlarida ustozlarning maktablari saqlab qolindi. Ular o'tgan asrning o'rtalarida tuzilgan bo'lib, saylab qo'yiluvchi oqsoqollar ularga rahbarlik qilganlar. Shirkatlarda ustoz-shogirdlik an'anasi hukm surardi. Har bir ustoz biror-bir cholg'uni chalishni o'rgatish uchun iqtidorli o'quvchilarni shogirdlikka olish huquqiga ega edi, vaqt-vaqti bilan ular sinovdan o'tkazib turilar edi. Ijobiy baho olgan shogirdlar (o'quvchilar) shirkatning teng huquqli a'zolariga aylanib, mustaqil ijrochilik huquqini olganlar
O'zbek dostonchilik an'anasining yana bir turi Farg'ona vodiysida shakllangan. Namangan viloyatining shimoli Uychi, Yangiqo'rg'on, Chortoq atroflarida Dehqonboy Bahromov, Ikrom Rizaev, Omon baxshi Razzoqovlar ijod qilishgan. Mahalliy xalq og'zaki ijodini o'rgangan olim Abdushukur Sobirov taniqli folklorshunos olim Tojiboy G'oziboev bilan hamkorlikda mazkur dostonchilik an'anasini o'rganib, Qo'lbuqon, Sayram, Ariqbo'yi (Ariqmo'yin) maktablari mavjudligini qayd etadi. Ahmadjon Meliboev "Safed Bulon hikoyalari" kitobida Peshqo'rg'on qishlog'ida istiqomat qilgan Olim baxshidan "Yozi bilan Zebo" dostonini o'n ikki varaqli o'quv daftaridan o'ntasiga yozib olib, Muzayyana Alaviyaga yuborganini ma'lum qilgan. Ammo bugungi kunda Farg'ona vodiysidagi dostonchilik an'anasida doston ijro etadigan baxshilar ijod faoliyatlarini to'xtatganlar.Hamma o'zbek dostonchiligi an'analarida hajman cheklanish kuzatilmaydi.Madaniy merosimiz xazinasida "Bozirgon", "Sohibqironning tug'ilishi" kabi kichik asarlar va ayni paytda, "Alpomish", "Malika Ayyor"dek yirik dostonlar bor. Dostonlar hajmidagi nisbiy o'lchov inobatga olinsa, do'mbira chertib ijro etiladigan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryoda aytiladigan dostonlar hajmi Xorazm dostonlaridan ham, Farg'ona vodiysi dostonlaridan ham kengligi bilan ajralib turadi. Hajman Farg'ona vodiysidagilar ancha kichik hisoblanadi.

Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. Oʻzbek anʼanaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi boʻlgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuyohang va usul namunalari ham oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qoʻshiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, soʻz aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim oʻrin tutadi. Fargʻona-toshkent musiqa uslubigagina xos boʻlgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz gʻazallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta boʻlgan.


Odatda, soʻzdosh toifali ohanglar qoʻllangan janrlar doira usullari qoʻllanilmaydi. Bulardan farqli oʻlaroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar) da joʻrnavoz cholgʻular keng qoʻllanilishi kuzatiladi. Xususan, xotinqizlar davralarida raqsga tushib yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar oʻz qoʻshiqlariga dutor yoki doirada joʻr boʻlishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2—3 ayoldan iborat boʻlib, ular asosan doira joʻrligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla, qoʻshiq, lapar va toʻymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "Oʻlan" va boshqa asar)laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir koʻrinishi Namangan anʼanasida "satang" deb atalib, bular koʻproq turkumli (2 va undan ortiq, qismli) "katta yalla"larni doira joʻrligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubida soʻlim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan boʻlib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi: xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. "Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotinkizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor", "Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, Gʻ.Toshmatov, Fahr.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qoʻshganlar.
Fargʻona-Toshkent musiqa uslubiu.ga xos xususiyatlar Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllaritsya. ham oʻz aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, yalla singari janrlarning muhim sifatlari oʻzaro uygʻunligi kuzatiladi. Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi doirasida qariyb barcha xalq cholgʻulari (dutor, tanbur, rubob, chang, sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar) namoyon boʻladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va toʻy marosimlarida surnay, karnay, nogʻora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, gʻijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholgʻular qoʻllaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholgʻu oʻz oʻrni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus ("Qoʻshtor", "Chertmak", "Dutor Bayoti" kabi) kuylar boʻlishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qoʻshiklarga joʻrnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholgʻu (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, sato, nay, qoʻshnay, gʻijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholgʻusi sifatida namoyon boʻladi. Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da "Dilxiroj", "Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.
Toshkent musiqa uslubida xotin-qizlar ijodi unumli bo‘lib, ular orasida, jumladan, tarafma-taraf bo‘lib lapar aytishlar, turli qo‘shiqlarni kuylash, to‘y marosimi aytimlari bo‘lgan yor-yor, kelin salom va o‘lanlarni kuylash ommaviy tus olgan. Bular ichida, ayniqsa, yallalar sevib ijro etiladi. Yalla — bu band — naqarot shakliga ega aytim bo‘lib, u raqsga tushib kuylanadi. Bunda yakkaxon-yallachi doyra jo‘rligida raqsga tushib bandlarni kuylasa, naqarotlarni davrada hozir bo‘lgan ko‘pchilik qo‘shilib aytadi. Bundan tashqari, Buxoro — Samarqand sozandalari va Xorazm xalfalari san’atiga yaqin bo‘lgan kasbiy yallachilar ham bo‘lib, ular yakka holda yoki ansambl tarzida namoyon bo‘ladi. Yakka holdagi yallachi, odatda, o‘z aytimlariga dutor yoki doyra sozida jo‘r bo‘ladi. Yallachilar ansambli esa 2 — 3 ayoldan iborat bo‘lib, faqat doyra jo‘rligida kuylaydilar. Xotin-qizlar davrasida hozir bo‘lgan yallachilarning repertuari asosan qo‘shiq, lapar, yalla va to‘y marosimi aytimlaridan tuzilgan bo‘ladi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling