Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o
Simob elementini fizik va kimyoviy xossalari.olinishi
Download 437.5 Kb.
|
12-guruh elementlar kimyosi
2.3 Simob elementini fizik va kimyoviy xossalari.olinishi
Simobning yadro zaryadi (Z) 80 ga teng. Simob tabiatda erkin va birikma holida uchraydi, uning 7 ta tabiiy va 20 ta sun’iy izotopi bor. Simobning eng mashhur birikmasi kinovar HgS dir, erkin simob odatdagi haroratda suyuq bo’lganidan tomchilar holida uchraydi. Olinishi. HgS ning harorat ta’sirida parchalanish mahsulotidan simob ajratib olinadi, ba’zan HgS ga Fe yoki ohak ta’sir ettirib ham simob olinadi: HgS + O2 = Hg + SO2 HgS + Fe = Hg + FeS 4HgS + 4CaO = 4Hg + 3CaS + CaSO4 Hg(NO3)2 = Hg + Hg(NO2)2 Bug’ holidagi simob maxsus idishga yig’ilib, keyin haydash bilan tozalanadi. Laboratoriyada simob HgS ni harorat ta’sirida qizdirish bilan olinadi: 2HgO = 2Hg +O2 Xossalari Simob odatdagi haroratda yagona suyuq metall, zichligi 13,59; -38,70 da qotadi, 356,70S da qaynaydi. Simob qattiq holatda modifikasiyada bo’ladi: 1. α-simob – 38,7 dan to – 1940 gacha mavjud. U romboedrik shaklda kristallanadi, 1940 dan pastda - simob barqaror, u hajmiy markazlashgan geksagonal shaklda kristallanadi. Simobning elektr o’tkazuvchanligi misning elektr o’tkazuvchanligining 58% ini tashkil qiladi. Simob ko’p metallarni eritadi. Bunday eritmalar – amalgamalar deb ataladi. Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi. Natriy, kaliy, kumush, oltin va boshqa metallar simobda juda yaxshi eriydi. Amalgamalarni fizik-kimyoviy tekshirish natijasida ularning ba’zilari kimyoviy birikmalar ekanligi (masalan, KHg2, NaHg2, PtHg, AuHg2 va hokazolar), ba’zilari qattiq eritmalar ekanligi, ba’zilari esa shunchaki suyuq aralashma ekanligi aniqlandi. Simob, rux va kadmiydan birmuncha farq qiladi, u ruxga qaraganda bir oz sekin oksidlanadi, lekin oltingugurt va galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi. (hatto sovuqda ham) Toza simob havoda oksidlanmaydi, lekin nam havoda tursa oksidlana oladi. U suyultirilgan H2SO4 da qizdirilganda eriydi. HNO3 da qizdirilmasa ham yaxshi eriydi, odatdagi sharoitda Cl va S bilan birikadi. Temir, nikel va kobalt simobda erimaydi, shuning uchun simob temir idishlarda saqlanishi mumkin. Hg + 2H2SO4 = HgSO4 + SO2 + 2H2O Simob (I) – nitrat Hg2(NO3)2 simobga suyultirilgan HNO3 ni ta’sir ettirib, olinadi: 0 +5 +2 +2 6Hg + 8HNO3 = 3Hg2(NO3)2 + 4H2O+ 2NO↑ Hg2(NO3)2 + 2NaOH = 2NaNO3 + HgO + Hg + H2O U eritmadan Hg2(NO3)2∙ 2H2O holida kristallanadi, suvda erimaydi va tibbiyotda ishlatiladi. Simob (I) – xlorid Hg2Cl2 suvda kam eriydigan oq modda zichligi 7,15 g/sm3 ga teng. Sulema va simob aralashmasi qizdirilganda, simob (I) ning suvda eriydigan tuzlariga xloridlar ta’sir ettirilsa, Hg2Cl2 hosil bo’ladi: HgCl2 + Hg = Hg2Cl2 Hg2(NO3)2 +2NaCl = Hg2Cl2+ 2NaNO3 Hg2Cl2 kalomel deb ham ataladi, tibbiyotda ishlatiladi, uning tuzilish formulasi quyidagicha: Cl – Hg – Hg – Cl Simob (II) – oksid HgO sariq yoki qizil kristall modda, zichligi 11,14 g/sm3 ga teng, tabiatda uchramaydi. Simobni havoda qizdirish, uning ikki valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirish va Hg(NO3)2 qizdirish bilan HgO hosil bo’ladi: 2Hg + O2 =2HgO 2Hg(NO3) HgCl2 + Ba(OH)2 =HgO ↓+ BaCl2 +H2O (ho’l usul) Hg(NO3)2 + K2CO3 + H2O = HgO + 2KNO3 + H2CO3 Simob (II) – oksid kimyoviy preparatlar olishda ishlatiladi. Simob (I)- oksid qora kukun, zichligi 9,8 g/sm3 ga teng, termik jihatdan nihoyatda beqaror bo’lib, xona haroratdagi Hg va HgO ga parchalanadi. Hg2O suvda erimaydi. Hg(NO3)2 + 2NaOH = Hg2O + 2NaNO3 +H2O Simobning HgO2 tarkibli peroksidi ham ma’lum. U beqaror modda. Hg2(OH)2 va Hg(OH)2 gidroksidlari olinmagan, chunki ular hosil bo’lishi bilan parchalanadi. Simob (II) – gidroksidga (va oksidga) ammiak ta’sir ettirilsa suvda (va suvdan boshqa erituvchilarda ham) erimaydigan oq mikrokristall kukun hosil bo’ladi: 2HgO + NH3 + H2O = [Hg2NH2(OH)2]OH Bu modda asos xossasiga ega bo’lgani uchun Million-asosi deb nomlanadi Suyuq holdagi simob juda kam uchraydi. Tabiatda kinovar HgS -kinovar, Hg2C12 kalomel holida uchraydi. Simob xlorid sulema deyiladi( HgCl2). Simob bug’lari juda zaharli. Simob metallarni o’zida eritib amalgamalar hosil qiladi. Bunda K,Na, Ag(45%) Ai (16,7),Zn,Cd,Sn , Pb amalgamalar hosil qiladi. Fe,Ni . Mn va So bilan amalgamalar hosil bo’lmaydi Olinishi. Texnikada asosan pirometallurgiya usulI bilan HgS dan olinadi. Buning uchun simob rudasi 700-800 °C havo ishtirokida qizdiriladi. HgS+O2=Hg+SO2 Bug’ holida hosil qilingan simob maxsus idishlarga yig’iladi Fe + HgS = Hg + FeS Laboratoriyada simob oksididan olinadi: 2HgO = 2Hg + O2 Kimyoviy xossalari. Simob konsentrlangan va suyultirilgan nitrat kislotada eriydi: Hg+4HNO3=Hg(NO3)2+2NO2+2H2O 3Hg+8HNO3=3Hg(NO3)2+2NO+4H2O Hg+2H2SO4=HgS04+SO2+2H2O 6Hg+8HNO3=3Hg2(NO3)2+2NO+4H2O Odatdagi sharoitda simob kislorod bilan oksidlanmaydi. Lekin qizdirilganda oson oksidlanadi: 2Hg +O2=2HgO 2HgO=2Hg+O2 Hg+S=HgS Hg+Cl2=HgCl2 reaksiyalar oson sodir bo’ladi. Hg2+ ioni juda kuchli oksidlovchi. Hg(NO3)2+Zn= Zn(NO3)2+Hg Ishlatilishi: Toza simob barometrlar tayyorlashda ishlatiladi. Simob kvarsli lampalar, amalgamalar va oltin va kumush ajratib olishda ko’p miqdor simob sarflanadi. Simobni birikmalari. Simob oksidi sariq, qizil rangli modda. 400°C parchalanadi. HgO ishqorlarda erimaydi. Kislotalarda erib tuzlar hosil qiladi. HgO+2HCl=HgCl2+H2O Te + HgO=TeO+Hg Bunda HgO oksidlovchi bo’ladi. 2Hg(NO3)2=2HgO+O2+4NO2 HgO ning olinishi HgCl2 +Ba(OH)2 =HgO+BaCl2+H2O Hg(OH)2 =HgO+H2O HgCl2 zaharli modda, sulema deb ataladi. Sulemaning suyultirilgan eritmasi dezinfeksiya maqsadlarida ishlatiladi. Sulema qo’shaloq komplekslar hosil qiladi: K2/HgCl4/, P4/HgCl6/, K/HgCl3/ 2HgCl2+H2O = Hg2OCl2+2HCl HgJ2 preparativ kimyoda Nesler reaktivi deb yuritiladi:H2/HgJ4/ Simob (1) oksidi Hg2O – simob (1) nitratga ishqor ta’sir ettiriladi: 2Hg(NO3)2+2KOH=Hg2(OH)2+ 2KNO3 Hg2(OH)2= Hg2O+ H2O Download 437.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling