Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi


Download 468 Kb.
bet4/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

1.2. Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi.
Sud-psixologik ekspertizaning bunday turi kuyidagicha hollarda o’tkaziladi:
a) ishda mavjud bo’lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsi haqidagi ma’lumotlar shubha uyg’otganida;
b) individual o’ziga xos xususiyatlarning bir-biriga zid baholari mavjud bo’lganida;
v) shaxsni tavsiflaydigan muhim jihatlar sifatidagi fe’l-atvorning yetakchi sabablari va aniq xatti-harakatlar dalillarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilash talab etilganida;
g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsining subyekt fe’l-atvoriga, shu jumladan unda jinoyatni sodir qilish niyatining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ayrim psixologik o’ziga xos xususiyatlarni (masalan, haddan ortiq ishonuvchanlik, ta’sirchanlik, qat’iyatlik, ustun kayfiyat, fikriy yechimlarni hal etish sur’ati va shu kabilar) tadqiq etish zarur bo’lganida;
d) subyektning indivi­dual psixologik o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda uning ayrim xatti-harakatlarini psixologik jihatdan talqin qilish kerak bo’lganida. Ko’rsatilgan shubhalarni vujudga keltiradigan ayblanuvchi va sudlanuvchilar sud-psixologik eks­pertizaning bunday turining obyektlari bo’lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, agar sud-psixologik ekspertiza­ning oldingi turlari asosan dastlabki tergab-tekshirish jarayonida o’tkazilsa, individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi asosan sud tergovi ja­rayonida o’tkaziladi. Bu tushunarli, chunki sudya sudlanuvchining malakali tarzda tuzilgan «psixologik portreti»ni olishdan g’oyat manfaatdor bo’lib, uning vositasida jinoyat sodir qilinishining psixologik mexanizmini chuqurroq tushunish imkoniyati paydo bo’ladi. Binobarin ish yuzasidan ancha puxta va to’g’ri qaror qabul qilish mumkin.
Sud-psixologik ekspertizaning bunday turini o’tkazishda ekspert-psixologlarga savollar har xil bo’lishi mumkin.
Quyida ana shunday sud-psixologik ekspertiza turini tayinlashda eng ko’p uchraydigan savollar keltirilayapti.
Ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi shaxsining asosiy individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekta, emosional irodaviy va sababli sohalari)?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi dalillashining asosiy o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi haddan ortiq ishonuvchanmi (yoki shaxsning sudni kiziktiradigan qandaydir boshqa xususiyatlariga, masalan, qat’iyatlilik, ta’sirchanlik, emosional beqarorlik va shu kabi xususiyatlarga egami)?
• ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi unda bunday jinoyatni sodir qilishga asos shakllantirishi mumkin bo’lgan individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarga egami?

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling