Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

Tadqiqotning davriy chegarasi. Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi 

1991-2014-yillarni o’z ichiga oladi. 



Mavzuning  о‘rganilish  darajasi.  Inson  huquqlari  masalasi  ilmiy 

tadqiqotlarda  yangi  mavzu  emas.  O’zbekistonda  inson  huquqlari  boyicha  ilmiy 

tadqiqotlar  mustaqillik  yillaridagina  amalga  oshirilayotgan  bo’lsa-da,  aslida  bu 

masala huquqshunoslik va tarix fanida ko’p asrlardan beri  huquqshunos, faylasuf, 

siyosatshunos va tarixchi olimlarning tafakkurini band etib kelmoqda. 

                                                             

1

 Каримов И. А.  Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. –Т.: “Ўзбекистон”, 1996. - 134-б. 



 


 

Binobarin  inson  huquqlari  muammosi  nafaqat  huquq  fanlari  doirasida,  balki 



tarix  fanlari  nuqtai  nazaridan  ham  tadqiq  qilinadi.  Bu  borada  O’zbekiston 

Respublikasida  va  boshqa  horijiy  mamlakatlarda  ko’plab  asarlar  yaratilgan,  ilmiy 

tadqiqotlar o’tkazilib, ilmiy-nazariy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. 

O’zbekistonda  inson  huquqlarini  ilmiy  mafkuraviy  “izm”lardan  xoli  tadqiq 

etish  asosan  XX  asrning  so’nggi  o’n  yilligida  boshlandi.  Ayniqsa,  1996-yil  29-

avgustda bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

oltinchi  sessiyasidan  so’ng  inson  huquqlarini  o’rganish  va  uni  tadqiq  etish 

masalasiga  e’tibor  yanada  kuchaydi.  Prezident  I.A.  Karimov  tashabbusi  bilan 

barcha  maktab  va  oliy  o’quv  yurtlarida  inson  huquqlari  boyicha  maxsus  o’quv 

kurslari kiritildi

1



Inson  huquqlari,  erkinliklarining  umumiy  masalalari  va  ularni  himoya 



qilishning  ayrim  muammolari  ko’plab  olimlarning  e’tiborini  tortib  kelmoqda. 

Xususan,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilish  masalalari  va 

muammolarining  ayrim  jihatlari  H.B.Boboyev,  A.X.Saidov,  S.A.Sultonov,  A.X  

Saidov,  A.  Juzjoniy,  G’.  Axmedov,  A.Sattorov,  M.M.    Fayziyev,  F.M.Fayziyev, 

O.T.  Husanov  va  boshqalar,  A.R.Mo’minov,  M.A.Tillabayev,  A.Saidov, 

U.Tadjixanov, K. Bahriyev asarlarida hamda B.U.Tadjixanov, Z.R. Ruziyev, A.X. 

Sattarovlarning nomzodlik disertatsiyalarida o’rganilgan

2




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling