Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o
Download 437.5 Kb.
|
12-guruh elementlar kimyosi
II.Asosiy qism
1.1 12-guruh elementlari haqida Bu guruhchaga rux, kadmiy va simob metallari kirib, rux guruhchasi nomi bilan ataladi. Ushbu guruhchadagi elementlar atomlarida faqat tashqi elektron qavatdagi elektronlargina valent elektronlar hisoblanadi, shu jihatdan mis guruhchasi elementlaridan farq qiladi. Simob ba’zi birikmalarda bir valentlikni namoyon qiladi Rux guruhchasi metallarining elektron konfigurasiyalari quyidagicha: Zn: [Ar]3d10 4s2; Cd: [Kr] 4d10 5s2; Hg: [Xe] 4f14 5d10 6s2 Bu elementlarning hammasi og’ir metallardir, simob odatdagi haroratda suyuq bo’ladi. Bular havoda kam oksidlanadi, odatdagi haroratda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, gidroksidlari kuchsiz asoslardir. Rux gidroksid esa amfoterdir. Ruxdan simobga o’tgan sari yadro zaryadi ortishi bilan qaytaruvchanlik faolligi kamayadi, metallarning bug’lanishi osonlashadi, metallik xossalari esa zaiflashadi. Odamzod uchun eng avval ruxning jez(latun) nomli qotishmasi (60% Cu va 40% Zndan iborat)malum bo’lgan. Rux toza holda XVIII asrdan boshlab ishlab chiqarilgan. Tabiatda rux faqat birikmalar holida uchraydi. Kadmiy 1817-yilda Shtromeyer tomonidan kashf etilgan. U ruxning tabiiy minerali-rux karbonatni tekshirish natijasida bu kashfiyotga erishgan. O’sha vaqtda boshqa olim German rux oksidni tekshirish natijasida rux elementini kashf etgan. Simob qadim zamonlardan beri ma’lum. Xitoyda miloddan 3000yil avval simobni bilishgan. Ovrupoda simob o’rta asrlarda alkimyogarlar qo’lida ефокшифдфк o’tkazish uchun asosiy modda sifatida ishlatilgan. Lekin tarixiy adabiyotda simob haqidagi ma’lumotlar oltin,kumush,mis,qo’rg’oshin va temir haqidagi ma’lumotlardan keyin paydo bo’lgan. Miloddan 300yil avval Teofrast kinovar (HgS.) dan simob olishga muvaffaq bo”lgan. Yatrokimyo davrida tabiblar tibbiyotga tarkibida simob bo’lgan dorilarni kiritganlar.Ilm-fanda,xarbiy ishda simobning vazifasi nixoyatda muhim bo’lgan. Download 437.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling