Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o’tkazilishi mumkin


Download 468 Kb.
bet5/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o’tkazilishi mumkin:
a) ayblanuvchi yoki sudlanuvchining shaxsi haqidagi malumotlarda shubha uyg’otganda;
b) shaxsiy xususiyatga berilgan qarama-qarshi bahoni aniqlashda;
v) shaxsning o’zini o’zi tutishida, xulqida va muhim vaziyatlarda aniq harakatlar bajarishini ko’rsatuvchi shaxsiy xarakter xususiyatlarini aniqlash kerak bo’lganda;
g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsning shaxsiy psixologik xususiyatlarini aniqlash kerak bo’lganda, ya’ni shaxs jinoyat sodir etishga qadar bo’lgan va uning xulqiga ta’sir etuvchi, shakllantiruvchi, niyatini amalga oshirishga turtki bo’lgan motiv, shu shaxsning o’zigagina xos bo’lgan psixologik xususiyatlari tekshirilishi kperak bo’lganda (yuqori darajadagi ta’sirchanlik; ta’sirga darrov berilib, xatti-harakatga kirishuvchanlik; qaysarlik, o’z fikridan qaytmaslik; kayfiyatini ustunlik qilishi, yoki kayfiyatiga bo’ysunuvchanlik; masalani o’zgacha xal etish; fikr yuritish tezligi kabi xarakter xususiyatlari jinoyat sodir etilishida ahamiyatli ta’sir etganda bu holatlar o’rganilib chiqilishi kerak bo’ladi).
d) shaxsning individual psixologik xususiyatlariga asoslangan holda uning ba’zi bir xarakatlarini psixologik jihatdan izohlab berish kerak bo’lganda ekepertizaning bu turiga murojaat etiladi.
Bu turdagi ekspertiza asosan ayblanuvchi, yoki sudlanuvchi shaxslarga nisbatan shubhalanish paydo bo’lganida shaxsdagi individual psixologik xususiyatlarni tekshirish lozim bo’lganda o’tkaziladi.
Amaliyotni ko’rsatishicha hozirgi vaqtda sud-psixologik eksperitzasining avvalgi turlari asosan dastlabki tergov faoliyati jarayonida o’tkazilgan bo’lsa, shaxsning individual psixologik xususiyatlarini tekshirish uchun o’tkaziladigan bu sud-psixologik ekspertizasi ishning sudda ko’rilishi jarayonida olib borilishga talab etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, jinoyat sodir etgan shaxsning psixologik portretini va psixo­logik mexanizmlarining nozik jihatlarini chuqur analiz qilib, to’g’ri va to’liq xulosa chiqarish uchun faqatgina sudyaga kerakli hisoblansa va sud hukmiga ahamiyatli bo’lsa, hamda sudya bunta ahamiyat bersagina, bu turdagi ekspertiza o’tkazilishi mumkin.
Bu turdagi sud-psixologik ekspertizasining o’tkazilishida ekspert-psixologga har turli savollar berilishi mumkin. Quyida keltirilgan savollar ko’proq uchraydi:
- tekshirilayotgan shaxsning asosiy shaxsiy psixologik xu­susiyatlari qanday? (temperamenta, xarakteri, intellekta, iroda va hissiyoti, xatti-harakatga undovchi psixologik muhit).
- tekshirilayotgan shaxsni harakatga undovchi xulqi, uning asosiy xususiyatlari nima hisoblanadi?
- tekshirilayotgan shaxsni yuqori darajadagi ta’sirchanlik xususiyati bormi? Yoki shunga o’xshash boshqa shaxsiy xususiyatlari bormi? rigidlik, impulsivlik, ta’sirga darrov berilib, xatti-harakatga kirishish, beixtiyor harakat kilish, hissiyotga berilib, o’z-o’zini boshqara olmaslik holatlariga tushish xusu­siyatlari bormi?
- tekshirilayotgan shaxsning individual psixologik xususiyat­lari jinoyatni sodir etishida turtki bo’lib ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling