Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi
KIRISH
dolzarb muammolaridan biri bo’lib, davlatning demokratik taraqqiyotini ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi. Inson huquqlari va erkinliklari g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu g’oya rivojiga ko’plab mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shganlar. Shu ma’noda ham inson huquq va erkinliklari butun insoniyat umumiy ma’naviy- huquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Inson huquqlari va demokratiya O’zbekistonning milliy va davlat manfaatlariga, xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to’la mos keladi” 1 .
siyosiy, madaniy va ma'naviy yangilanishning ulkan istiqbollarini ochib berdi. O’zbekiston Respublikasida rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakillantirish, huquqiy davlat qurishning asosini respublikaning o’ziga hos xususiyatlari, xalq an'analarini hisobga olish va o’z rivojlanish yo’liga qat'iy va izchil amal qilish tashkil etadi. Inson huquqlarini himoya qilish mustaqillikning asosiy qomusi bo’lmish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishi va yakuniy maqsadidir. Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2004-yillarni kurramizda "Inson huquqlari bo’yicha ta'lim o’n yilligi" deb e'lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1996-yil avgust oyida bo’lib o’tgan oltinchi sessiyasida respublika Prezidenti I. A. Karimov "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari" mavzuida ma'ruza qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim va ajralmas qismi bu
1 Каримов И. А. Ўтмишсиз келажак, ҳамкорликсиз тараққиёт бўлмайди. ЮНЕСКО Ижроия Кенгаши сессиясида сўзлаган нутқ, 1996 йил 24 апрель, Париж / Бунёдкорлик йўлидан. Т.4. –Т.: “Ўзбекистон”, 1996. - 334-б.
5
inson huquqlari va erkinliklari ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, inson huquqlari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy boyligi bo’lib, unga bundan keyin ham katta e'tibor berish huquq va erkinliklarga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, buning uchun nazorat olib boruvchi tuzilmalar tizimini takomillashtirib, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yahshilash alohida ko’rsatib o’tildi 1 . Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan qisqa muddat ichida taraqqiyot sari, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lida dadil qadamlar qo’yilmoqda. Barcha sohalarda islohotlar chuqur ildiz otmoqda. Taraqqiyotning bu bosqichda qonunchilik va qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi nazoratini yanada takomillashtirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda qonunlarni tayyorlash va qabul qilish, ularni hayotga to’la tadbiq etish, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini huquqiy ta'minlashning samarali tizimi yaratilgan bo’lib, u o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ayni paytda, mamlakatimizda inson manfaatlarini yanada to’laroq ta'minlash va samarali kafolatlash yo’lida yangi qonun hujjatlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish vazifasi dolzarb bo’lib turibdi. O’zbekistonda inson huquq va erkinliklari Konstitutsiya, milliy qonunchilik hamda umum e’tirof etilgan xalqaro-huquqiy normalar bilan himoya qilinadi va kafolatlanadi.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling