Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


 O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari  boyicha  tashkilotlar


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

2.2. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari  boyicha  tashkilotlar 

faoliyati 

 

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  2-chaqiriq  Oliy  Majlis 



VIII  sessiyasidagi  nutqida  davlatning  barqarorligida  tartib,  qonunchilik  va 

uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi

2

.  


Bu  borada  esa  davlat  organlari  va  huquqni  muhofaza  qilush  organlari  bilan 

birga inson huquqlarini himoya qiluvchi demokratik institutlarning ham o’ziga xos 

o’rni bor. 

Ma’lumki,  BMT  ning  inson  huquqlariga  bag’ishlangan  ikkinchi  umumjahon 

anjumanining  tavsiyalariga  ko’ra,  jahondagi  barcha  davlatlarga  inson  huquqlari 

boyicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi. 

Kеyingi  yillarda  jahondagi  ko`plab  ilg`or  mamlakatlar  kabi  mamlakatimizda 

ham  inson  huquqlari  masalalari  bilan  shug`ullanuvchi  milliy  institutlar  tashkil 

topdi.  Turli  mamlakatlarda  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlarning 

                                                             

1

 Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялшда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш ўганларининг ўрни (назарий ва 



ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлар номз...дисc. –Т., 2012. -78-б.

 

2



 Саттаров А.Х. инсон ҳуқуқлари назарияси ва ички ишлар органлари фаолиятида инсон ҳуқуқларини ҳимоя 

қилишнинг долзарб муаммолари. Юридик фанлари докт...дисс. –Т., 2003. -82-б.

 



35 

 

nomlanishi,  huquqiy  tizimlarda  faoliyat  yuritishi  xilma-xilligini  hisobga  olib, 



mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

• inson  huquqlari  boyicha  komissiya  (Gretsiya,  Hindiston,  Indoneziya, 

Qozog'iston,  Koreya  Respublikasi,  Meksika,  Mongoliya  Tailand,  Kamerun, 

Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar); 

• inson  huquqlari  boyicha  maslahat  komissiyasi  (kengoshi)  (Fransiya, 

Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar); 

• kamsitishlarga  qarshi  kurash  komissiyasi  (Avstraliya,  Yangi  Zelandiya, 

Kanada); 

• inson  huquqlari  boyicha  institut  (markaz)  (Germaniya,  Daniya,  Norvegiya, 

Iordaniya, O’zbekiston); 

• ombudsman,  inson  huquqlari  boyicha  vakil,  xalq  himoyachisi,  mediator, 

parlament  kamissari,  parlament  advakati  singari  nomlar  (Avstriya,  Argentina, 

Ozarbayjon,  Belgiya,  Gruziya,  Ispaniya,  Polsha,  Moldova,  Peru,  Sloveniya, 

Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi

1



Inson  huquqlari  bo`yicha  Oliy  Majlis  Vakili  (Ombudsman),  Inson  huquqlari 



Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun 

hujjatlari  Monitoringi  instituti  shular  jumlasidandir.  Ularni  barchasining  vazifasi 

inson  huquq  va  erkinliklarini  himoyalashga  qaratilgan.  Bu  institutlarning  tashkil 

topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Ombudsman,  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy 

markaz,  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  markazi,  Amaldagi  qonun  hujjatlari 

monitoringi  instituti kabi  inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlar  va boshqa  bir 

qator  tashkilotlar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  institutlar 

inson  huquqlari  boyicha  xalqaro  andozalar  va  ilg’or  horijiy  tajriba  asosida  tashkil 

etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning 

huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. 

Inson  huquqlari  bo`yicha  milliy  institutlar  faoliyatining  eng  muhim 

tomonlaridan  yana  biri,  institut  eshiklarining  murojaat  qilayotgan  har  bir  shaxs 

                                                             

1

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press. 2012. -159-б.



 


36 

 

uchun  doimo  ochiq  bo`lishidir.  Bunday  institutlar  xalqqa  davlat  idoralaridan  ham 



yaqinroq  bo`lishi,  odamlarning  imkoniyatlari,  arizalarini  sinchiklab  o`rganishi  va 

eng muhimi ularga yordam bеrishi lozim. 

Avvalo,  O`zbеkiston  Rеspublikasidagi  barcha  inson  huquqlarini  himoya 

qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari 

bo`yicha  rivojlantirish  va  takomillashtirish,  uni  umuminsoniy  hamda  xalqaro 

mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. 

 I.A.Karimovning 

birinchi 

chaqiriq 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Oliy 


Majlisining  1995-yil  23-fevralda  bo’lgan  birinchi  majlisida  qilgan  ma'ruzasida, 

Oliy  Majlis  tarkibida  inson  huquqlari  masalasi  bilan  shug’ullanuvchi  (hozirgi 

kunda  amaliy  faoliyat  olib  borayotgan)  institut  tashkil  etishning  zarurligi  va 

ahamiyatini  xalq  deputatlari  e'tiboriga  havola  qilgan  edi:  “Parlamentimiz    Oliy 

Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga 

kafolat  berish  borasidagi  ta'siri  hususida  so’z  yuritar  ekanmiz,  qator  demokratik 

mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqib,  Oliy  Majlis  tarkibida  inson  huquqlari 

masalasi  bilan  shug’ullanuvchi  vakillik  tashkil  etilsa,  maqsadga  muvofiq  bo’lar 

edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi, 

u  jamiyatimizda  inson  huquqlari  muammosini  hal  etishni  sifatini  yangi  jihatdan 

darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”

1

 . 



Parlament  huzuridagi  Inson  huquqlari  boyicha  vakil  instituti  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  tashabbusi  bilan  Oliy  Majlisning  birinchi  sessiyasida 

tashkil  etildi.  Uning  inson  huquqlari  borasidagi  vazifalarni  namunali  amalga 

oshirishiga  ko’maklashish  uchun,  1995-yil  6-mayda,  Oliy  Majlis  qaroriga  binoan 

Fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya  etilishi 

komissiyasi  tashkil  etildi.  Vakil  va  Komissiya  faoliyati  mamlakat  parlamentining 

1995- yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari 

boyicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi. 

                                                             

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистоннинг  сиёсий-  ижтимоий  ва  иқтисодий  истиқболининг  асосий  тамойиллари.-  Т.: 



Ўзбекистон, 1995. – 24-б.

 



37 

 

Inson  huquqlari  boyicha  vakil  (ombudsman)  haqidagi  qonun  loyihasi  umum 



xalq muhokamasi uchun «Xalq so’zi» va «Народное слово» gazetalarida 1997-yil 

14-fevralda  e’lon  qilindi.  1997-yil  24-aprelida  esa  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  sakkizinchi  sessiyada  «Oliy  Majlisning  Inson  huquqlari  boyicha  vakili 

(ombudsman)  to’g’risida»gi  qonun  qabul  qildi.  O’zbekistonda  parlament 

islohotlari o’tkazilib, bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tilgach, 

ushbu qonun  2004-yil 27-avgustda yangi tahriri qabul qilindi. Bu yangi qonun 22 

moddadan  iborat

1

,  yangi  tahrirdagi  qonunning  har  bir  qoidasi  inson  huquqlari 



himoyasi uchun xizmat qiladi. 

Qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va 

prinsiplari,  shuningdek  lavozimga  saylanish  va  ishdan  bo’shatilish  tartibi, 

fuqarolarning  shikoyat  va  arizalarini  ko’rib  chiqishdagi  vakolatlari  hamda 

fuqarolarning 

huquqlari 

va  erkinliklarini 

himoyalashdagi 

huquqlari 

va 


majburiyatlari belgilab berildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  boyicha  vakili 

(ombudsman)

2

  faoliyat  olib  borishda  uning  faoliyatini  tartibga  soluvchi 



qonungagina  emas,  balki  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarga  ham  asoslanadi. 

Bunday  hujjatlar  qatoriga  Ombudsman  Kotibiyati  faoliyati  to’g’risidagi  nizom, 

Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boyicha Vakil huzuridagi komissiya 

reglamenti kabilar kiradi, ularda Vakil faoliyatining barcha yo’nalishlarini batafsil 

belgilab berilgan. 

Vakil  o’z  vazifalarini  bajarishda,  shuningdek  «Fuqarolarning  murojaatlari 

to’g’risida»gi,  «Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  harakatlar  va 

qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi 

qonunlari,  mamlakatimiz  boshqa  qonun  hujjatlari  hamda  inson  huquqlari  boyicha 

xalqaro konvensiyalarga amal qiladi

3



O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  boyicha  vakilini 



saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O’z bekiston 

                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. –Т.: Адолат, 2013. – 465-б.



 

2

  Keyingi o’rinlarda vakil deb yuritiladi. 



3

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -159-б.

 



38 

 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  qonunchilik  palatasi  Reglamenti  to’g’risida”gi 



qonunining  23-moddasida  hamda  «O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Senatining Reglamenti to’g’risida» gi qonunning 19-moddasida belgilangan

1



O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  boyicha 



vakilining  nomzodi  Qonunchilik  palatasida  ko’rib  chiqish  uchun  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. 

Qonunchilik  palatasining  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson 

huquqlari  boyicha  vakilini  saylash  masalasi  yuzasidan  qarori  Senatga  yuboriladi. 

Ana  shu  qaror  kelib  tushganidan  keyin  Senat  o’z  majlisida  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  boyicha  vakilini  saylash  haqidagi 

masalani  ko’rib  chiqadi,  uning  mazkur  masala  hususidagi  qarori  qonunchilik 

palatasiga  yuboriladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari 

boyicha  vakili  nomzodi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining 

majlislarida  ko’rib  chiqilganidan  keyin  ushbu  masala  yuzasidan  qabul  qilingan 

uzil-kesil  qaror  qonunda  belgilangan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentiga yuboriladi

2



Parlament  huzuridagi  Inson  huquqlari  boyicha  vakil  (ombudsman)  instituti 



Respublika Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil 

etildi


3

.  Milliy  institutlar  o`zlarining  mustahkam  ishlangan  huquqiy  asoslariga  ega 

bo`lishlari kеrak. Yuridik mе'yor va ularning nizomlarida inson huquqlari bo`yicha 

milliy institutlarning faoliyatiga tеgishli huquq va burchlar aniq bеlgilab qo`yilgan 

bo`lishi  kеrak.  Jahon  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  ular  jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning  arizalarini  qabul  qilish  va  shu  arizalar  asosida  tushuntirish  ishlarini 

olib borish huquqlaridan foydalanadilar. 

Bu qabul qilingan qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, 

faoliyat  sohasi  va  prinsplari,  shuningdek  lavozimga  saylanish  va  ishdan 

bo’shatilish  tartibi,  fuqarolarning  shikoyat  va  arizalarini  ko’rib  chiqishdagi 

                                                             

1

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press. 2012. -159-б.



 

2

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси  қонунчилик  палатасин  Регламенти  тўғрисида”ги  қонун.    23-



модда. 2003.

 

3



 O’sha manba. 157-b.

 



39 

 

vakolatlari  hamda  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  himoyalashdagi 



huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. 

Oliy  Majlisning  inson  huquqlari  bo`yicha  vakili  (Ombudsman)ning  faoliyati 

quyidagi to`rt asosiy yo`nalishdan iborat: 

Birinchidan,  Vakil  zimmasiga  tarbiyaviy  va  ma'rifiy  funksiyalar  yuklatilgan: 

u inson huquqlari bo`yicha boshqa milliy tizimlar qatori inson huquqlarini himoya 

qilish  va  ularga  rioya  etish  zaruriyatini  yalpi  tan  oldirish  va  tushuntirishga  kеng 

ko`lamda  ko`maklashadi,  jamiyatga  O`zbеkiston  qonunlari  va  xalqaro  huquq 

normalarida  mustahkamlab  qo`yilgan  inson  huquqlari  kafolatlari  va  burchlari 

haqida atroflicha axborot bеradi; 

Ikkinchidan,  Vakil  fuqarolar  huquqlarining  bеg`araz  va  insonparvar 

himoyachisidir:  u  inson  huquqlari  buzilganligi  to`g`risidagi  shikoyatlarni  ko`rib 

chiqadi  va  tеkshiradi,  ayrim  tashkilotlar  va  mansabdor  shaxslar  yo`l  qo`ygan 

xatoliklarni  tutatish  yuzasidan  tadbirlar  tavsiya  qiladi,  fuqarolar  huquqlari 

tiklanishiga  yordamlashib,  inson  huquqlarining  jiddiy  buzilishiga  sababchi 

shaxslarni  qonunga  binoan  javobgarlikka  tortish  to`g`risida  tavsiya  qilishga  ham 

haqlidir. 

Uchinchidan, Vakil  faoliyati chuqur analitik  ish bilan bog`liq:  u  mamlakatda 

inson  huquqlariga  qanday  rioya  qilinayotganini  o`rganishi  va  tahlil  etishi,  inson 

huquqlari  buzilishini  kеltirib  chiqaruvchi  omillarni  aniqlashi,  O`zbеkiston  huquq 

normalarining  shu  sohadagi  xalqaro  shartnomalariga  qanchalar  muvofiqligini 

tеkshrishi, inson huquqlariga amal qilishni ta'minlaydigan dasturlar ishlab chiqishi 

va  boshqa  tashkilotlar  tayyorlagan  analitik  dasturlarning  hayotga  tadbiq  etilishida 

ishtirok etishi lozim. 

Vakil  faoliyatining  to`rtinchi  yo`nalishi  inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro 

hamkorlikni  rivojlantirish,  inson  huquqlarini  ta'minlash  borasida  mavjud  chеt  el

 

tajribasini  o`rganish  va  shu  bilan  birga,  jahon  jamoatchiligini  rеspublikamizdagi 



inson huquqlarini ta'minlash va himoyalash ahvolidan xabardor qilib turishdir.

1

 



                                                             

1

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press, 2012. -160-б.



 


40 

 

Shunday  qilib,  Vakil  faoliyatining  aytib  o’tilgan  to’rt  asosiy  yo’nalishi 



O’zbekistonda inson huquqlari umumiy holatining yaxshilanishiga, inson va uning 

huquqlari  jamoatchilik  tomonidan  hurmat  qilinishiga  hissa  qo’shadi,  zero 

mamlakatning muvaffaqiyatli demokratik taraqqiyotiga, siyosat, iqtisod, ekologiya 

va  madaniyat  sohasidagi  ravnaqiga  jahon  sivilizatsiyasi  tomonidan  tan  olingan 

inson huquqlari tantanasisiz erishib bo’lmaydi. Jamiyatgda inson huquqlariga rioya 

qilish  va  ularni  himoyalash  muammosi  qanchalik  samarali  hal  etilsa, 

demokratiyaga va fuqarolik jamiyati shakllanishiga shunchalik yaqinlashildi. 

“Biz uchun, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — fuqarolik jamiyati — 

ijtimoiy  makon.  Bu  makonda  qonun  ustuvor  bo’lib,  u  insonning  o’z-o’zini  kamol 

toptirishiga  monelik  qilmaydi,  aksincha,  yordam  beradi.  Shaxs  manfaatlari,  uning 

huquq  va  erkinliklari  to’la  darajada  royobga  chiqishiga  ko’maklashadi.  Ayni 

vaqtda  boshqa  odamlarning  huquq  va  erkinliklari  kamsitilishiga  yo’l  qoyilmaydi. 

Ya'ni  erkinlik  va  qonunga  boysunish  bir  vaqtning  o’zida  amal  qiladi,  bir-birini 

to’ldiradi  va  bir-birini  taqozo  etadi.  Boshqacha  aytganda,  davlatning  qonunlari 

inson  va  fuqaro  huquqlarini    kamsitmasligi  lozim.  Shuning  barobarida  barcha 

odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”

1



Oliy  Majlisning  Inson  huquqlari  boyicha  vakili  (ombudsman)  o’z  faoliyati 



davomida jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ana shu asosiy 

prinsiplarini taraqqiy ettirish, ularning hayotga tatbiq etilishi uchun xizmat qiladi. 

Ombudsman  har   yili o’zining  faoliyati boyicha  yillik  hisobotini e'lon  qiladi. 

Ushbu  hisobotda  uning  o’z  faoliyati  yo’nalishlarida  olib  borgan  ishlari  to’g’risida 

batafsil  ma'lumotlar beriladi.  Fuqarolarning shikoyatlari bilan  ishlash  ombudsman 

institutining asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Fuqarolarning turli davlat organlariga 

murojaat  qilishga  bo’lgan  konstitutsiyaviy  huquqlaridan  foydalangan  holda 

Ombudsmanga  yo’llayotgan  shikoyatlari  yildan-yilga  ko’payib  bormoqda.  2009-

yilda,  masalan,  Inson  huquqlari  boyicha  vakiliga  10409  ta  murojaat  kelib  tushdi, 

                                                             

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистон  ХХИ  асрга  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва 



тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. -173-б.

 



41 

 

shundan  Ombudsmanning  bosh  ofisiga  7394  ta,  mintaqaviy  vakillarga  1294ta 



shikoyat va arizalar kelib tushgan

1



Inson huquqlariga oid qonun hujjatlarini buzish hollarini aniqlash va fuqarolar 

murojaatlarini  xal  qilish  maqsadida  Inson  huquqlari  boyicha  vakil  O’zbekiston 

Respublikasining  vakolatli  davlat  organlari,  jamoat  tashkilotlari  va  fuqarolarning 

o’zini-o’zi  boshqarish  organlari  bilan  faol  hamkorlik  olib  bormoqda.  Vakil 

qonunga  muvofiq,  mansabdor  shaxs  yoki  tashkilotdan  fuqarolarning  murojaatini 

ko’rib  chiqish  yuzasidan  kerakli  axborotlarni  so’rab  olish  huquqiga  ega.  2009-

yilda, masalan Ombudsman tomonidan davlat organlariga 204 ta so’rov jo’natilib, 

kerakli  hujjatlarni  taqdim  qilish,  so’ralganidan  tashqari  inson  huquqlari  buzilgan 

holatlarda huquq buzilishini bartaraf etishga doir takliflar ham bildirildi. 

O’zbekiston  Respublikasida  Inson  huquqlari  boyicha  hozirgi  kunda  faol  ish 

olib borayotgan milliy institutlardan biri bu - Inson huquqlari boyicha O’zbekiston 

Respublikasi  Milliy  markazidir.  Davlat  idoralararo  tahlil,  tushuntirish  va 

muvofiqlashtirish  organi  bo’lmish  Inson  huquqlari  boyicha  O’zbekiston 

Respublikasi Milliy  markazi  inson  huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari 

faoliyatini muvofiqlashtirib bordi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini 

ishlab chiqadi, O’zbekistonda  inson  huquqlari  himoyasi  boyicha  milliy  ma'ruzalar 

tayyorlaydi,  davlat  xizmatchilari  uchun  esa  inson  huquqlari  muhofazasi  sohasida 

axborot bazasini  yaratadi,  ularni o’qitadi, maslahatlar beradi  va  tashviqot  ishlarini 

olib boradi. 

Markazning asosiy maqsadi ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo’li 

bilan Inson huquqlari sohasidagi milliy faoliyat dasturini — huquq va erkinliklarni 

himoya  etishning  ko’p  qirrali  tizimini  ishlab  chiqish  va  hayotga  tatbiq  etish  bilan 

bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat: 

1) 


inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; 

2) 


huquqiy  yordam  ko’rsatish  va  inson  huquqlarini  sud  yo’li  bilan 

himoya qilish; 

                                                             

1

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси  Инсон  ҳуқуқлари  бўйича  вакилининг  (омбудсманнинг)  2009-



йилдаги фаолияти тўғрисида ҳисобот. – Т., 2010. - 22-23-б.

 



42 

 

3) 



inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish tizimini yaratish; 

4) 


quyidagilar: aholining  ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari, ekologik 

ofat  mintaqalarida  yashovchi  aholi,  dindorlar,  turli  din  vakillari,  ozodlikdan 

mahrum  etilgan  shahslar  va  harbiy  hizmatchilar  huquqini  himoya  qilish 

strategiyasini ishlab chiqish; 

5) 

huquqni himoya etish boyicha nohukumat tashkilotlari faoliyatlarining 



samarali shakllarini rivojlantirish; 

6) 


inson huquqlariga rioya qilish kafolati sifatida axborot olish erkinlgini 

ta'minlash; 

7) 

inson  huquqlari  sohasidagi  ta'limning  ko’p  maqsadli  tizimini  — 



alohida  ixtisoslashgan  kurslardan  ommaviy  ma'lumot  berib  tanishtirish  yo’nag' 

lishidagi dasturlarigacha bo’lgan tizimni tashkil etish; 

8) 

ijro  hokimiyati  doirasidagi  vazirliklar,  qo’mitalar,  idoralar  va 



muassasalarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 

9) 


xalqaro hamjamiyatga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va 

erkinliklari tizimini rivojlantirish asosida kirish yo’llarini shakllantirish.  

Markaz  faoliyat  dasturining  g’oyaviy  asosi  —  Inson  huquqlari  umumjahon 

deklaratsiyasida 

bayon 

etilgan 


huquqiy 

madaniyatni 

rivojlantirishning 

umumbashariy prinsiplaridir

1



Markazning  qo’shimcha  tarkibiy  bo’linmalari  «Kichik  ilmiy  jamoa» 



shaklidagi aniq masalalarni hal qilish uchun tuzilgan muvaqqat ijodiy guruhlardan 

iborat.  «Kichik  ilmiy jamoa»ni  yaratishning birinchi  bosqichida Markaz: axborot-

tahliliy  ma'lumotlar  bilan  ta'minlovchi  guruh  (axborotni  yig’ish    va  qayta 

ishlashning  o’ziga  hos  dasturini  ishlab  chiqish);  jamiyatdagi  huquqiy    islohotlarni 

ijtimoiy-iqtisodiy  tahlil  guruhi  (inson  huquqlarini  rivojlantirishni  iqtisodiy 

rag’batlantirish  modelini  yaratish);  inson  huquqlari  sohasida  ko’p  maqsadli  ta'lim 

tizimini  tashkil  etish  guruhi  (BMT  Taraqqiyot  Dasturi  faoliyati  doirasida)  tashkil 

etadi.  Markazning  xalqaro  hamkorlik  imkoniyatlari.  Xususan  xalqaro  aloqalar 

vositalari  orqali  ma'lumotlar  almashish;  hamkorlikda  nashrlar  —  monografiyalar, 

                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013.-477-б.



 


43 

 

o’quv  qo’llanmalari,  maqolalar  to’plami  tayyorlash  va  chop  etish;  seminar, 



konferensiya, simpoziumlar o’tkazish; teleko’rsatuvlar tayyorlash, o’quv va ilmiy-

ommabop filmlar yaratish; tezkor kspeditsiyalar, joylarga borib mamlakatning turli 

yerlarida  tadqiqotlar  o’tkazish  singari  ishlar  orqali  namoyon  bo’ladi.  Markaz    o’z 

faoliyatini  amalga  oshirishda  BMT,  EXHT,  YuNISEF,  YUNESKO  kabi  qator 

xalqaro  tashkilotlar,  AQSh,  Fransiya,  Germaniya,  Buyuk  Britaniya,  Italiya  kabi 

davlatlarning  elchixonalari,  qator  xalqaro  nohukumat  tashkilotlar  bilan  hamkorlik 

qilmoqda.  Bundan  tashqari,  Milliy  markaz  oliy  o’quv  yurtlarida  inson  huquqlari 

boyicha  darslar  va  seminarlar  o’tkazilishini  ma'ruzalar  o’qilishini  amalga 

oshirmoqda

1



Markaz  vazifalaridan  biri  fuqarolarga  maslahat  yordamini  ko’rsatish 

hisoblanadi.  2010-  yili  Markazga  1547  nafar  fuqaro,  ijtimoiy  sohadagi  huquqlari 

buzilganligi  munosabati  bilan  sudlov  va  huquqni  muqofaza  qilish  organlari 

xodimlarinnig  qarorlari  va  harakatatlaridan  noroziliklari  to’g’risida,  uy-joy 

kommunal masalalari va shu kabi boshqa masalalar boyicha murojaat qilishgan

2



O’zbekiston  qo’shilgan  xalqaro  hujjatlardagi  normalarning  bajarilishi 

to’g’risida  Milliy  ma'ruzalarni  tayyorlash  Markaz  faoliyatida  alohida  o’rin  tutadi. 

BMTning  shartnomaviy  organlariga  o’tgan  davr  mobaynida  inson  huquqlari 

boyicha 6 ta asosiy hujjatlarning qoidalari bajarilishi yuzasidan 30 dan ortiq milliy 

ma'ruzalar  taqdim  etildi  (milliy  ma'ruzaning  BMTning  tegishli  qo’mitasida  ko’rib 

chiqilishiga  uchun  o’rtacha  2-3  yil  vaqt  ketadi)  Markaz  vakillari  BMTning  Inson 

huquqlari  boyicha  kengashi  va  shartnomaviy  qo’mitalari  majlislarida  O’zbekiston 

ma'ruzalarining ko’rib chiqilish jarayonida bevosita ishtirok etishdi. 

Undan  tashqari,  Markaz  BMT  shartnomaviy  organlari  tavsiyalarining 

bajarilishini  muvofiqlashtiradi  ham.  Masalan,  ushbu  qo’mitalarning  tavsiyalarini 

bajarish  maqsadida  Milliy  markaz  tomonidan  «Bola  huquqlari  kafolatlari 

to’g’risida»gi, 

«Nodavlat 

notijorat 

tashkilotlari 

faoliyatining 

kafolatlari 

to’g’risida»gi,  «Teng  huquqlar  va  imkoniyatlar  to’g’risida»gi,  «Bola  huquqlari 

                                                             

1

  Саидов  А.  X.,  Бакаева  Ф.  X.,  Тиллабаев  М.  А.  Национальнмй  центр  Республики  Узбекистан  по  правам 



человека в 2010 году. — Т.: НЦПЧ, 2011.

 

2



 Национальньш центр по правам человека в 2010 году//Демократизация и права человека. 2011, №1.

 



44 

 

boyicha vakil (Bolalar ombudsmani) to’g’risida»gi, Halqaro mehnat tashkilotining 



bola  huquqlariga  oid  konvensiyalarini  ratifikatsiya  qilish  to’g'  risidagi  qonun 

loyihalari  ishlab  chiqilgan.  Milliy  markaz  BMTning  Inson  huquqlari  qo’mitasi 

tomonidan  tavsiya  qilingan  muvaqqat  choralarga  davlat  organlarining  e'tibori 

amaliyotini  o’rganib,  shu  asosda  milliy  qonunchilikka  o’zgartishlar  va 

qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi tayyorladi

1



Markaz  tomonidan  nashr  qilinayotgan  «Demokratlashtirish  va  inson 

huquqlari»  jurnalining  ishi  davlatimiz  raqbarining  «O’zbekiston  Respublikasida 

yuridik  jurnallar  tizimini 

yanada  rivojlantirish  boyicha  chora-tadbirlar 

to’g’risida»gi  2005-  yil  18-oktabrdagi  qaroriga  muvofiq  yanada  faollashganligini 

alohida  qayd  etib  o’tish  mumkin.  Milliy  markaz  «Ijtimoiy  fikr.  Inson  huquqlari» 

jurnaliga  ham  muassislik  qilmoqda;  huquqiy  savodxonlikni  oshirish  maqsadida 

inson  huquqlari  masalalari  boyicha  300  nomda  kitoblar,  darsliklar,  qo’llanmalar, 

to’plamlar,  uslubiy  qo’llanmalar  chop  etdi,  shu  jumladan,  Inson  huquqlari 

umumjahon  deklaratsiyasini  500  ming  nusxada  nashr  qildi,  inson  huquqlari 

boyicha 120 ta xalqaro shartnoma matnini o’z ichiga olgan 10 ta to’plam chiqardi

2



O’zbekistondagi  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlar  faoliyatining 

muhim  yo’nalishlaridan  biri  inson  huquqlari  va  erkinliklari  masalalari  boyicha 

huquqiy  ma'rifiy  ishlar bo’lib,  ular:  inson  huquqlari boyicha tadbirlar tashkil etish 

va  ularda  ishtirok  etish;  sudlar,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  hodimlari, 

nodavlat tashkilotlari  vakillarini  inson  huquqlari boyicha o’qitish;  inson  huquqlari 

va  erkinliklari  masalalari  boyicha  bosma  mahsulotlari  chop  etish;  inson  

huquqlariga  rioya  qilishva  himoya  qilishning  dolzarb  masalalari  boyicha  OAVda 

chiqishlar qilish singari shakllarda amalga oshiriladi. 

Inson  huquqlarini  ta'minlash  masalalarini  hal  etishga  milliy  institutlar  ham 

faol  jalb  etilmoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisning  Inson  huquqlari  boyicha  vakili  (ombudsman)  va 

Inson  huquqlari  boyicha  milliy  markazi  bilan,  masalan,  inson  huquqlariga  rioya 

                                                             

1

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – Т.: Baktria Press, 2012. -174-б.



 

2

 O’sha manba. 174-b.



 


45 

 

etishini  monitoring  qilishni  amalga  oshirish  sohasida  o’zaro  hamkorlik  qilib 



kelmoqda.  

Qayd  etib  o’tish  lozimki,  O’zbekistonda  inson  huquqlari  boyicha  milliy 

institutlarning  shakllanishi  mamlakatni  isloh  qilish  va  modernizatsiyalash 

jarayonlari  doirasida,  davlat  va  jamiyatning  barcha  sohalaridagi  demokratik 

islohotlar 

sharoitida 

kechdi. 

Shu 


ma'noda, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining  «Inson  huquqlari  umumjaqon  deklaratsiyasi  qabul  qilinganligining 

60  yilligiga  bag’ishlangan  chora-tadbirlar  dasturi  to’g’risida»gi  2008-  yil  1-

maydagi  Farmoni  O’zbekistonda  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlarning 

huquqiy nazarda mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi. Farmonda 

inson  huquqlarini  himoya  qilish  tizimini  tashkiliy-huquqiy  jihatdan  yanada 

takomillashtirish,  shuningdek  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlarni  davlat 

tomonidan  qo’llab-quvvatlash,  ularning  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash, 

Inson  huquqlari  boyicha  vakil  (ombudsman),  Inson  huquqlari  boyicha  Milliy 

markaz  va  boshqa  institutlar  bo’linmalarining  samarali  ishlashi  uchun  zarur 

sharoitlarni  yaratish  boyicha  kompleks  chora-tadbirlarni  qabul  qilish  ko’zda 

tutilgan  bo’lib,  2008-yil  30-sentabrda  Vazirlar  Mahkamasi  ushbu  masalalar 

yechimiga qaratilgan mahsus qaror qabul qildi

1



Farmon  talablaridan  kelib  chiqib,  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlar 

Fuqarolik  jamiyatini  o’rganish  instituti  (hozirgi  Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini 

monitoring  qilish  mustaqil  instituti)  bilan  birgalikda  O’zbekiston  Respublikasi 

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasidagi inson huquqlarini 

himoya  qilish  boyicha  bo’linmalar  bilan  hamkorlikdagi  faoliyat  samaradorligini 

yanada oshirish boyicha chora-tadbirlar belgilab oldilar va amalga oshiradilar. 

Inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlar  faoliyatini  qo’llab-quvvatlash 

to’g’risida  qabul  qilingan  me'yoriy  hujjatlar,  qolaversa  bu  sohaga  oid  milliy 

hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida milliy institutlarning 

qonunchilik  va  institutsional  asoslarini  takomillashtirish  O’zbekistonning 

                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013. -481-б. 



 


46 

 

demokratik  o’zgarishlarga  sodiqligini  yana  bir  karra  namoyish  qilmoqda. 



Mamlakatimiz  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlarning  amaliy  faoliyati 

quyidagilarni alohida qayd etishga imkon bermoqda: 

Birinchidan,  bir  necha  milliy  institutlarning  tashkil  etilganligi  inson 

huquqlariga  rioya  etish  va  ularni  himoya  qilish  sohasidagi  imkoniyatlarni 

anchagina  ko’paytirdi,  chunki  ular  amaliy  ishlari  bilan  huquqni  qo’llash 

amaliyotida  inson  huquqlarini  amalga  oshirishga,  davlat  organlari  faoliyatida 

qonun  ustuvorligi  prinsipining  qaror  topishiga,  xalqaro  huquq  normalarini  milliy 

qonunchilikka  implementatsiya  qilishga,  inson  huquqlari  borasidagi  madaniyatni 

rivojlantirishga faol ta'sir ko’rsatmoqda. 

Ikkinchidan,  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlar  respublikada  inson 

huquqlariga oid qonunchilikka rioya etishini tekshirishda faol hamkorlik qilmoqda, 

inson  huquqlarini  himoya  qilish  mexanizmlari  masalalari  muntazam  ravishda 

seminarlar va konferensiyalar tashkil etmoqda. 

Uchinchidan,  ushbu  institutlar  mamlakatda  inson  huquqlariga  rioya  etish 

masalalarini  hal  etishda,  inson  huquqlariga  oid  qonunchilikni  takomillashtirishda 

o’z  faoliyatlarini  nodavlat  tashkilotlari  bilan  hamkorlik  qilish  asosiga  qurmoqda, 

chunki  xalqaro  tajriba  shuni  roy-rost  ko’rsatmoqdaki,    plyuralistik  fuqarolik 

jamiyati  paydo  bo’lmaguncha,  huquqiy  va  adolatli  davlat  qurib  bo’lmaydi.  Zotan 

to’la huquqli fuqarogina davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari uchun teng 

hamkor bo’lishi mumkin.  

To’rtinchidan,  milliy  institutlar  inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  huquqiy 

hujjatlarni  amalga  oshirish  yuzasidan  xalqaro  nazorat  jarayonida,  xalqaro 

organlarga  yakka  tartibda  (individual)  murojaat  qilishga  bo’lgan  huquqni  amalga 

oshirishda  muhim  rol  oynaydi,  shuningdek  O’zbekistonning  BMTning  Inson 

huquqlari  boyicha  kengashi  va  shartnomaviy  organlari  bilan  hamkorlik  qilishida 

ham katta ahamiyat kasb etadi

1



Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki  inson  huquqlari  boyicha  institutlarning 



faoliyati respublikada inson huquqlari sohasida olib borilayotgan ishlarning asosini 

                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013. -482-б.



 


47 

 

tashkil  etadi.  Ularning  faol  ish  olib  borishi  esa  inson  huquqlari  va  erkinliklari 



kafolatlarining muhim asosi hisoblanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



48 

 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling