Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#214979
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi

 

 

                                                             

1

  Мўминов А.Р. Тиллабаев  М.А. Инсон ҳуқуқлари. - Т.: Адолат, 2013.- 279-280-б.



 


25 

 

II BOB. INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLASHDA 



MUSTAQILLIK OMILI 

2.1 Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga 

oshirilgan ishlar 

O’zbekiston  davlatining  o’z  oldiga  qoygan  muhim  vazifalaridan  biri  o’z 

fuqarolarining  huquq  va erkinliklarini kafolatlash, ta’minlash  va qo’riqlashdir.  Bu 

vazifaning  huquqiy  ifodasi  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasining  X 

bobida  aks  ettirilgan.  Huquqiy  demokratik  davlat  qurish  yo’lidan  borayotgan 

O’zbekiston Respublikasi yashovchi har bir inson, fuqaro o’z huquq va erkinliklari 

qonunlar  bilan  kafolatlanganligini  bilish  shart

1

.  “Demokratiyaning  eng  muhim 



prinspi  –  odamlarning  saylov  huquqi,  o’z    xohish-irodasini  erkin  ifodalash,  o’z 

manfaatlarini  royobga  chiqarish  va  himoya  qilish  huquqini  ta’minlash  uchun 

haqiqiy shart-sharoit, huquqiy zamin yaratib berilishi lozim”

2

,- deb ta’kidlagan edi 



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 

O’zbekiston Respublikasida insonlar asrlar osha orzu qilib kelgan demokratik 

huquq  va  erkinliklar  kafolatlanmoqda.  O’zbekiston  –  kelajagi  buyuk  davlat.  Bu 

mustaqil, huquqiy, demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan 

millati,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy  e’tiqodlaridan  qat’it  nazar  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir

3



  Hozirgi  kunda  inson  huquqlari  nazariyasi  yangi  mazmun  kasb  etib,  yanada 



dolzarb  mavqeyga  ko’tarilib  bormoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  “Mustaqillik 

deklaratsiyasi”  (1990-yil  20-iyun)  va  ‘Davlat  mustaqilligining  asoslari 

to’g’risida”gi  (1991-yil  31-avgust)  qonundayoq  inson  huquqlarining  zamonaviy 

falsafasiga  asoslanadi:  ya’ni  “Inson  huquqlari”  davlat  hokimyatining  mezoni 

ekanligi  anglab  yetildi  va  unga  sodiqlikni  bayon  etdi.  Ana  shunday  adolatli 

g’oyalarni  o’ziga  singdirgan  Konstitutsiya  ham  yaratildi  (1992-yil  8-dekabr).  

O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  inson  va  fuqaroning    huquqiy 

                                                             

1

 Ўзбекистон Республикаси Кониституцияси.–Т.: Ўзбекистон, 2012.



 

2

 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. – Т.: Ўзбекистон, 1999.- 17-б.



 

3

 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1992.-15-16-б.



 


26 

 

holatini  belgilashda  inson  huquqlari  ustuvorligi,  davlat  bilan  fuqaroning  o’zaro 



siyosiy-huquqiy  aloqadorligi  hamda  mas’ulligi  prinsiplariga  asoslanuvchi 

tamomila yangi konsepsiyaga tayangan

1



  O’zbekiston  Respublikasida  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishga 



doir  keng ko’lamli  ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasida  inson 

huquqlarini  himoya qilish  va  unga rioya etishning amaldagi  mexanizmini  vujudga 

keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan: 

1. Respublikada  inson  huquqlarini  himoya  qilish  va  unga  amal  qilishning 

huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish; 

2. Inson  huquqlarini  ta’minlash  sohasida  sud  hokimiyati  va  ijro  hokimiyati 

idoralari  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  va  inson  huquqlari  boyicha 

qo’shimcha milliy tuzilmalar yaratish; 

3. Inson  huquqlariga  amal  qilish  va  uni  hurmat  qilishning  zarurligini 

tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichma-

bosqich  huquqiy tarbiyalash  hamda  mansabdor shaxslarni  huquqiy savodxonligini 

kuchaytirish yo’li bilan jamoatchilik ongini oshirishga ko’maklashish; 

4. Inson  huquqlari  masalalari  boyicha  monitoring  sohasida  nodavlat 

tashkilotlarning  imkoniyatlaridan  samarali  foydalanish  maqsadida  fuqarolarning 

jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni o’rnatish; 

5. Inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishni huquqiy va tashkiliy 

ta’minlash sohasida xalqaro tajribani o’rganish va qo’llash hamda O’zbekistonning 

tarixiy an’ana va madaniy udumlarini hisobga olish

2



 Dastavval  bu  ishlarning  huquqiy  tizimi  yaratildi,  ya’ni  O’zbekiston 



Respublikasi  Konstitutsiyada  inson  huquq  va  erkinliklari  mustahkamlandi. 

O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat va 

mafkurada  yuz  bergan  tub  o’zgarishlarni  aks  ettiradi.  Saidov  A  va  Tadjixanov  U 

                                                             

1

 Одилқориев Х.Т. Фуқароларнинг кониституциявий ҳуқуқ ва эркинликлари // Хотин-қизлар ва болаларнинг 



ҳуқуқларига оид қонун кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон. 2000. -7-б.

 

2



  Рашидова  С.  Инсон  ва  жамият  фаровонлигини  таъминлаш  –  қонунийлик  принципининг  мақсадидир  // 

Конституция ва қонунларнинг устунлиги Ўзбекистон тарраққиётининг кафолати. – Т.: Адолат, 2000.-13-б.

 



27 

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlariga oid 



qoidalarni quyidagicha tizimga solishni taklif etadilar: 

Birinchidan,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  tan  olish  va  himoya  qilish  – 

davlat majburiyatidir; 

Ikkinchidan,  inson  huquqlari  va  erkinliklari  royxati  xalqaro  huquqiy 

standartlarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; 

Uchinchidan,  inson  huquq  va  erkinliklari  unga  tug’ilganidan  boshlab 

taaluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g’oyasi, nazariyasining e’tirof etilishi; 

To’rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarining hammaga va har bir kishiga 

teng va barobar taalluqliligi; 

Beshinchidan,  inson  huquqlari  va  erkinliklari  davlat  idoralari  faoliyatining 

mazmunini tashkil etadi; 

Oltinchidan, fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; 

Yettinchidan,  inson  huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirish  boshqa 

shaxslarning huquqlarini buzmasligi zarurligi

1



Bundan  ko’rinib  turibdiki  respublikada  inson  huquqlari  va  erkinliklarini 



himoya qilish ham nazariy  ham amaliy jihatdan amalga oshirilmoqda.   

Sobiq  Ittifoq  tarqab  kеtgandan  kеyin  hozirgi  MDH  davlatlarida,  shu 

jumladan,  O`zbеkistonda  ham  inson  huquqlari  va  ularni  himoya  qilishga  katta 

e'tibor  bеrilmoqda.  Xalqaro  huquq  normalari  talabiga  muvofiq,  O`zbеkistonda 

nafaqat  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  konstitutsiyaviy  huquqiy  himoyalash 

asoslari va kafolatlari shakllandi, shu bilar birga uni rag`batlantirish, himoya qilish 

yuzasidan  tashkiliy  mеxanizm  hamda  tеgishli  milliy  infrastruktura  ham  vujudga 

kеltiriddi. Ma'lumki, 1995-2005 yillarni kurramizda inson huquqlari o`n yilligi dеb 

e'lon qilib BMT insoniyat tarixida vaqtning yangi hisobini boshladi.  

O`zbеkiston  Rеspublikasi  inson  huquqlari  xususida  jamoatchilikni  xabardor 

qilish  Umumjahon  kompaniyasini  o`tkazishga  qaratilgan  umumjahon  dеmokratik 

tashabbuslarning  faol  qatnashchisi  bo`lib,  jahonda  inson  huquqlari  o`n  yilligini 

ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z  hissasini qo`shmoqda. 

                                                             

1

 Саидов А., Таджиханов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Т.2. –Т.: Адолат, 2001.- 446-447-б.



 


28 

 

O`zbеkiston Rеspublikasida 1997-yil – Inson mаnfaatlari yili, 1998-yil – Oila 



yili, 1999-yil  –  Ayollar  yili, 2000-yil  – Sog‘lom avlod  yili,  2001-yil – Onalar  va 

bolalar  yili,  2002-yil  –  Qariyalarni  qadrlash  yili,  2003-yil  –  Obod  mahalla  yili, 

2004-yil  –  Mehr  va  muruvvat  yili,  2005-yil  –  Sihat-salomatlik  yili  deb 

nomlanganligi va bu yillar uchun mo’ljallangan Davlat Dasturlari doirasida amalga 

oshirilgan ishlar buning tasdig’idir. 

O’zbekistonda  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  oid  islohotlar  bosqichma-

bosqich  amalga  oshirib  kelinmoqda.  Bu  islohotlarning  yorqin  misoli  1997  – 

yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi 

va  bu  bilan  O`zbеkistonda  huquqiy  dеmokratik  davlat  va  adolatli  fuqarolik 

jamiyati qurish stratеgiyasini bеlgilab bеrdi. Vazirlar Mahkamasining  1997-yil 19-

fevraldagi  91-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  Inson  manfaatlarini  ta’minlash 

borasida  1997-yilda  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlar  dasturi  qabul  qilindi  va 

shu  dastur  asosida  mamlakat  boylab  keng  ko’lamli  ishlar  amalga  oshirildi. 

Dasturga ko’ra,  Har bir oila,  har bir  insonning  hayoti  va  farobonligini  yaxshilash, 

shaxs  o’z  fikrini  ifoda  etishi,  fuqaro  iste’dodlari  va    imkoniyatlarini  royobga 

chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat yordamiga muhtoj oilalar va 

kishilarga e’tiborni kuchaytirish,onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni 

har  tomonlama  uyg’un  kamol  toptirish,  keksa  avlod,  pensionerlar  to’g’risidagi 

g’amxo’rlikni  kuchaytirish,  shaxs  manfaatlari  muhofazasining  huquqiy  asoslarini 

takomillashtirish,  shaxs  manfaatlari  muhofazasini  ta’minlashning  tashkiliy-

huquqiy  vositalari,  sud-huquq  islohotini  chuqurlashtirish,  odil  sudlov  tizimini 

demokratlashtirish,  fuqarolarning  huquqiy  tarbiyasini  takomillashtirish

1

  yuzasidan 



turli xil ishlar amalga oshirildi.  

Insoniy  o`lchovlar  iqtisodiy  islohotlarning  yadrosiga  aylanib  bormoqda, 

ularni  umuminsoniy  qadriyatlar  mazmuni  bilan  to`ldirmoqda,  2010-yilda 

mustaqilligimizning 19 yillik tantanalarini “Bu muqaddas vatanda – azizdir inson”  

                                                             

1

 Инсон манфаатларини таъминлаш борасида 1997-йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар дастури.- Т.: 



Ўзбекистон, 1997. -36-б.

 



29 

 

shiori  ostida  katta  ko’tarinkilik  bilan  o’tkazilganligi,  O’zbekistonda  inson 



huquqlari boyicha milliy institutlar tizimining tashkil etilganligidir

1

.   



Inson  huquqlarini  Konstitutsiya  asosida  har  tomonlama  himoya  qiladigan  va 

huquqiy  meyorlar  qabul  qilish      davrini    boshladi.  Shuning  uchun  ham 

I. A. Karimov qabul qilingan  yangi Konstitutsiya nuqtai nazaridan  qonunchilikni 

ko’rib  chiqish  lozim,  degan  talabni  ilgari  surdi.  Prezident  tomonidan  talablarni 

hayotga  joriy etish  mamlakatimizda turli sohalar boyicha  kodekslar,  va huquqiy 

meyorlar  tayyorlashga  jadal  kirishildi.  Bu  hujjatlar  xo’jalik  yuritishni 

takomillashtirish,  ma’muriy  huquq,  jinoyat  huquqi  va  jinoyat  jarayoni,  fuqarolik 

kodeksi  va  boshqa  kodekslarning  asosiy  demokratik  tamoyillari,  inson  erki  va 

huquqlarini himoya qiladi  va ular  izchillik bilan tatbiq etilmoqda. 

O’zbekistonda  o‘tgan  besh  yil  mobaynida  qabul  qilingan  58  ta  qonunga 

muvofiq, sud-huquq nizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi

2



Bundan  tashqari  Respublikada  sud-huquq  tizimida  ham  inson  huquq  va 

erkinliklariga oid bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

Inson  huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bog’liq  masalalar  yuzasidan  fuqarolar  

tegishli  huquq-tartibotni  muhofaza  etuvchi  idoralarga  murojaat  etganida, 

mansabdor 

shaxslarning 

xatti-harakatlari 

tufayli 


fuqaroning 

huquqlarini  

kamsitadigan  hollar  mavjudligi  amaliyotdan  ma’lum.  Islom  Karimov  O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining qator sessiyalarida bunday salbiy holatlarni bartaraf 

etish zarurligini qayd etib o’tgan. 

Konstitutsiyaga  asosan  har  bir  shaxs  o’zining  huquq  va  erkinliklarini  sud 

orqali  himoya    qilishda    davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  ham  jamoat 

birlashmalarining  g’ayriqonuniy  hatti-harakatlari  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  

huquqi kafolatlanishi maxsus huquqiy meyorlarda o’z ifodasini topgan. Davlatning 

biron  bir  idorasi  nizoli  ishlarni,  sud  kabi  odilona  mexanizm  orqali  hal  eta 

olmasligiga  qaramasdan,  aksariyat  fuqarolar  shikoyat  va  arizalar  bilan  sudlarga 

                                                             

1

 www.uza.uz



 

2

  Каримов  И.А.  Жаҳон  инқирозининг  оқибатларини  енгиш,  мамлакатимизни  модернизация  қилиш  ва 



тараққий топган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т.18.  – Т.: Ўзбекистон, 2010. -129-б.  

 



30 

 

murojaat  etmasdan,  bosh  idoralarga  murojaat  qilishga  odatlanib  qolganligi 



amaliyotdan ma’lum. 

Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlardan  biri  1995-yilning 

30-avgustida  Oliy  Majlisning  uchinchi  sessiyasida  qabul  qilingan  “Fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga 

shikoyat qilish to’g’risida”gi qonundir. Bu qonunga ko’ra, endilikda fuqarolarning 

poymol qilingan huquqni himoya qilishga qaratilgan sud idoralarining vakolati bir 

muncha kengaytirildi

1

.  



O’zbekiston  Respublikasida  jinoiy  jazo  tizimini  liberallashtirish,  amalda  sud 

hokimiyatining  mustaqilligini  ta’minlash  jarayonlariga  katta  e’tibor  berildi. 

Amaldagi  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  13  ta  moddasida  o`lim  jazosi 

qoldirildi,  xolos.  Bu  holat  endigina  mustaqil  bo`lgan  va  o`z  xavfsizligini 

ta`minlashga  harakat  qilayotgan  respublikaning  ehtiyojlariga  mos  kelar  edi, 

albatta.  

O`tgan o`n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o`lim jazosi qo`llanilishi mumkin 

bo`lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi, ya`ni faqat terrorchilik va 

og`irlashtiruvchi  vaziyatlarda  qasddan  odam  o`ldirganlik  uchungina  o`lim  jazosi 

berilishi  ko`zda  tutilgan  edi.    2008-yil  1-yanvardan  bu  2  ta  jinoyat  uchun  o`lim 

jazosi  bekor  qilindi  va  uning  o`rniga  umrbod  yoki  uzoq  muddatli  ozodlikdan 

mahrum qilish jazosi belgilandi

2

. Vaholanki, yaqin o`tmishda O`zbekistonda o`lim 



jazosi  nafaqat bir qancha davlatga qarshi  va harbiy jinoyatlar, shaxsga qarshi o`ta 

og`ir  jinoyatlar  uchun,  balki  davlat  va  jamoat  mol-mulkini  juda  ko`p  miqdorda 

talon-toroj  qilganlik,  mas`ul  mansabdor  shaxsning  pora  olishi  yoki  juda  ko`p 

miqdorda  pora  olish,  shuningdek,  ayrim  boshqa  jinoyatlar  uchun  ham  nazarda 

tutilgan  edi. 2008-yil  1-yanvardan  boshlab  o’lim  jazosini  bekor  qilish  to’g’risida, 

shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan 

sudlarga o’tkazish to’g’risida  2007-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi 

qonunlari butun dunyoda ulkan qiziqish va e’tibor uyg’otdi. 

                                                             

1

 www.lex.uz



 

2

 www.parlament.uz



 


31 

 

O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish mamlakatimizda xotin-



qizlarga,  jinoyat  sodir  etgan  paytda  18  yoshga  yetmagan  shaxslarga  va  yoshi  60 

dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.  

2008-yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 

700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan. 

Sud amaliyotiga 2001-yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali 

faoliyat ko‘rsatmoqda.   53  ta jinoyat  tarkibi bo‘yicha  yarashuv  institutini qo‘llash 

imkoniyati  nazarda tutilgan.   Yarashuv  institutining  joriy etilishi  natijasida o‘tgan 

davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.  

2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga 

muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obektlari qatoridan chiqarildi

1



O’zbekiston Respublikasi bu qilinayotgan faol harakatlar orqali umuminsoniy 



va 

milliy 


qadriyatlarga 

qanchalik 

sodiqligini 

isbotlab 

kelinmoqda. 

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  ishlarning  hammasi  insonlar    uchundir. 

Inson  huquqlari  tizimida  bola  huquqlarining  himoyalanishiga  ham  katta  e’tibor 

berib kelinmoqda. Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida, 

birinchi  navbatda  inson  va  fuqarolar  huquqlarini  ta`minlashga  alohida  e`tibor 

qaratiladi.  Aytib  o`tish  kerakki,  aksariyat  hollarda  inson  huquqlari,  fuqarolar 

huquqlari  deyilganda  katta  yoshdagi  aholi  nazarda  tutiladi-yu,  bolalar  esa 

e`tibordan  chetda  qoladi.  O`zbekiston  Respublikasida  barcha  fuqarolar  huquqiy 

munosabatlarning 

subektlari 

hisoblanadilar. 

Bizga 


ma`lumki, 

huquqiy 


munosabatlar subekti deganda, qonun bilan belgilangan  huquq  va  majburiyatlarga 

ega  bo`lgan  shaxslar  tushuniladi.  Davlat  aholi  boshqa  tabaqalarining  qonuniy 

huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  bir  qatorda,  voyaga  yetmaganlar 

huquqlarini  himoyalash  va  ta`minlashga  ham  alohida  e`tibor  qaratadi.  Har  bir 

bolaning  yashashi,  kamol  topishi  uchun  asosiy  makon  oila  hisoblanadi.  Shuning 

uchun  ham  O`zbekiston  Respublikasi  Oila  Kodeksiga    muvofiq,  ota-ona 

                                                             

1

 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини  



ривожлантириш концепцияси // Ўзбекистон  овози. 2010-йил. 13-ноябрь. 

 



32 

 

zimmasiga  bolaning  farovon  hayot  kechirishi  va  kamolga  yetishi  haqida 



g`amxo`rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan

1



Bunga  Prezident  Islom  Karimovning  quyidagi  so’zlarini  keltirish  mumkin: 

“Bugun  qaysi  sohani  olmaylik  –  bu  paxta  yoki  g’alla  yetishtirish  bo’ladimi, 

ijtimoiy  hayotimiz  yoki  yangi-yangi  qurilishlar,  shahar  va  qishloqlarimizni 

obodonlashtirish  bo’ladimi  –  nimaiki  ish  qilmasak,  ularning  hammasi  oxir- 

oqibatda  inson  uchun,  shu  yurtda  yashayotgan  odamlar  uchun  qilinayotganini 

ko’rish qiyin emas”

2



Inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda va ularni himoya qilishda 



huquqiy  madaniyatning  roli  beqiyosdir

3

.  Huquqiy  madaniyatni  shakllantirish 



yuzasidan ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib, turli dasturlar, Prezidentning 

maxsus    farmonlari  va  Hukumat  qarorlari  e’lon  qilindi.  Jumladan,  1997  yil  25 

iyundagi  “Huquqiy  tarbiyani  yaxshilash,  aholining  huquqiy  madaniyat  darajasini 

yuksaltirish,  huquqshunos  kadrlarni  tayyorlash  tizimini  takomillashtirish, 

jamoatchilik  fikrini  o’rganish  ishini  yaxshilash  haqida”gi  farmon

4

,  1997  yil  10 



iyulda  qabul  qilingan  “O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tizimida 

fuqarolarning  qonunchilikning  buzilishi  yuzasidan  shikoyat  va  arizalarini  ko’rib 

chiqish  boshqarmasini  tuzish  to’g’risida”gi,  1997  yil  21  iyuldagi  “O’zbekiston 

Respublikasi  Adliya  vazirligi  qoshidagi  yuristlar  malakasini  oshirish  markazini 

tashkil  etish  to’g’risida”gi,  1997  yil  22  iyuldagi  “Huquqiy  ma’rifat  targ’iboti 

markazini  tashkil  etish  va  huquqiy  adabiyotlarni  aholiga  yetkazib  berishni  yo’lga 

qoyish to’g’risida”gi qarorlarni aytib o’tish lozim

5



  Yuqoridagilardan  tashqari  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishda 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  ham  o’rni  beqiyosdir.  Zero, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek,  mahalla 

                                                             

1

 Ўзбекистон Республикаси Оила Кодекси. 1998.2-модда.



 

2

  Каримов  И.А.  Инсон,  унинг  ҳуқуқ  ва  эркинликлари  ҳамда  манфаатлари  –  энг  олий  қадрият.  –Т.: 



Ўзбекистон, 2006.- Б. 63-64.

 

3



  Таджиханов  Б.У.  Ўзбекистон  Республикасида  Инсон  ҳуқуқларини  амалга  ошириш:  назария  ва  амалий 

муаммолари. Юридик фанлар номз…дисс. –Т., 2003. -107-б.

 

4

 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 1997, №7, 179-модда.



 

5

 O’sha manba. 109-b.



 


33 

 

jamiyat  uchun  ishonchli  tayanch  va  ta’sirchan  kuch  bo’lib  xizmat  qilishi  lozim



1

Shu  o’rinda,  fuqarolar  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  amaliy  faoliyatiga 



e’tibor  qaratiladigan  bo’lsa,  aynan  mazkur  institut  tomonidan  huquqlardagi 

aholining huquqlarini himoya qilinishi natijasida oilaviy ajrimlar miqdorini qariyb 

50  foizga  kamaytirishga  erishilganligini  kuzatish  mumkin.  Shuningdek,  notinch 

oilalar  30  foizga,  ayollar  o’rtasida  jinoyatchilik  va  giyohvandlik  holatlari  25 

foizga,  voyaga  yetmaganlar  sodir  etgan  jinoyatlar  miqdori  40  foizga,  o’z  joniga 

qasd  qilish  20  foizgacha  kamaygan  hamda  ikki  mingga  yaqin  xonadon  kam 

ta’minlangan  oilalar  royxatidan  chiqarildi

2

.    Bundan  ko’rinib  turibdiki, 



fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  inson  huquq  va  erkinliklarini 

ta’minlash sohasidagi  vakolatlarini  huquqiy jihatdan  maqbul  tarzda tartibga solish 

ularning  ijtimoiy  munosabatlarga,  birinchi  navbatda,  tegishli  hududda  istiqomat 

qiluvchi  aholining  farovonligi  oshishiga  ta’sir  ko’rsatishda  muhim  ahamiyatga 

egadir.  

Respublikada  inson  huquqlari  himoyasi sohasida qilinayotgan  ishlardan  yana 

biri  bu  jazoni  o’tab  qaytgan  shaxslarni  huquqlarini  himoya  qilish  ishlaridir.  Bu 

borada,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Jazoni  o’tash 

joylaridan  ozod  qilingan  shaxslarga  ijtimoiy-maishiy  jihatdan  va  ishga  joylashda 

yordam  ko’rsatish  boyicha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va 

hokimliklar  huzuridagi  maxsus  komissiyalar,  “Mahalla  posboni”  jamoat 

tuzulmalari  va  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  huzuridagi 

yarashtirish  komissiyalari  to’g’risidagi  Nizomlarni  tasdiqlash  haqida”gi  Qarori 

qabul qilindi

3

.  Bu qaror asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 



Shu o’rinda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida bugungi kunda 

mahalla  posbonlarining  35  foizi  –  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari, 

25  foizi  –  jinoyat  qidiruv  va  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash,  10  foizi  – 

                                                             

1

 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. –Т.: Ўзбекистон. 1996. -10-б.



 

2

  Маҳалла  –ҳаётимиз  кўзгуси  //  Ўзбекистон  “Маҳалла”  хайрия  жамғармасининг  2006-2011-йиллардаги 



ҳисобот-сайлов даврига оид маълумотлар. – Т.: 2001. -11-12-б.

 

3



 Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялшда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш ўганларининг ўрни (назарий ва 

ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2012. -77-б.

 



34 

 

tergov  xizmatlariga  ularning  vazifalarini  bajarish  jarayonida  ko’maklashib 



kelmoqdalar

1



Yana  shuni  ta’kidlash  kerakki,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlarining roli yildan yilga oshib bormoqda. 

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini 

himoya qilishga oid ishlarning ko’lami  mustaqillikning sharofati bilan kengayib 

bormoqda. Buni yuqoridagi qilingan ishlardan ham bilish qiyin emas. Yana shuni 

ham ta’kidlab o’tish kerakki, bu qilinayotgan ishlar o’zining samarasini berib 

kelmoqda va O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida o’z o’rnini 

topishida muhim ahamiyat kasb etmoda. 

 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling