Tadqiqot predmetini O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va
erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi sohasidagi amalga
oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va milliy
qonunchiligida mustahkamlangan insonning asosiy huquq va erkinliklari
to’g’risidagi normalarni qo’llanishi bilan bog’liq bo’lgan ilmiy-nazariy va amaliy
masalalar tashkil etadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi –
mustaqillik va demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitida fuqarolarning
asosiy huquq va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi
borasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazariy-huquqiy va tarixiy-qiyosiy tahlil
qilishdan iboratdir. Ana shu asosiy maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot
jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinishi nazarda tutiladi:
- Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zaruratini o’rganish;
- Demokratik
jamiyat
qurishda
inson
huquqlari
va
erkinliklarini
kafolatlashning o’rni haqida atroflicha ma’lumot berish;
- Inson huquqlari boyicha mamlakatda amalga oshirilgan ishlar haqida
ma’lumot berish;
- O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha faoliyat yurituvchi
tashkilotlar haqida tushuncha berish ;
- Mavzuni Kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda o’qitishning
ta’lim texnologiyalari va metodik tavsiyalar berish;
- Mavzu yuzasidan tegishli xulosa chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |