Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

Ishning tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy bobni tashkil qiluvchi 

uchta  bob  va  oltita  paragraf,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  va  manbalar 

rо‘yxati,tadqiqot  jarayonida  qо‘llanilgan  izohli  sо‘zlar  lug‘ati  hamda  ilovalardan 

tarkib topgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 



 

I BOB.  INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY 



QADRIYAT 

1.1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati 

 

Inson  huquqlari  va  erkinliklari  –  oliy  qadriyat  Inson  huquqlari  insoniyat 



mavjudligining  va birgalikda  yashashining asosidir. Inson  huquqlari barcha  uchun 

umumiy, ajralmas  va o’zaro bog’liqdir.  Aynan  inson  huquqlari bizni odam qiladi. 

Inson huquqlari mavjud barcha dinlar va madaniyatlarga xos bo’lgan va tinchlik va 

taraqqiyot 

asos 

bo’lgan 


o’zaro 

kelishuvchanlik 

an’anasini 

o’zida 


mujassamlashtirgandir. Inson huquqlari hech bir madaniyat uchun begona emas va 

barcha  xalqlar  uchun  tabiiydir.  Kelishuvchanlik  va  bag’rikenglik  doimo  davlat 

boshqaruvi  va  inson  axloqining  intilish  tamoyillari  bo’lib  kelgan.  Inson  huquqlari 

xususida  gap  borganida,  har  qanday  huquq  nazarda  tutilavermaydi.  Zotan,  har  bir 

kishi  ko’ngli  tusagan  taomni  iste’mol  qilish  yoki  o’zi  kiyimni  kiyish  kabi 

huquqlarga  ham  ega.  Lekin  bunday  huquqlar  normativ  jihatdan  tartibga 

solinmaydi.  Bunga  hojat  ham  yo’q.  Chunki  bular  jamiyatning  milliy-madaniy  va 

ma’naviy  qoidalari,  an’analari,  odat  normalari  bilan  tartibga  solinadi.  Hozirgi 

kunda  ana  shu  tamoyillar  inson  huquqlari  deb  atalmoqda.  Inson  huquqlari 

tushunchasi  xususida  shuni  ta’kidlash  joizki,  bu  ibora  ob’ektiv  va  sub’ektiv 

ma’noda qo’llaniladi. 

Ob’ektiv  ma’noda,  inson  huquqlari  bu  shaxsning  huquqiy  maqomini 

belgilovchi, jamiyatda davlat va shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tartibga 

soluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalar tizimidir. 

Sub’ektiv  ma’noda,  esa  inson  huquqlari  bu  huquqiy  normalarda 

mustahkamlangan, muayyan shaxsga tegishli bo’lgan va davlat tomonidan himoya 

qilinadigan yurish-turish va hatti-harakatlar imkoniyati yoki vakolatlar tizimidir

1



Inson huquqlari tushunchasi va unga bo’lgan e’tibor  B. Spinoza va T.Gobbs 

asarlarida,  ularning  o’sha  davrga  xos  siyosiy  falsafasida  chuqur  iz  qoldirgan.  Bu 

J.Lokk, Sh.L.Monteske, J.J.Russo va G.V.Gegel asarlarida

1

 yanada rivojlantirildi.  



                                                             

1

 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари.  – T.: Baktria Press, 2012. - 24-б.



 


10 

 

Qadimgi yunon faylasufi Arastuning “inson – ijtimoiy mavjudot” degan fikri 



inson  huquqlari  nuqtai  nazaridan  o’ziga  xos  ahamiyatga  ega.  Inson  ijtimoiy 

mavjudod sifatida o’z mohiyatini jamiyat tarkibida namoyon qilishi mumkin. “Har 

qanday  huquq,  shu  jumladan  inson  huquqlari  kishining  biologik  mohiyati  bilan 

emas,  balki  uning  ijtimoiy  mohiyati,  muayyan  jamiyat  a’zosi  ekanligidan  kelib 

chiqadi.  Demak,  jamiyatdan  tashqarida,  boshqa  kishilar  bilan  biron-bir  ijtimoiy 

munosabatlarga  kirishmaydigan  odamning  huquq  va  erkinliklari  to’g’risida 

gapirishning o’zi o’rinsizdir. 

Inson huquqlari falsafasining asosi – bu shaxs qadr-qimmatidir. Tabiiy huquq 

ta’limoti  asoschilaridan  biri,  frаnsuz  mutafakkiri  J.J.Russoning  fikricha,  inson 

qadr-qimmati uning mohiyatidir, o’z erkinligidan voz kechish-insonning o’z qadr -

qimmatidan,  huquqlaridan,  majburiyatlaridan  voz  kechish  demakdir.  Bu  inson 

tabiatiga ziddir

2

.  


Inson  qadr-qimmati  uning  huquq  va  erkinliklari  hamda  majburiyatlarining 

manbai  hisoblanadi.  Holbuki,  yetarli  huquq  va  erkinliklarga  hamda  muayyan 

majburiyatlarga  ega  bo’libgina  inson  shaxs  sifatida  o’z  imkoniyatlarini  namoyon 

qila oladi. Bu o’z navbatida insoniyat taraqqiyotiga yo’l ochib beradi.   

Inson  huquqlari  –  moddiy  va  ma’naviy  ne’mat,  shart-sharoitlar  tizimidir, 

bularsiz  inson  normal  hayotiy  faoliyatini  yo’lga  qo’yishi,  fazilat  va  xususiyatlari 

rivojlanishiga  erishish,    “fuqarolik  manfaatlari”ni  amalga  oshirish  mumkin  emas. 

Fuqarolik  manfaatlari,  deb  men  hayot,  erkinlik,  sog’liqni  va  jismoniy  azob-

uqubatlarning  yo’qligi  hamda  pul,  yer,  turar-joy,  uy  anjomlari  va  boshqa  moddiy 

ne’matlarga ega bo’lishni tushunaman, - deb yozgan edi J.Lokk

3



 



“Inson  huquqlar”  –  quloqqa  hush  yoqadigan  bu  ibora  XX  asrning  so’nggi 

choragida  dunyo  xalqlarining  so’z  qutisida  eng  iste’molbop  kalomga  aylandi  va 

butun siyosatchilar va arboblarning tili uchida turadi. Salohiyatli davlat arbobining 

tilida  bu  so’zlar    odamlarning  qutlug’  niyatlarini  ifoda  etsa,  o’zini  “oppozitsiya” 

ataydigan  siyosatbozlar  ularni  notoza  siyosiy  “qimorbozlik”larida  “ko’pzo’r” 

                                                                                                                                                                                                    

1

 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари.  – T.: Baktria Press, 2012. - 20-б.



 

2

 O’sha manba. 21-b.



 

3

 Локк Дж. Сочинения.В 3т.//Пер.с англ и лат. – М.: Мысль, 1988. Т.З. – C.94.



 


11 

 

(“kozir”)  qartaga  aylantirib  olmoqchi  bo’ladilar



1

.  AQSH,  Rossiya  kabi  ulkan 

davlatlarning  ayrim  arboblari  esa  yangi  mustaqil  davlatlarning  irodali  rahbarlarini 

o’z  yo’rig’lariga  yurgizish  maqsadida    “Inson  huquqlari”ni  zohiriy  va  botiniy 

intilishlariga  niqob  qilib  kiydirishmoqchi  bo’ladilar.  “Inson  huquqlarini  poymol 

qilgan”likda,  “rusiyzabon  aholini  kamsitish”da  ayblayotib,  ular  faqat  insonning 

siyosiy  huquqlarini  nazarda  tutadilar,  holbuki  insonning  yashash,  nasl  qoldirish, 

mehnat  qilish  kabi  odamiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  fuqaroviy,  madaniy  huquqlari  ham 

bor

2

.  



Har  bir  inson  millati,  irqi,  ijtimoiy  ahvolidan  qat’iy  nazar,  boshqa  insonga 

teng  ekani  kabi  boyligi,  harbiy  qudrati,  aholisi-hududiy  kengligidan  qat’iy  nazar, 

jahon  hamjamiyati  qoshida  har  bir  mamlakat  boshqa  mamlakat  bilan  teng 

huquqlidir.  Ulkan  davlatlar  huquqi  ko’p  bo’lishi  mumkin  emas,  mas’uliyati  esa 

ko’p bo’lmog’i  kerak.  

  “Inson 

huquqlariga 

haqiqiy 


kuch 

bag’ishlovchi 

narsa 

ularning 



umumiyligidir.  U  har  qanday  chegaralarni  kesib  o’tadi,  har  qanday  to’siqlarni 

bartaraf  etadi,  har  qanday  kuchni  mavh  etadi.    Inson  huquqlari  uchun  kurash 

hamma  vaqt  va  hamma  yerda  yakkahokimlik  va  adolatsizlikning  barcha 

shakllariga:  qullik,  mustamlakachilik,  aparteidaga  qarshi  kurash  bo’lib  kelgan. 

Bugungi  kunda  uning  dolzarbligi  kamaygan  yoki  mohiyati  o’zgargan  emas”

3



Inson  huquqlarini  himoya  qilish  zarurati  shunday  vaqtda  yuzaga  keldiki  inson, 

uning  qadr-qimmati,  shani,  or-nomusi,  g’ururi  va  eng  muhimi  uning  hayoti  hech 

qanday  ahamiyat  kasb  etmay  qolgan  davr  edi.  Misol  tariqasida  shuni  aytish 

mumkinki,  Buyuk  Britaniya,  Chor  Rossiyasi,  Fransiya  va  boshqa  davlatlarning 

mustamlakachilik  siyosati  yoki  butun  dunyo  ommasini  larzaga  solgan  ikki  bir-

biridan  katta  jahon  urushlari.  Ana  shu  davrda  insonning  qadri  bir  chaqalik 

qiymatga  ega  emas  edi.  Birgina  ikkinchi  jahon  urushi  davrini  misol  qilib  olaylik, 

fashistlar germaniyasi tomonidan qanchadan-qancha odamlar turli xil juda jirkanch 

yo’llar  orqali  shavqatsizlik  bilan  o’ldirib  yuborildi.  Ular  ustida  turli  xil  tajribalar 

                                                             

1

Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари.  - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -154-б.



 

2

 O’sha manba. 154-b.



 

3

 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998.



 


12 

 

o’tkazildi,  vaholanki,  bunday  jirkanch  ishlarni  inson  bolasi  qilganligiga  ishonish 



qiyindir. Inson huquqlari himoyasi tarixan katta yo’lni bosib o’tdi. Inson huquqlari 

va erkinliklari tizimi o’z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega.  

Insonning o’z erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq 

kurashi  umuminsoniy  ahamiyat  darajasiga  ko’tarilgan  quyidagi  me’yoriy-huquqiy 

hujjatlarda o’zining moddiy ifodasini topgan: 

Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 y.); 

Huquq to’g’risidagi petitsiya (1628 y); 

„Habea Corpus AKT“ (1679 y.); 

Inson huquqlar to’g’risidagi bill (1689 y.); 

Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 y.); 

Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 y.); 

Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 y.); 

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 y.); 

Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to’g’risida  xalqaro  Pakt  (1996  y)  va 

boshqalar.  

Bundan  tashqari  inson  huquqlarining  jahon  miqyosida  rivojlanishini  ham 

o’ziga  xos  tarixi  bor.  U    o’z  navbatida  uch  katta  davrni  o’z  ichiga  oladi.  Bular 

quyidagilar: 

Birinchi  bosqich  1789-yilgi  Inson  va  fuqaro  huquqlari  to’g’risidagi  fransuz 

deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni 

o’z  ichiga  oladi.  Bu  bosqichda  insonning  shaxsiy  va  siyosiy  huquqlari  to’g’risida 

qonunchilik rivojlangan.  

Ikkinchi  bosqich  XX  asrning  birinchi  yarmiga  (1914-1950-yillar)  to’g’ri 

keladi.  Bu  bosqich  ostida  insonning    ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  huquqlari 

sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi. 

Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan 

davrni  o’z  ichiga  oladi.  Ushbu  bosqichda  ba’zan  “jamoa  huquqlari”  deb  ham 

yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi

1

.  


                                                             

1

 Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари.  – T.: Baktria Press, 2012. -20-б.



 


13 

 

  Inson  huquqlari  –  bu  insoniyat  tarixiy  taraqqiyotining  umumiy  yutug’i 



bo’lishi bilan birga, hozirgi kunda jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan 

biriga  aylangandi.  Chunki,  xalqlar  va  millatlarning  erkin  taraqqiyoti  hamda  inson 

huquqlari totalitar tuzumlarining mavjudligi va urush ofatlari tufayli poymol etilib 

kelinmoqda.  Shuning  uchun  ham,  inson  huquqlarining  xalqaro  miqyosda  hurmat 

qilinishini  ta’minlash  BMT  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  hamda  davlatlar 

faoliyatlarining  asosiy  maqsadlariga  aylandi.  Bu  maqsad  BMT  Nizomi  va  Inson 

huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  kabi  xalqaro  hujjatlarda  o’z  ifodasini  topib, 

inson huquqlari rivojlanishining yangi bir davrini boshlab berdi. Bu hujjatlar  Inson 

huquqlari  Umumjahon  Deklaratsiyasi,  1965-yilgi  Irqiy  kamsitishning  barcha 

shakllarini  tugatish  to’g’risidagi  xalqaro  konvensiya,  1979-yilgi  Xotin-qizlarni 

kamsitishning barcha turlarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, 1984-yilgi 

Qiynoq  hamda  muomala  va  jazolashning  qattiq,  shafqatsiz,  insoniylikka  zid  yoki 

qadr-qimmatni  turlariga  qarshi  konvensiya,  1953-yilgi  Xotin-qizlarning  siyosiy 

huquqlari  to’g’risidagi  konvensiya,  1986-yilgi  Xalqalarning  tinchlikka  bo’lgan 

huquqlari  to’g’risidagi  deklaratsiya,  1986-yilgi  Rivojlanish  huquqi  to’g’risidagi 

dekloratsiya,  1981-yilgi  Din  yoki  e’tiqodlar  zamiridagi  murosasizlik  va 

kamsitishlarning  barcha  shakllarini  bartaraf  etish  to’g’risidagi  dekloratsiya,  1979-

yilgi  Huquq-tartibotni  saqlash  bo’yicha  mansabdor  shaxslarning  axloq  kodeksi, 

1985-yilgi  Sud  organlari  mustaqilligining  asosiy  tamoyillari,  YuNESKO  xalqaro-

huquqiy hujjatlari

1

 inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar hisoblanadi. 



 

Inson  huquqlari  Umumjahon  Deklaratsiyasining  qabul  qilinishi,  inson 

huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ana shu 

vaqtdan  tom  ma’noda  keng  e’tibor  berila  boshlandi.  1948-yil  10-dekabrda 

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Bosh  Assambleyasi  to’liq  matnida  Inson 

huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasini  tasdiqladi  va  e’lon  qildi.  Ushbu  tarixiy 

ahamiyatga ega bo’lgan qarorni qabul qilar ekan, Bosh Assambleya Tashkilotning 

barcha  a’zo  davlatlarini  Dekloratsiya  matnini  ommaviy  chop  etishga  va 

“mamlakatlar  va  hududlarning  siyosiy  maqomlaridan  qat’iy  nazar  asosan 

                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.:  Адолат, 2013. -194-б.



 


14 

 

maktablarda  va  boshqa  o’quv  maskanlarida  tarqatishga,  e’lon  qilishga  va 



tushuntirishga” chaqirdi

1



  Demokratik  Fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday 

davlatning  demokratlashuviga  xos  xususiyatlarini  ko’rsatuvchi  shartlaridan  biri  – 

insonning huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq  belgilanishi hamda ularning 

ta’minlanishi  uchun  shart-sharoitlarning  yaratilishi  bilan  belgilanadi.  O’zbekiston 

Respublikasining  demokratik  huquqiy  davlatni  qurishdan  asosiy  maqsadi  –  ushbu 

davlatda  yashovchi  har  bir  fuqaroning  huquq  va  erkinliklarini  to’la  ta’minlashdan 

iborat

2

.  



  Tarixiy  tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  inson  huquq  va  erkinliklarini    faqatgina 

qonunlarda belgilab qo’yilishi masalani hal qila olmaydi. Ma’lumki totalitar tuzum 

hukumronlik  qilgan  sobiq  ittifoq  qonunlarida  ham  fuqarolarning  ko’plab  huquq, 

erkinliklar belgilanar, biroq ular amalga oshmay ketar edi.  

  Komunistik  mafkura  ko’p  jihatdan  sinflar,  xalqlar  to’g’risida,  ularning 

hayoti, turmushi haqida qayg’urib “inson”ni esdan chiqargan edi.  

  Inson huquqlari va erkinliklari keng ko’lamli masaladir. Shunga ko’ra inson 

huquqlari bilan bog’liq barcha voqea-xodisalar, barcha ijtimoiy munosabatlar xatto 

ayrim  tabiiy  fanlarning  ham  o’rganish  mavzui  hisoblanadi.  Bunday  umumiylikka 

har  bir  ijtimoiy  fan  insonning  mohiyati,  uning  xilma-xil  faoliyati  qirralarini 

o’rganish  bilan  shug’illanishi  sababchidir.  Insonni,  uning  hayoti  va  faoliyatining 

muhim  tomonlarini  chuqurroq  o’rganishda  bunday  alohidalik  muhim  ma’no  va 

ahamiyat kasb etadi.  

Bizga  ma'lumki,  inson  huquqi,  ularning  tеngligi  masalasi  ko`hna  tarix  kabi 

qadimiydir.  Jamiyat  taraqqiyotida  insonlarning  haq-huquqlari  va  ularning  tеngligi 

masalasi  ilg`or  fikrli  kishilarni  muttasil  jalb  etib  kеlgan.  Tarix  sahifalari  o`zida 

inson  huquqlari  masalasiga  doir  ko`plab  e'tiborli  voqеa  va  faktlarni,  xalqning 

intilish  va  harakatlarini  muhrlagani  hammaga  ayon.  Insoniyat  taraqqiyoti  tarixi 

                                                             

1

 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларацияси.– T., 1998. -3-б.



 

2

 Ғафуров А.Б.  Мўминов А.Р. Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012. -24-б.



 


15 

 

shunday  guvohlik  bеradiki,  qayerda  dеmokratiya  ildiz  otsa,  o`sha  joyda  inson 



huquqlari, fuqarolarning tеngligi masalasi alohida dolzarblik kasb etadi.  

  Shu  o’rinda  ta’kidlash    joizki,  inson  huquqlari  g’oyalarining  rivojlanishi 

xususida so’z borganda asosan G’arb olimlari, mutafakkirlari tomonidan yaratilgan 

asarlar,  ularning  ta’limoti  tilga  olinadi.  Boshqacha  aytganda  g’arbona  yondashuv 

(“yevrosentrizm”)  ga  ko’p  e’tibor  beriladi.  Inson  huquqlarining  paydo  bo’lishi  va 

rivojlanishi  bo’yicha  yevropasentrik  (ya’ni,  bu  sohada  Yevropa  dastlab  markaz 

bo’lgan  va  u  yerdan  tarqalgan)    va  osiyosentrik  (ya’ni,  bu  sohadagi  g’oyalar 

dastlab  Osiyoda  paydo  bo’lgan  va  bu  g’oyalarning  keng  tarqalishiga  katta  hissa 

qo’shgan) qarashlar o’rtasidagi baxs-munozara hali-hamon davom etib keladi. 

1

 



  Yunon-Makedoniya,  Rim,  Vizantiya  va  Usmoniylar  imperiyalarida 

yevropaliklar,  osiyolik  va  afrikaliklar  ham  yashagani  bois,  ular  o’rtasida  madaniy 

almashinuv  jarayoni  uzluksiz  kechgan.  Chunonchi,  “g’arbiy”  Rim  huquqi 

“sharqiy”  yahudiylar  huquqiga,  qolaversa,  “g’arbiy”  nasroniylar  huquqiga  ta’sir 

etgan,  ana  shu  nasroniy  huquq  esa,  mustamlaka    bosqinlari  davrida    ko’pgina 

“sharqiy”  huquqiy  an’analarga  o’z  ta’sirini  o’tkazgan.  Shu  sababli  ham,  inson 

huquqlari  sharqda  qanday  shakllanganligini  tahlil  etmay  turib,  inson  huquqlari 

bo’yicha xalqaro huquqning kelgusi rivojini anglab olish qiyin

2



Vaholanki,  inson  huquqlari  g’oyalarining  rivojlanishi  Sharqda  kurtak  yoya 



boshlagan,  qadimgi Sharqda inson huquqlari to’g’risida fikr yuritilganda, birinchi 

o’rinda    Zardushtiylik  dini  va  uning  muqaddas  kitob  “Avesto”ga  to’xtalib  o’tish 

maqsadga muvofiqdir.  

Zardushtiylikda  markaziy  o’rinlardan  birini  qonun,  shartnoma  va  tanlash 

katigoriyalari egallaydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobining uchdan bir qismini 

qonunlar  tashkil  etib,  ularning  maqsadi  mukammal,  barcha  munosabatlarda 

uyg’unlashgan, gullab-yashnaydigan jamiyatni qurishdir

3

.  



                                                             

1

 Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.:  Адолат, 2013.  -74-б.



 

2

 Саидов А.Х., Жузжоний А.Ш. Шарқ свилизацияси: Инсон ва ҳуқуқ.. – T.:Адолат, 2005. -78-б.



 

3

 O’sha manba. 75-b.



 


16 

 

Bu kitobda insonni ulug’lash, unga hurmat bilan muomalada bo’lish, odamlar 



bir-biriga  g’amho’rlik  qilishlari  kerakligi,  yaqinlariga  yaxshilik  qilishlari  haqida 

ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.  

Huquqshunos  N.  Safo-Isfihoninyning  ta’kidlashicha,  “qonun  tushunchasi 

zardushtiylikning  ilk  bosqichlaridanoq  uning  muhim  tarkibiy  qismi  bo’lgan. 

Zardushtiylikka  xos  muqaddas  kitobning  uchdan  bir  qismi  turli  bosqich    va 

sohadagi  qonunga  taaluqli  edi”,  zardushtlarning  “amaliy  qonunlar”ni  o’zida 

mujassam  etgan  muqaddas  kitobi  –  “Avesto”ning  maqsadi  esa,  “har  jihatdan    va 

hamma munosabatlarda uyg’unlikka erishiladigan, uyushgan, gullab-yashnayotgan 

jamiyat  barpo  etish”

1

dan  iborat  bo’lgan.  Zardushtiylik  huquqining  diniy 



xususiyatiga  qaramay,  etnik  mansubligi,  dini,  yoshi,  jinsi  va  qaysi  tabaqa 

mansubligidan qat’iy nazar, shaxs huquqlari unda Rim huquqidan ham bo’lmagan 

darajada  shakllangan  va  qaror  topgan.  Shu  bois,  tadqiqotchilar  zardushtiylik 

qonunlari  “odamlarning  xohish-irodasi  erkinligiga  e’tibor  beradi”

2

,  deb 


ta’kidlashlari bejis emas.  

Bundan  tashqari  bu  sohaga  sharq  mutafakkirlarining  qo’shgan    hissasi  ham 

katta bo’lgan. Jumladan, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon  Beruniy, Amir Temur, 

Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur 

kabi  buyuk  allomalar  insonni  tabiatning  buyuk  ne’mati  hisoblab,  uni  ulug’lab 

kelganlar.  

Jumladan, Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” degan asarining 

“Fozillar  shahri  hokimining  fazilatlari”  bo’limida  inson  huquqlari,  insoniylik, 

odillikka ahamiyat qaratgan. Yana bir sharq renessansining  namoyandasi  Abu  Ali 

ibn  Sino  bo’lib,  u  jamiyatdagi  tengsizlik  va  adolatsizliklarni  qoralaydi,  norozilik 

bildiradi.  U  hukumdorlar,  amir  va  beklarni  insof  va  adolatga  chaqirar  ekan, 

birinchi  o’ringa  insonni,  uning  huquq  va  erkinliklarini  qo’yadi.  Alloh  oldida 

                                                             

1

 Safa-Isfehani N. Rivayat-I Hemat-I Asawahistan: A Study in Zoroastrian Law (Harvard Iranian Ser). – Cambridge, 



1980.  Vol.  2.  –  P.I.//  Саидов  А.Х.  Инсон  ҳуқуқлари  бўйича  халқаро  ҳуқуқ.  Дарслик.  –  T.:  Konsauditinform-

Nashr, 2006. - 34-б.

 

2

 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. – T.: Konsauditinform-Nashr, 2006. - 36-б.



 


17 

 

barchaning teng ekanligini ta’kidlab, u har qanday jamiyat, davlat adolatni himoya 



etuvchi huquqiy qonunlar asosida idora etilishini talab qiladi.

1

 



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki inson huquqlari keng ko’lamli tushuncha 

hisoblanadi,  uni  himoya  qilish  esa  har  bir  erkin  fuqarolik  jamiyatini  qurayotgan 

davlatning  eng  muhim  vazifasi  hisoblanadi.  Inson  huquqlarini  himoya  qilish 

zaruratini  paydo  bo’lishini  hayotning  o’zi  taqazo  etdi.  Chunki,  XX  asr  birinchi 

yarmida butun dunyoda inson huquq va erkinliklari poymol qilinayotgan davr edi. 

Ana shu davrga kelib inson huquq va erkinliklarini himoya qilish butun dunyo 

ommasining muhim vazifasiga aylanib ulgurdi va bu sohada ko’plab ishlar amalga 

oshirildi va hozirgi kunda ham amalga oshirilib kelmoqda. 

 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling