Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o
-guruh elementlari bilan tajribalar
Download 437.5 Kb.
|
12-guruh elementlar kimyosi
2.5 12-guruh elementlari bilan tajribalar
Zarur asbob va reaktivlar: gorelka, shtativ probirkalar bilan. Chinni hovoncha dastasi bilan. Rux qirindisi yoki bo’lakchalari. Natriy (metall). Simob (metall). Eritmalar: sulfat kislota (kons. Va 2n), xlorid kislota (kons. va 2 n), nitrat kislota (kons.va 2 n), 2n CdSO4; 2n NaOH; 2 n ZnSO4; 2 n Na2S; 2 n NH4OH; NH4Cl (to’yingan); 1 n simob (I) nitrat; 1 n simob (II) nitrat. 1-tajriba. Kadmiyni kadmiy tuzlari eritmasidan rux ta`sirida siqib chiqarish. Probirkaga 5-6 tomchi 2 n kadmiy sulfat eritmasidan solib unga kichikroq bir bo’lakcha rux metalidan soling va chayqating. Vaqt o’tishi bilan rux ustida kadmiyning xosil bo’lishini kuzatib, reaksiya tenglamasini malekulyar va ionli shaklda yozing. 2-tajriba. Ruxning kislota va ishqorlarda erishi. a) alohida probirkalrga 5-7 tomchidan suyultirilgan (2 n) va kansentrlangan (p=1,84g/sm^3) sulfat kislotalaridan solib, unga rux qirindisi (yoki bir bo’lak rux) tashlang. Sovuqda reaksiya ketmasa, probirkalarni ohista isiting. Probirkalarda ajralib chiqayotgan gazlarga e`tibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. b) 2ta probirka olib biriga 2 n xlorid kislota, 2chisiga 2 n NaOH eritmalaridan 5-7 tomchidan soling. Har ikkala probirkaga rux qirindisidan (rux bo’lakchasi) ozgina qo’shing. Reaksiya tenglamalarini yozib xosil bo’lgan tuzlar nomini ayting. 3-tajriba. Rux va kadmiy gidrooksidlarining olinishi va xossalari. a) probirkaga 8-10 tomchi 2 nrux sulfat eritmasidan solib, unga oq, iviq cho’kma hosil bo’lguncha tomchilatib o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing (probirkani chayqatib turing. Cho’kma erib ketmasin). Hosil bo’lgan cho’kmani 2 probirkaga teng bo’lib, birinchisiga suyultirilgan sulfat, ikkinchisiga esa o’yuvchi ishqor eritmasidan ko’proq qo’shing. Har 2ala probirkada cho’kmaning erib ketishini kuzatib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Zn(OH)2 qanday xususiyatga ega. b)a banddagi tajribani probirkaga 2n kadmiy sulfat solib takrorlang. Nimalani kuzatamiz? Cd(OH) qanday xususiyatga ega? 4-tajriba. Rux va kadmiy sulfidlarning olionishi, ularning xossalari. Ikkita probirka olib 1chisiga 4-5 tomchi rux sulfat eritmasidan, 2chisiga shuncha kadmiy sulfat eritmasidan tomizing. Har bir probirkaga cho’kma hosil bo’lguncha natriy sulfid eritmasidan tomchilatib qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmalarning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Har 2ala probirkadagi cho’kmalar ustidagi suvni to’king va ularga bir xil xajmda suyultirilgan xlorid kislota qo’shib, rux va kadmiy sulfidlarning eruvchanligini kuzatgan holda reksiya tenglamalarini yozing. 5-tajriba. Rux va kadmiy ammiakli kompleks birikmalarning olinishi. 2ta probirka olib, birinchisiga rux sulfat eritmasidan 5-6 tomchi, ikkinchisiga kadmiy sulfat eritmasidan shuncha solib, cho’kma xosil bo’lguncha suyultirilgan NH4OH eritmasidan qo’shing(cho’kma erib ketmasin). Reksiya tenglamalarini malekulyar va ionli shaklda yozing. Xosil qilingan cho’kmalar to’liq erib ketguncha yana NH4OH eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan kompleks birikmalarda rux va kadmiy ionlarining koordinatsion soni 4 ga teng ekanligini hisobga olib, reksiya tenglamalarini yozing. Simob. Metall holidagi simob bug’i va uning birikmalari zaharlidir. Shuning uchun mashg’ulot vaqtida qo’llanilgan idishlar ish tugallanishi bilan darhol lobarantga topshirilib, qo’llarni toza suvda sovun bilan yuviladi. Metal simob qo’llaniladigan har bir tajriba maxsus taglik qo’yilgan joyda o’tkaziladi. Biror sabab bilan simob to’kilsa, uning hamma tomchilarini darhol yig’ib, iflos simob yig’iladigan shisha idishga solish kerak 6- tajriba. Amalgama olish a) natriy amalgamasi. Quruq farfor hovonchaga hushyorliik bilan 4-5 tomchi simob metallidan tomizing. Uning ustiga toza filtr qog’ozida yangi kesilib quritilgan, moshdek 2-3 dona natriy metallidan qo’shib, hovoncha dastasi bilan aralashtiring. Shunda qattiq, shartli ravishda formulasi NaHg deb qabul qilingan natriy amalgamasi hosil bo’ladi. b) ammoniy amalgamasi. a) bandidagi tajriba davomida olingannatriy amalgamasining bir bo’lagini probirkaga solib, uning ustiga ammoniy xloridning to’yingan eritmasidan quying va tajribaning borishini kuzating. Ammoniy amalgamasi hosil bo’ladi. U parchalanganda gaz ajralib (ammiak va vodorod) hajmi kattalashib, g’ovak va uvalanib ketadiganbo’lib qoladi. Amalgama parchalanib bo’lgandan so’ng probirkada simob qoladi. Ammoniy amalgamasining olinish va parchalanish reaksiyalarini yozing. 7- tajriba. Simob (I) va (II) oksidlarining olinishi. Ikkita probirka olib, birinchisiga simob (I) nitrat eritmasidan 4-5 tomchi, ikkinchisiga simob (II) nitrat eritmasidan shuncha tomizib, har biriga alohida o’yuvchi natriy eritmasidan tomchilab, cho’kma hosil bo’lguncha tomizing. Hosil bo’lgan cho’kmaning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklida yozing. Xulosa Olgan mavzuyimning hozirgi kunda oʻquvchilar shu bilan birga ta'lim oʻzlashtirishi, fikrlash beradigan oʻqituvchilarning ham maqsadida kerakli mavzulardan biri deb hisoblanadi. Kimyo fani doirasida koʻplab doirasini aniqlash testlar yaratilgan boʻlib olingan mavzu doirasiga oid masalalar yechish. shu mavzu doirasida oʻquvchilar fikrlash doirasining darajalarini aniqlashda va dunyo bolalari singari yutuklikning pillapoyasidan bir pogʻona koʻtarilishi uchun ham qoʻl keladi. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyaning yuqori darajada rivojlanganligi, online darslarning tashkil etilganligi, Atomlarning ionlanish potentsali, haqiqiy va nisbiy elektronmanfiyligini oʻquvchilar uchun qulay shaklini yaratish, oʻquvchilarda koʻnikmalarini yaratish va bu yurtimiz ravnaqida eng muhim vazifalardan biri hisoblangan. Kimyoga oid barcha sohalarni yetishib chiqayotgan kadrlarga bilim berish, ushbu mavzuga oid maʼlumotlar bilan tanishib xulasalar yaratishni oʻrganish maqsadlarimdan biri edi. Mazkur kurs ishimni yozish davomida turli ma'lumotlarni yigʻib umumlashtirishga va toʻlaqonli mavzuni yoritishga harakat qildik. Atomlarning ionlanish potentsali, haqiqiy va nisbiy elektronmanfiyligi haqida umumiy ma'lumot oldik va misollar yordamida tushuntirib berishga harakat qildik. Bu mavzuda kurs ishi yozishim davomida koʻplab izlandim elektron kitoblardan, turli saytlardan va rus tilidagi adabiyotlardan foydalandim. ILMIY RAHBAR XULOSASI Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bo'lib, kompleks birikmalar ularning turlari va kompleks birikmalar kimyosi fanini rivojlanishiga hissa qo'shgan vatandoshlarimiz haqida ma'lumotlar berilgan. Talaba mazkur mavzudagi kurs ishini yozib tayyorlash jarayonida mavzuga dor ma'lumotlarni to'plash maqsadida bir qancha adabiyotlar va internet saytlari bilan tanishgan. Mazkur kurs ishida talaba kompleksning barqarorligi markaziy ion bilan ligandlar orasidagi kimyoviy bog'lanish tabiatiga, zaryadiga, radiuslariga, ayniqsa, markaziy ion zaryadi bilan radiusi orasidagi nisbat (z/π) ga, erituvchi tabiati, temperatura, ayni elementning D.I.Mendeleyev sistemasidagi o'rniga va boshqa omillar bog'liqligini yetarli darajada tushuntirib bera olgan. Kurs ishi oliy ta'lim muassasalarining kurs ishi talablariga javob beradi deb o'ylayman va himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi Amanov R.A. Download 437.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling