Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


 Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini 

kafolatlashning o’rni 

 

  O’zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so’ng  fuqarolik  jamiyatiga 

asoslangan  huquqiy  davlat  qurishni  o’z  oldiga  pirovard  maqsad  qilib  qo’ydi. 

Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquq  va 

erkinliklarini  himoya  qilish  huquqiy  demokratik  davlat  qurishning  asosiy 

mezonlaridan biridir.  

Demokratiyaning  eng  muborak  afzalligi  uning  insoniy  qadr-qimmatga 

munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda  hech bir tuzum  demokratiyaga 

teng kelolmaydi

2

.  


 “O’zbekiston  demokratik  qadriyatlarni,  shaxsning  huquq  va  erkinliklarini 

ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat 

sifatida tanladi”

3

. Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz  uchun oliy qadriyat sifatida 



belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar 

                                                             

1

  Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.:  Адолат, 2013.  -78-б.          



2

 Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари. - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -214-б.

 

3

 Каримов И.А  Ўзбекистон ХХИ аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. -137-б.

 



18 

 

Respublikamizning  milliy  davlatchilik  manfaatlariga  to’la  mos  keladi



1

,  degan  edi 

Prezident  Islom  Karimov.    Bizga  yaxshi  ma’lumki  demokratik  jamiyat  qurishda 

inson huquqlari va erkinliklarining o’rni beqiyos hisoblanadi. Demokratik-huquqiy 

davlat  qurishning  eng  asosiy  shartlaridan  biri  inson  huquqlariga  rioya  etish  va 

ularning huquqiy  himoyasini ta’minlashdan iboratdir. 

Bugun  O’zbekiston  jahon  hamjamiyatining  tarkibiy  qismi  va  to’la  huquqli 

teng  sub’ektidir.  U  BMT  Ustavini,  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi, 

Fuqaroviy  va siyosiy  huquqlar to’g’risidagi  hamda  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy 

huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  paktlarni  tan  oladi,  Yevropada  xavfsizlik  va 

hamkorlik  tashkilotining  shartnomalarida,  ko’plab  xalqaro  konvensiyalarda 

ishtirok  etadi.  Boshqacha  aytganda,  O’zbekiston  o’zi  tanlagan  yo’li,  insoniyat 

madaniyatining  qadriyatlarini  tasavvur  etib,  demokratiya  va  insonparvarlik 

yo’lidan  odimlab  bormoqda

2

.  Huquqiy  davlat  va  inson  huquqlari  –  bu  haqiqat, 



ezgulik  va  adolat  sari  yagona  yo’lning  uzviy  tarkibiy  qismlaridir.  Oliy  qadriyat 

bo’lmish  inson  huquqlari  va  erkinliklari  davlat,  uning  organlari  va  mansabdor 

shaxslarining  hokimiyatni  suiiste’mol  qilishi  yo’lida  to’siq  bo’lib  xizmat  qilishi, 

totalitar  rejimlar  sharoitida  bo’lgani  kabi  davlatning  jamiyatni  to’liq  qamrab 

olishiga  to’sqinlik  qilishi  kerak

3

.  Davlatning  inson  huquqlari  va  erkinliklarini 



nafaqat  e’tirof  etishi,  balki  ularga  og’ishmay  rioya  etishi  hamda  ularni  himoya 

qilishisiz  ushbu  huquq  va  erkinliklarni  aliy  qadriyat  sifatida  qaror  toptirib 

bo’lmaydi

4

.  



Inson  huquqlari  –  huquqiy  davlatchilikning  insoniylik  mezonidir.  Inson 

huquqlarining  ta’minlashning  realligiga  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  hokimiyatining 

sa’y-harakatlarini 

baholovchi, 

jamiyatning 

axloqiyligini 

va 

davlatning 



maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini 

ishonchli  tarzda  ta’minlamay  turib,  huquqiy  davlatchilikning  huquq  ustuvorligi, 

                                                             

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. T.1. – T.: Ўзбекистон, 1996. - 78-



79-б.

 

2



  Таджиханов  Б.У.  Ўзбекистон  Республикасида  инсон  ҳуқуқларини  амалга  ошириш:  назарий  ва  амалий  

муаммолари.. Юридик фанлар номз...дисс. –T., 2003. –46-б. 

 

3

 O’sha manba. 46-b.



 

4

 O’sha manba. 62-b. 



 


19 

 

hokimiyatning  huquq  bilan  cheklab  qo’yilishi  va  tiyib  turish  kabi  asosiy 



tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir

1



  O’zbekiston  Respublikasi  o’z  davlat  mustaqilligini  ko’lga  kiritishi 

mamlakatimizda    barpo  etilayotgan  demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik 

jamiyatining  muhim tarkibiy qismlari bo’lgan  inson  huquqlari  va  manfaatlari kabi 

demokratik  qadriyatni  rivojlantirish  imkoniyatini  berdi.  Inson  huquqlari  yuksak 

darajada  ta’minlanadigan  ijtimoiy  makon  fuqarolik  jamiyatidir.  O’zbekistonda 

bunday  jamiyat  qurish  amaliy  izga  ko’chganligi  mamlakat  Prezidenti 

I.A.Karimovning  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  to’qqizinchi  sessiyasidagi 

ma’ruzasidan  yaqqol  ko’rinib  turibdi.  Ma’ruzada  fuqarolik  jamiyati  barpo 

etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar 

va  ijtimoiy- siyosiy  faoliyatning  bosh  mezoni  inson ekanligi alohida ta’kidlangani 

diqqatga sazovordir

2

. Istiqlol yillari davomida  respublikada amalga oshirilayotgan 



barcha  jabhalardagi    islohotlar  inson  qadr-qimmatini  yuksaltirish,  inson  huquqlari 

va  erkinliklariga  nisbatan  hurmat  tuyg’usini  shakllantirish,  aholi  uchun  munosib 

turmush tarzini yaratishga qaratilgan.   

Inson  huquqlarini  qonun  bilan  himoya  qilish  va  amalga  oshirish  –  jamiyat 

demokratligining  muhim  va  birlamchi  ko’rsatkichidir.  Insonning  e’lon  qilingan 

huquqlari  uning  yuqori  darajasi  va  ularga  og’ishmay  rioya  etish  huquqiy 

davlatning  ajralmas  belgisi  bo’lmog’i  kerak

3

.  Shundagina  davlatda  demokratiya 



qaror topishiga erishish mumkin bo’ladi. 

Zero,  O’zbekiston  Respublikasida  insonning  asosiy  huquq  va  erkinliklarini 

ta’minlash  nafaqat  davlat  doirasidagi  harakatlar  bilan  cheklanmasdan,  xalqaro 

munosabatlarda  inson  huquqlariga  doir  universal  xalqaro-huquqiy  hujjatlarga 

qo’lishilib bormoqda. Mustaqillik yillari mobaynida O’zbekiston Respublikasining 

                                                             

1

  Саидов  А.Х.  Ўзбекистон  Республикаси  ва  инсон  ҳуқуқлари  бўйича  халқаро  шартномалар.  –  Т.:  Адолат, 



2002. -6-б.

 

2



 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини 

барпо этишнинг асосий ёъналишлари // Халқ сўзи. 2002. 30-август.

 

3

  Таджиханов  Б.У.  Ўзбекистон  Республикасида  инсон  ҳуқуқларини  амалга  ошириш:  назарий  ва  амалий 



муаммолари. Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2003. -60-б. 

 



20 

 

inson  huquqlari  sohasidagi    davlat  siyosatining  asosiy  prinsplari  shakllandi,  ular 



sirasiga quyidagilar kiradi: 

-  Demokratiyaning 

va 

inson 


huquqlarining 

umume’tirof 

etilgan 

prinsplariga, o’zining xalqaro majburiyatlariga sadoqat; 

-  Inson huquqlarini himoya qilishda milliy manfaatlar ustuvorligi; 

-  Inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  hamkorlikni  milliy  manfaatlardan 

kelib chiqqan holda rivojlantirish; 

-  Demokratik  islohotlarni  asta-sekin  va  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirish

1



O’zbekistonda  inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  standartlarning  ushbu 

prinsplariga  tayangan  holda  jamiyat  hayotiga,  fuqarolarning  va  davlat 

xizmatchilarining  ongiga  singdirish  bo’yicha  keng  ko’lamli  ishlar  boshlandi  va 

hozirgi  kunda  ham  faol  olib  borilmoqda.  Bu  qilinayotgan  ishlar  jahon 

hamjamiyatiga  yaxshi  ko’rinish  uchun  qilinmadi.  Inson  huquqlari  sohasidagi 

xalqaro  majburiyatlarni  bajarish  va  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etish 

mustaqil O’zbekistonning asosiy vazifasiga aylangan edi.  

O’zbekiston  Respublikasida  Inson  huquqlarini  himoya  qilish  ishlarini 

debochasi  sifatida  Mustaqil  O’zbekistonning  1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan 

Konstitutsiyasi  mamlakatimizda  inson  va  fuqaro  huquqlari  hamda  erkinliklarini 

himoya qilishning yuridik kafolati hisoblanadi. 

Inson  huquqlari  va  erkinliklariga  oid  xalqaro  prinsplar  va  normalarga  sodiq 

bo’lgan  O’zbekiston  suveren,  demokratik,  huquqiy  va  dunyoviy  davlat  sifatida, 

eng  avvalo,  Konstitutsiyasining  uchdan  bir  qismidan  ziyodini  inson  huquq  va 

erkinliklarini  himoya  qilish  masalalariga  bag’ishlab,  ularning  ustuvorligining 

konstitutsiyaviy  tarzda  mustahkamlab  qo’ydi  va  ilgari  inson  huquqlariga  nisbatan 

davlat manfaatlari ustuvorligi prinspiga barham berdi

2



Bu hujjatning 13-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida demokratiya 

umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko’ra  inson,  uning  hayoti,  erkinligi, 

                                                             

1

  Инсон  ҳуқуқлари  умумжаҳон  декларацияси  ва  Ўзбекистонда  инсон  ҳуқуқларини  ҳимоя  қилиш  миллий 



тизими. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -14-б

 

2



 O’sha manba. 46-b.

 



21 

 

sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi. 



Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  himoya 

qilinadi”

1



Bugungi  kunda  O’zbekiston  tomonidan  inson  huquqlariga  doir  60  yaqin 



xalqaro  huquqiy  hujjatlarga  qo’shilib,  Bola  huquqlari  to’g’risidagi  Konvensiya, 

Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi 

Konvensiya,  Qiynoq  va  boshqa  shavqatsiz,  inson  qadr-qimmatini  kamstuvchi 

g’ayrinsoniy muomala turlari va jazolarga barham berish to’g’risidagi Konvensiya, 

Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  Pakt,  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy 

huquqlar  to’g’risidagi  Pakt  ushbu  hujjatlarning  jumlasindandir.  O’zbekiston 

Respublikasi 

1991-yilda 

Inson 

huquqlari 



Umumjahon 

deklarastiyasiga 

qo’shilganligi katta ahamiyatga ega.  

    O’zbekistonda  inson  huquqlari  masalalari  qay  darajada  rivojlanganligini 

ilmiy-amaliy  tahlil  qilish,  tegishli  tavsiya  va  xulosalarni  qabul  qilish    nihoyatda 

e’tiborga  sazovordir.  Zero,  Inson  huquqlariga  oid  Yevropa  standartlari 

O’zbekistonda ham muayyan darajada o’z ifodasini topish mamlakatimizni yanada 

rivojlantirish shubhasiz.  

  Inson  huquqlari  va  erkinliklarini  mustahkamlashga  doir  O’zbekiston 

Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  davlat  siyosati  izchil  rivojlanib  borib, 

mamlakatmiz  inson  huquqlariga sodiqligi  o’zining konstitutsiyaviy  ifodasni topib, 

bugungi  kunda  shu  sohada  keng  qonunchilik  bazasi  yaratildi.  Muhimi  shundaki, 

O’zbekistonda  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  tobora  mustahkamlash  va 

rivojlantirish  uchun  hal  qiluvchi  omillar  jumladan  xalq  hokimiyatchiligi,   

davlatning inson oldida mas’ulligi belgilandi.  

Bizga  yaxshi  malumki,  har  qanday  demokratik  davlatda  eng  avvalo  inson 

huquqlari  himoyasi  yuqori  darajada  bo’lishi  lozim.  Inson  huquqlari  yuksak 

darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon – fuqarolik jamiyatidir.  

O’zbekistonda  bunday  jamiyat  qurish  amaliy  izga  ko’chganligi  mamlakat 

Prezidenti  I.A.Karimovning  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  to’qqizinchi 

                                                             

1

 Ўзбекистон Республикаси  Конституцияси.- Т.: Ўзбекистон, 2012. 13-модда.



 


22 

 

sessiyasidagi  ma’ruzasidan  yaqqol  ko’rinib  turibdi.  Ma’ruzada  fuqarolik  jamiyati 



barpo  etishning  asosiy  yo’nalishlari  belgilab  berildi.  Barcha  yo’nalishdagi  sa’y-

harakatlar  va  ijtimoiy-siyosiy    faoliyatning  bosh  me’zoni  inson  ekanligi  alohida 

ta’kidlangani diqqatga sazovordir

1



O’zbekiston  Respublikasida  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyatining  eng 

asosiy  belgilaridan  biri  ham  aynan  inson  va  fuqaroning  tabiiy  huquqlarini  so’zsiz 

e’tirof etish va muhofaza qilishdir. 

Yuksak  insoniy  qadriyatlarga  erishishga  intilayotgan  O’zbekiston  uchun 

shaxs erkinligi g’oyasi uning konstitutsiyaviy konsepsiyasiga ajralmas qisim bo’lib 

kirdi


2

.  Mamlakatning  Asosiy  qonuni  yangi  milliy  davlatchilikni  shakllantirish 

uchungina  emas,  balki,  avvalo,  inson  va  fuqaro  maqomini  mustahkamlash  uchun 

qabul  qilingan  va  amal  qilmoqda.  Davlatning  o’zi  inson  nafaqat  davlat 

tashkilotining  oddiy  murvati  bo’lishi  uchun,  balki  haqiqatan  ham  oliy  qadriyat, 

butun  ijtimoiy  o’zgarishlarning  maqsadi  bo’lishi  uchun  tashkil  etilgan  va  amal 

qilmoqda.  Faqat  erkin  fuqarolarning  birlashishiga  asoslangan  davlatgina 

o’tmishning  “kazarma  sotsializmi”  qoldirgan  fojiali  merosini,  ijtimoiy  illatlarini 

bartaraf etishga qodir bo’ladi

3



О‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o’z  ifodasini  topgan  insonning 

huquq  va  ernkinliklari    umume’tirof  etilgan  xalqaro-huquqiy  standartlarga  to’liq 

mos  kelib,    mamlakatimiz  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  sohada  yuksalishiga 

mustahkam  huquqiy  zamin  yaratadi.    Mamlakatimiz  asosiy  qonunida  

mustahkamlangan  asosiy  huquq  va  erkinliklar  har  bir  insonga,  har  bir  fuqaroga 

taalluqli  bo’lib,    barcha  uchun  teng  va  barobardir.  Konstitutsiyaning 

muqaddimasida  inson  huquqlariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilingan, unda 

hozirgi  zamon  konstitutsiyalariga  xos  bo’lgan  umumiy  yo’nalishlar  aks  etgan, 

insonning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari  birinchi  o’ringa  qoyilgan.    Unda  siyosiy, 

                                                             

1

 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини 



барпо этишнинг асосий йўналишлари //Халқ сўзи. 2002. 30 август.

 

2



 Уразаев Ш.З. Конституция независимого Узбекистана. – T.:  Адолат,  1993.-16-б.

 

3



  Таджиханов  Б.У.  Ўзбекистон  Республикасида  инсон  ҳуқуқларини  амалга  ошириш:  назарий  ва  амалий  

муаммолари..Юридик фанлар номз…дисс.–Т., 2003. -43-б.

 



23 

 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlar,  ularning  kafolati  hamda  fuqarolarning  burchlari 



mustahkamlangan.  

Darhaqiqat, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek, “ Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to’la 

qaror  toptirish  uchun,  eng  avvalo,  mo’tabar  zaminda  tavallud  va  tarbiya  topgan 

shaxs,  o’zini  aynan  shu  yurt  farzandi  deb  bilguvchi  inson  o’z  davlati,  o’z  xalqi 

oldidagi,  uni  katta  umidlar  bilan  tarbiya  etgan,  voyaga  yetkazgan  jamiyat  oldida 

burchini  ado  etish  kerak...  Har  qaysi  fuqaro  har  birimiz:  Shu  davlat,  shu  jamiyat 

menga  nima  berdi  deb  emas,  balki  men  o’zim  Vatanimga,  elu  yurtimga  nima 

berdim deb oylashimiz va aqida bilan yashashimiz kerak”

1

.  



O’zbekistonnig  mustaqil  rivojlanish  yillarini  shartli  ravishda  ikki  bosqichga 

bo’lish mumkin bo’lib, bu ikki bosqichning har birida inson huquqlari ham o’ziga 

xos rivojlanish tarixiga ega. 

  Birinchi  bosqich  –  1991-2000-yillar:  birinchi  darajali  islohotlar  va  o’tish 

davri  islohotlari  va  milliy  davlatchilik  asoslarini    shakllantirish.  Bu  davrda 

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning huquqiy va tashkiliy asoslari, 

bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan asoslari  barpo etildi, inson huquqlari 

va  erkinliklarini  rag’batlantirish,  ularga  rioya  etish  va  himoya  qilish  tizimi 

shakllantirildi.  Ayni  shu  yillarda  O’zbekiston  BMT  ning  inson  huquqlariga  oid 

oltita  hujjatlariga  qo’shildi,  inson  huquqlari  boyicha  milliy  institutlar,  inson 

huquqlari sohasida uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etildi. 

Ikkinchi  bosqich  –  2001-yildan  hozirgacha:  faol  demokratik  yangilanish  va 

mamlakatni  moderinizatsiyalash  davri.  Bu  davr,  birinchidan,  umumdavlat  va 

mintaqalar  manfaatlarini  ifodalovchi  ikki palatali parlamentning tashkil etilishi  va 

faol  ishlashi  asosida    qonunchilik  hokimiyati  roli  va  ta’sirining  kuchayishi, 

ikkinchidan,  davlat  miqyosidagi  muhim  qarorlar  qabul  qilinishida  siyosiy 

partiyalar  va  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  roli  va  ta’sirining  oshishi,  davlat 

tuzilmalari ustidan jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish borasida 

nodavlat  notijorat  tashkilotlari  nufuzi  va ahamiyatining oshishi;  uchinchidan, sud-

                                                             

1

 Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. – Т.: Шарқ, 1993. -272-б.



 


24 

 

huquq  tizimini  liberallashtirish  va  insonparvarlashtirishga  qaratilgan  tub 



islohotlarning  amalga  oshirilishi,  jazo  tizimidan  o’lim  jazosining  chiqarib 

tashlanishi,  sud  hokimiyati    mustaqilligi  va  samaradorligining  mustahkamlanishi, 

va to’rtinchidan, inson huquqlari ta’limi sohasida keng axborot-ma’rifiy ishlarning 

amalga  oshirilishi,  jamiyatda  inson  huquqlari  madaniyatini    shakllantirish  va  uni 

rivojlantirish bilan tavsiflanadi

1



Inson  huquqlarini  himoya  qilish  –  Konstitutsiyaning  asosiy  prinsipi  bo’lib, 

O’zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-siyosiy  tizimini  tubdan  isloh  qilishning  asosiy 

yo’nalishi va pirovard maqasadi hisoblanadi. 

Har  bir  fuqaroga  o‘z  huquqini  tanish,  uni  himoya  qilish   imkoniyatini 

mustaqillik berdi. Kuni kecha huquqi buzilgan odam qaysi idoraga borishni bilmay 

turgan  bo‘lsa,  bugun  aholining  qonuniy  manfaatlarini  muhofaza  qiluvchi  o‘nlab, 

yuzlab  idoralar  bor.  Aynan  mustaqillik  yillarida  fuqarolarning  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qiluvchi  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  faoliyati  keng 

rivojlandi,  ularning  vakolati  va  ta’siri  kengaytirildi.  Bu  yana  bir  bor  mustaqillik, 

avvalo,  huquq  ekanligini,  mamlakatimizda  inson  huquqi  va  qadri  oliy  qadriyat 

hisoblanishining amaldagi isbotidir. 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling