Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti


Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?


Download 1.46 Mb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi1.46 Mb.
#1033814
1   2   3
Bog'liq
Antropologiya f-WPS Office

Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydi
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi.
Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha hususiyatlar shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
Shahsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga hos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling